O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish tartibi



Download 198,62 Kb.
bet88/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

150-modda. Xarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
Budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra moliya yilida uning uchun nazarda tutilgan xarajatlarning ayrim moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlari xarajatlarning boshqa moddalari bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lar teng miqdorda kamaytirilgan hamda budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning tasdiqlangan umumiy hajmi saqlab qolingan holda ko‘paytirilishi mumkin. Mazkur o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarajatlar smetasiga yiliga ko‘pi bilan to‘rt marta kiritiladi va:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar soni hisobga olinayotganda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun budjet tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bir moddadan boshqa moddaga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar hisobga olinmaydi.
(150-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Budjet tashkilotining va budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga ko‘ra kamaytirish tomonga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydigan xarajatlar moddalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar moliya organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
(150-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha tegishli moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish