138-modda. Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi;
(138-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga o‘tkazilganligi;
kapital qo‘yilmalar limitlari budjetlar darajalari o‘rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‘lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10 va 20-moddalari, 127-moddasining beshinchi qismi, 131-moddasi oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
1381-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Oldingi tahrirga qarang.
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
(1381-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(1381-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(1381-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
(1381-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134, 139, 140-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |