24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar 165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari xalqaro
pochta yoki kuryerlik jo‘natmalaridir.
Xalqaro pochta jo‘natmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda
tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi
yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan tovarlarni yuborishga yo‘l
qo‘yilmaydi.