156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib
o‘tishning soddalashtirilgan tartibi
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali
olib o‘tish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga
oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qo‘llanilmasligi, bundan
erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida
joylashtiriladigan transport vositasi mustasno;
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi,
bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida
joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |