O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


XI bo‘lim. Nazorat ostida yetkazib berish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/355
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418429
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   355
Bog'liq
20.01.2016

XI bo‘lim. Nazorat ostida yetkazib berish
407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini,
psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib
berish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro noqonuniy
muomalada bo‘lishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni
aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatning bojxona organlari
va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvlarga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni
noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va
prekursorlarning o‘z nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib
chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yadi.
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo‘lgan
boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolarga yoki ular bilan qonunga xilof
xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qo‘llanilishi
mumkin.
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan
qabul qilinadi.


Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop
moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qabul qilingan qaror to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish