26-bob. Bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo do‘konlari va erkin omborlar
173-modda. Bojxona omborlari
Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga mo‘ljallangan,
maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida saqlash sharoitlarini
talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus
moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak.
Bojxona omborlari foydalanilishiga ko‘ra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq
omborlar bo‘lishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun
mo‘ljallangan yopiq omborlar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |