O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga
kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib bo‘lmas kuch
ta’siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs
tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi
kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan
tasdiqlanishi kerak.
89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay
tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilinishi kerak.
Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida
vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga
joylashtirilgan hollar mustasno.
14-bob. Bojxona ombori
90-modda. Bojxona ombori bojxona rejimi
Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan
va bojxona hududidan olib chiqish uchun mo‘ljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar
to‘lanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda muayyan binolarda
(joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi.
91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va
shartlari
Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona
rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan O‘zbekiston tovari;
qonun hujjatlariga muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar;
bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilingan kundagi
yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq ma’lum qilinadigan muddatdan
kam bo‘lgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga
oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno.
Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan
tovar ushbu rejimlarning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona
rejimiga joylashtirilishi mumkin.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish