O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Tovarning bojxona qiymati



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

44-bob. Tovarning bojxona qiymati
301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona
qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblash
maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo‘llash orqali
amalga oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;


aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
qiymatlarni qo‘shish asosida;
zaxira usul.
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha aniqlash usuli olib kiriladigan
tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qo‘llash
mumkin bo‘lmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo‘llanilishiga,
agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi.
Qiymatlarni chegirib tashlash va qo‘shish usullari teskari ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin.
303-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul
Olib kiriladigan tovarga doir bitim qiymatiga oid usul olib kiriladigan tovarning bojxona
qiymatini bitim qiymati bo‘yicha, ya’ni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib
o‘tayotgan paytda tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan, ushbu
Kodeksning 304 va 305-moddalari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx bo‘yicha
aniqlashni nazarda tutadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish