O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib
tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kalendar
kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda
tutilgan hollar mustasno.
Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi
ishlamaydigan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat
tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona
deklaratsiyasini berish tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda yoki bevosita tovarlar va
transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib
ketilguniga qadar beriladi.
Tovarlarning o‘zini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi
o‘zgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi


tugallanguniga qadar beriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qo‘l yukida va kuzatib
boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda bojxona deklaratsiyasi
tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi.
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib
o‘tganidan so‘ng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib
ketayotgan transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib o‘tishdan kamida uch soat oldin
deklaratsiyalanadi.
262-modda. Dastlabki deklaratsiyalash
Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar
deklaratsiyalash bo‘lib, u deklarantning xohishiga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin.
Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda
tutilsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan
tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi va, zarur bo‘lgan hollarda, tovarlar bojxona
hududiga yetib kelganidan keyin bojxona organi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hujjatlarning asl nusxasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslaydi.
Tovarlar bojxona hududiga kelguniga qadar ma’lumotlarni taqqoslash tugallanganidan
va tegishli bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin dastlabki bojxona deklaratsiyasidan
tovarlarga bojxona operatsiyalari qo‘llanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi,
bundan deklaratsiyada barcha zarur ma’lumotlarning ko‘rsatilmaganligi va (yoki) bojxona
rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi hollari
mustasno.
Agar dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar
kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona organiga taqdim
etilmagan bo‘lsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish