O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tovarni yetkazib
berishning nazorat hujjati yordamida amalga oshiriladi.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati
ostida tashilayotgan tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tovar kelib tushadigan
bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatdir.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv
hujjatlari bo‘yicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi
uchun rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda,
tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan
hujjatlardan foydalaniladi.
221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari
hamda ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qo‘llanilishi
Jo‘natuvchi bojxona organi bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida
tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini
ta’minlaydi, tovar kelib tushadigan bojxona organi esa qo‘yilgan bojxona identifikatsiyalash
vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib
tushadigan bojxona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining
yangi vositalari qo‘yilganligi to‘g‘risida qaydlar qo‘yib chiqishi mumkin.
Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk o‘rinlariga
qo‘yilishi mumkin.
Bojxona hududi bo‘ylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki)
transport vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va
muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu
Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari
qo‘llaniladi.


Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks
227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, jo‘natuvchi
bojxona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazib, ularga
bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qo‘yadi va bu haqda tovarning kuzatuv
hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida jo‘natuvchi
bojxona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojxona
identifikatsiyalash vositalarini qo‘llaydi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish