O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar



Download 265,06 Kb.
bet156/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

330-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini olish uchun to‘lovchi bojxona organiga:
bojxona to‘lovlari summalarini to‘lash bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z ichiga olgan arizani;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
331-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish asosi
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi;
bojxona to‘lovlarini ilgari berilgan kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bo‘yicha to‘lash muddatlari buzilganligi faktlarining mavjudligi.
332-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi uchun foizlar
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi.
Foizlar kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan bojxona to‘lovlarining summasi to‘languniga qadar yoki to‘lash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay to‘lanadi.
Ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan taqdirda, foizlar hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni to‘lash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish