O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'risida



Download 194,5 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2017
Hajmi194,5 Kb.
#1623
1   2

Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, —

eng kam ish haqining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;

2) 22715-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) 22724-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo'lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —»;

4) 245-moddaning birinchi qismi «472» raqamidan keyin «473» raqami bilan to'ldirilsin;

5) 262-moddaning birinchi qismidagi «22715-moddasining ikkinchi qismida» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

12-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Er osti boyliklari to'g'risida»gi 2018–XII-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda) 44-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

beshinchi qism chiqarib tashlansin;

oltinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.

13-modda. O'zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda) 16-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi «qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo'lmagan miqdorda» degan so'zlar «qonun hujjatlarida Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilanganidan oz bo'lmagan miqdorda» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

14-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi 216–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 54-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to'ldirilsin:

«Bankni ro'yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni ro'yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berish to'g'risidagi arizani takroran ko'rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e'tiboran o'n besh kundan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni ro'yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.

Bankni ro'yxatga olish va unga litsenziya berish to'g'risidagi arizani takroran ko'rib chiqishda bankni ro'yxatga olishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha ro'yxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

Bankni ro'yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin».

15-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi 232–I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi to'g'risidagi nizomning (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 5-6, 70-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002 yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 463-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 10, 274-modda) 12-bandi o'n to'qqizinchi xatboshisidagi «chiqindilarni joylashtirish» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

16-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi 274–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 137-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda) 7-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

nomidagi «va ularning amal qilish muddatini uzaytirishda» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

matnidagi «hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

17-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi 279–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 142-modda) 16-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

to'rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi, oltinchi, ettinchi xatboshilar tegishincha to'rtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

18-modda. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida»gi 353–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 52-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11-modda. Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni tartibga solish

Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko'ra belgilanadigan normativlarga muvofiq yo'l qo'yiladi»;

2) 12-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) 13-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish bo'yicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bog'liq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to'xtatib qo'yilishi, zararli ta'sir ko'rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo'lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin»;

4) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo'lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi»;

5) 21-moddaning ikkinchi qismidagi «O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ruxsati bilan» degan so'zlar «davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

19-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan «Tabiiy monopoliyalar to'g'risida»gi 398–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan 815–I-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 212-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 591-modda; 2010 yil, № 12, 466-modda) 4-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

20-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida»gi 412–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4-5, 118-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 9, 423-modda) 11-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

ettinchi — o'ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — to'qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

21-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan «Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida»gi 419–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4-5, 124-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 490-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda) 19-moddasining to'rtinchi qismidagi «mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati bilan» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

22-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 477–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, 9-songa ilova; 2001 yil, № 1-2, 11-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 4, 185-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 219-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan to'ldirilsin:

«41) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi»;

2) 279-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'riladigan ishlarga quyidagilar kiradi:

1) yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi ishlar;

2) bolani farzandlikka olish to'g'risidagi ishlar;

3) fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish va fuqaroni o'lgan deb e'lon qilish to'g'risidagi ishlar;

4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlar;

5) shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ishlar;

6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ishlar;

7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to'g'risidagi ishlar;

8) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo'qolgan taqdirda, ular bo'yicha huquqlarni tiklash to'g'risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish)»;

3) quyidagi mazmundagi 311-bob bilan to'ldirilsin:

«311-bob. Farzandlikka olish

2851-modda. Ariza berish

Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.

O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olishni istagan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar farzandlikka olish to'g'risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha Oliy sudiga, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.

2852-modda. Arizaning mazmuni

Farzandlikka olish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:

farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi;

farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug'ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to'g'risidagi, aka-uka va opa-singillari bor-yo'qligi haqidagi ma'lumotlar;

farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) farzandlikka olish haqidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

farzandlikka oluvchilar (oluvchi) bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o'zgartirishlar kiritishni istagan taqdirda — farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug'ilgan sanasini (ko'pi bilan bir yilga), farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilgan joyini (agar bola ko'pi bilan o'n yosh bo'lsa) o'zgartirish haqida, bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuviga farzandlikka oluvchilarni (oluvchini) ota-ona (ota yoki ona) sifatida qayd etish haqidagi iltimos.

Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza farzandlikka oluvchilar (oluvchi) tomonidan imzolanadi.

2853-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Farzandlikka olish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak:

nikohda turgan shaxslar (shaxs) tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomasining ko'chirma nusxasi;

er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo'lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma'lum bo'lsa, shuningdek bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi;

nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining ko'chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma'lumotnoma;

farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog'lig'i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, shuningdek OITSga qarshi kurash markazlarining ma'lumotnomalari);

farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to'g'risida ma'lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari to'g'risidagi ma'lumotnoma;

turar joyga bo'lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo'yilganligi haqidagi hujjat.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olish to'g'risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari bola qonuniy vakilining roziligi va bola qaysi davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlat vakolatli organining roziligi ilova qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olish to'g'risidagi arizasiga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek farzandlikka oluvchilar qaysi davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlat (bola O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda — ushbu shaxslar qaysi davlatda doimiy yashash joyiga ega bo'lsa, o'sha davlat) vakolatli organining ularning yashash sharoitlari haqida va farzandlikka oluvchilar bo'la olish imkoniyatlari haqidagi xulosasi, tegishli davlat vakolatli organining farzandlikka olinayotgan bolaning ushbu davlatga kirishi va mazkur davlat hududida doimiy yashashi uchun ruxsatnomasi, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi vakillariga farzandlikka olingan bola haqida axborot berish va bola bilan muloqot qilish imkoniyatini berish to'g'risidagi notarial tasdiqlangan majburiyati ilova qilinadi.

Chet el fuqarolari bo'lgan yoki fuqaroligi bo'lmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostilь qo'yilgan bo'lishi kerak. Bunda taqdim etiladigan hujjatlar O'zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan hujjatlar sudga ikki nusxada taqdim etiladi.

2854-modda. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash

Sudьya ishni sudda ko'rishga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga ko'ra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to'g'risida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.

Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi to'g'risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan bo'lishi kerak:

farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi bo'yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa ma'lumotlar bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun to'siqlar bor-yo'qligi ko'rsatilishi shart;

farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi dalolatnoma yozuvidan ko'chirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning sog'lig'i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;

o'n yoshga to'lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, o'n olti yoshga to'lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud bo'lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

bola uning qarindoshlari bo'lmagan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish bo'yicha ma'lumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola haqidagi ma'lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani O'zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qat'i nazar farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Zarurat bo'lganda, sud boshqa hujjatlarni (ma'lumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.

2855-modda. Ishni ko'rish

Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda ko'rib chiqadi.

Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o'n yoshga to'lgan bolaning o'zini ishda qatnashishga jalb qilishi mumkin.

Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarni sudning yopiq majlisida ko'rib chiqadi.

2856-modda. Sudning hal qiluv qarori

Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishni mazmunan ko'rib chiqib, farzandlikka olish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish to'g'risida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.

Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug'ilishi yozilgan daftarga o'zgartirishlar kiritish uchun zarur bo'lgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) to'g'risidagi barcha ma'lumotlar ko'rsatiladi.

Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini ko'zlab, agar farzandlikka oluvchi erkak bo'lsa, onasining xohishiga ko'ra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol bo'lsa, otasining xohishiga ko'ra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo'lsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko'ra sudning farzandlikka olish to'g'risidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlab qolinishi ko'rsatib o'tiladi.

Farzandlikka olish to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning o'zaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tug'ilishini yozish daftariga zarur o'zgartirishlar kiritilgan kundan e'tiboran belgilanadi.

Sud farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko'chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilganligi ro'yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.

2857-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi

Farzandlikka olishni bekor qilish to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va hal etish da'vo ishlarini yuritish tartibida amalga oshiriladi»;

4) quyidagi mazmundagi 332-bob bilan to'ldirilsin:

«332-bob. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish

2974-modda. Ariza berish

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan erdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda ko'rib chiqiladi.

2975-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo'yin tovlayotgan mazkur shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e'tiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash o'tkaziladigan muddat ko'rsatiladi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda bo'lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash o'tkaziladigan muddat ko'rsatiladi.

2976-modda. Ishni ko'rish

Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to'g'risida ariza berilgan kundan e'tiboran uch kunlik muddatda mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi a'zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko'rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog'lig'i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.

Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi a'zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga ko'ra kelmaganligi ishni ko'rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.

2977-modda. Sudning hal qiluv qarori

Sudning arizani qanoatlantirish to'g'risidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos bo'ladi».

23-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan 478–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Xo'jalik protsessual kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 234-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda; 2001 yil, № 1-2, 11-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 7, 373-modda; 2007 yil, № 8, 367-modda; 2008 yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 6, 231-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 1-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Xo'jalik sudiga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar xo'jalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

2) 23-modda:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to'ldirilsin:

«4) ishtirokchilar o'rtasida, ishtirokchilar bilan xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari o'rtasida, shu jumladan aktsiyadorlar o'rtasida, aktsiyador bilan aktsiyadorlik jamiyati o'rtasida xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno»;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida ko'rsatilgan ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar bo'lishidan qat'i nazar xo'jalik sudi tomonidan ko'rib chiqiladi»;

3) 101-moddaning ikkinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

4) 104-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin»;

5) 112-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Da'vo arizasida da'vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin»;

uchinchi qismi to'rtinchi qism deb hisoblansin;

6) 119-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Fikr-mulohazada ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ham ko'rsatilishi mumkin»;

uchinchi qismi to'rtinchi qism deb hisoblansin;

7) 121-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini xo'jalik sudiga ma'lum qilgan bo'lsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu ma'lumotlar o'zgarganligi haqida xo'jalik sudini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerak»;

8) 124-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta'minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi»;

9) 131-moddaning uchinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan xat bilan ajrim yoki boshqa hujjatni yuborish orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

10) 148-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Xo'jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

11) 149-moddaning uchinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

12) 153-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Xo'jalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo'lgan boshqa shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.

Ushbu Kodeksga muvofiq ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo'lgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrimlar daxldor bo'lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

13) 1552-moddaning uchinchi qismidagi «elektron pochta manzillari» degan so'zlar «elektron manzil» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

14) 1557-moddaning uchinchi qismidagi «elektron pochta manzillari» degan so'zlar «elektron manzil» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

15) 15514-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin»;

uchinchi va to'rtinchi qismlari tegishincha to'rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

16) 163-moddaning uchinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

17) 171-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

18) 181-moddaning uchinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

19) 189-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

20) 201-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Rayosat qarori qabul qilingan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin»;

21) 207-moddadagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

22) 215-moddaning ikkinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

23) 216-moddaning birinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

24) 217-moddaning uchinchi qismidagi «topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali» degan so'zlar «ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

24-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida»gi 543–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 1, 12-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'simlik dunyosi ob'ektlari o'sadigan muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish ob'ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilmalarni qazib olishga, chorva mollar o'tlatiladigan hamda qishloq xo'jaligi hayvonlari haydab o'tiladigan joylarni belgilashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda yo'l qo'yiladi».

25-modda. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 548–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 2, 36-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 178-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar berilib, bu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan bo'lsa, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan faqat shu maqsadda foydalanishga va ularni tasarruf etishga yo'l qo'yiladi. Boshqa maqsadda ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga bojxona to'lovlari to'langan hamda ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda yo'l qo'yiladi»;

2) 27-moddaning oltinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) 31-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani takroran ko'rib chiqishda tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha mazkur ruxsatnomani berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi»;

4) 64-modda ikkinchi qismining to'rtinchi xatboshisidagi «va bojxona organlariga tegishli hisobot taqdim etishi» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

5) 90-moddaning birinchi qismidagi «belgilangan shaklda» degan so'zlardan keyin «(yozma, og'zaki, elektron)» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

6) 94-moddaning uchinchi qismidagi «Bojxona organining ruxsati bilan» degan so'zlar «Bojxona organiga» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

7) 95-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlar deklarant tomonidan o'zgartirilishi yoki to'ldirilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin»;

8) 96-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«96-modda. Muvaqqat va to'liq bo'lmagan bojxona deklaratsiyasi»;

9) quyidagi mazmundagi 961-modda bilan to'ldirilsin:

«961-modda. Dastlabki deklaratsiyalash

Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga etib kelguniga qadar deklaratsiyalash bo'lib, u deklarantning xohishiga ko'ra qo'llanilishi mumkin.

Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilishi kerak bo'lsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxalari ilova qilinadi va, zarurat bo'lganda, bojxona organi tovarlar bojxona hududiga etib kelganidan keyin ko'chirma nusxalarda ko'rsatilgan ma'lumotlarni hujjatlarning aslidagi ma'lumotlar bilan taqqoslaydi.

Tovarlar bojxona hududiga etib kelguniga qadar ularni tekshirish tugatilganidan va hisoblangan bojxona to'lovlari to'langanidan keyin, dastlabki bojxona deklaratsiyasidan bojxona operatsiyalari tovarlariga qo'llash uchun zarur bo'lgan yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiya bojxona rasmiylashtiruvi uchun barcha zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olmagan va (yoki) hujjatlar to'liq hajmda taqdim etilmagan hollar mustasno.

Dastlabki bojxona deklaratsiyasi, agar ushbu deklaratsiyada ko'rsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona organiga deklaratsiya qabul qilingan kundan e'tiboran o'ttiz kalendarь kun ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi»;

10) 111-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Garovga qo'yuvchi garov shartnomasiga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli»;

uchinchi qismidagi «bojxona organi boshqacha qaror qabul qilmasa» degan so'zlar «garov shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

11) 113-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlarining summalari bunday to'lovlar to'langan yoki undirilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida to'lovchining talabnomasi bo'yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi yoxud bo'lg'usi to'lovlar hisobiga o'tkazilishi lozim»;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Bojxona rejimlariga muvofiq qaytarilishi kerak bo'lgan bojxona to'lovlari bojxona rejimlari bilan belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

12) 166-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo'lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — ».

26-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 157-modda; 2008 yil, № 4, 189-modda; 2009 yil, № 9, 328-modda; 2010 yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga etmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra nikoh davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin»;

2) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo'lsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida ko'rsatilgan alohida hollar mavjud bo'lganda tibbiy ko'rikdan o'z roziligi bilan o'tkaziladi»;

3) 53-moddaning matni «jabrlanuvchi» degan so'zdan keyin «(uning qonuniy vakillari)» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

4) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Voyaga etmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to'g'risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvarag'ida jamlanadi va u voyaga etganda to'lanadi»;

5) 151-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Farzandlikka olishga faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko'zlab yo'l qo'yiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko'ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to'g'ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to'g'risidagi ishlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko'rib chiqiladi.

Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo'l qo'yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno»;

6) 155-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to'g'risidagi ish ko'rib chiqilayotganda aniqlanadi»;

7) 159-moddaning uchinchi va to'rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo'lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to'g'risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.

Sud tomonidan farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli»;

8) 163-modda chiqarib tashlansin;

9) 164-moddaning:

birinchi qismidagi «Farzandlikka olish to'g'risida qaror chiqarilgandan keyin» degan so'zlar «Sudning farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Farzandlikka oluvchilar bolaning tug'ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko'rsatilgan bo'lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak»;

10) 165-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to'rtinchi qismlar bilan to'ldirilsin:

«Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko'zlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak bo'lsa, onasining iltimosiga ko'ra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol bo'lsa, otasining iltimosiga ko'ra saqlanib qolishi mumkin.

Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo'lsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko'ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin»;

11) 168-modda chiqarib tashlansin;

12) 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«171-modda. Farzandlikka olishni bekor qilish tartibi

Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo'l qo'yiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish to'g'risidagi ishlarni hal qilishda o'n yoshga to'lgan bolaning fikri hisobga olinadi.

Sudning farzandlikka olishni bekor qilish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko'chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilganligi ro'yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart»;

13) 172-moddaning:

nomidagi «Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

birinchi qismidagi «Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi «Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

14) 210-moddaning matnidagi «Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to'g'risidagi qaroriga» degan so'zlar «Sudning farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qaroriga» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

15) 211-moddaning:

nomidagi «yoki u haqiqiy emas deb topilganida» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

matnidagi «yoki u haqiqiy emas deb topilganida» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

16) 237-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining farzandlikka olish to'g'risidagi ruxsati oldindan olingan bo'lsagina O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi».

27-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to'g'risida»gi 678–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 178-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 309-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi qo'shimcha va o'zgartish kiritilsin:

1) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to'g'risidagi guvohnomani berish haqidagi arizani takroran ko'rib chiqishda mazkur guvohnomani berishni rad etish to'g'risidagi bildirishnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha uni berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi»;

2) 17-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.

28-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Reklama to'g'risida»gi 723–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 14-modda; 2002 yil, № 9, 164-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 413-modda; 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008 yil, № 4, 186-modda; 2010 yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda) 22-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

nomidagi «tibbiy buyumlar» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga etmaganlar uchun mo'ljallangan dori vositalarini reklama qilishga yo'l qo'yilmaydi».

29-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Radiochastota spektri to'g'risida»gi 725–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 16-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 2-moddaning o'n ikkinchi va o'n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega bo'lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;

radiochastota berish — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada ko'rsatiladigan aniq radiochastota»;

2) 8-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi — ettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (o'rnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o'tkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi»;

4) 14-moddaning birinchi qismidagi «radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma» degan so'zlar «radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

30-modda. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan «O'rmon to'g'risida»gi 770–I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 5, 122-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda) 39-moddasidagi «va mahalliy davlat hokimiyati organlari» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

31-modda. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «Telekommunikatsiyalar to'g'risida»gi 822–I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 219-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 311-modda; 2006 yil, № 4, 157-modda; 2007 yil, № 9, 414-modda; 2011 yil, № 12/2, 366-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda) 9-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Quyidagilar litsenziyalanishi shart:

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko'rsatish».

32-modda. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi 69–II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O'RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda) 9-moddasi birinchi qismining to'rtinchi xatboshisidagi «qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan» degan so'zlar «qonun hujjatlarida Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

33-modda. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi 71–II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda) 16-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

ettinchi qism quyidagi mazmundagi ettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi qismlar bilan almashtirilsin:

«Litsenziya da'vogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo'lgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish litsenziya da'vogarining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya da'vogarlarining arizalarini takroran ko'rib chiqqanlik uchun yig'im undirilmaydi.

Litsenziya da'vogarining arizasini takroran ko'rib chiqishda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

Litsenziya da'vogarining litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi»;

sakkizinchi va to'qqizinchi qismlar tegishincha o'ninchi va o'n birinchi qismlar deb hisoblansin.

34-modda. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan «Radiatsiyaviy xavfsizlik to'g'risida»gi 120–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 7-8, 212-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 4, 98-modda) quyidagi qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilsin:

1) 2-moddaning to'rtinchi xatboshisi «zararsizlantiruvchi» degan so'zdan keyin «utilizatsiya qiluvchi» degan so'zlar bilan to'ldirilsin»;

2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi «manbalarini ishlatish» degan so'zlar «manbalari muomalasi» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga xizmat ko'rsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va ko'mib tashlashni».

35-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida»gi 215–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 5, 84-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 470-modda) quyidagi qo'shimchalar va o'zgartish kiritilsin:

1) 11-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanayotgan shaxslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, shu jumladan biror-bir cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul jo'natmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega bo'lish va ularni olishga, o'z kiyim-boshidan foydalanishga haqli»;

ikkinchi — ettinchi qismlari tegishincha uchinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 121, 122 va 123-moddalar bilan to'ldirilsin:

«121-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo'yin tovlayotgan shaxsni davolash

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo'yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga sudning hal qiluv qarori asosida g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo'yin tovlayotgan mazkur shaxsni g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e'tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.

122-modda. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo'lishi muddatlari

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo'lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda turgan shaxs o'zining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun o'zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o'tkazilishi kerak.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda bo'lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida sudga beriladi.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo'lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo'lgan shaxs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak:

o'zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasi;

sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish to'g'risidagi hal qiluv qarori.

Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limida g'ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo'lgan shaxs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida bo'lish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi.

123-modda. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi hal qiluv qarorini ijro etish

Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi».

36-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati to'g'risida»gi 222–II-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 6-7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda) 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qurol-yarog' va uning o'q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish.

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo'llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.

Bo'shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo'q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko'mib tashlash) va qayta ishlash.

Ov va sportga mo'ljallangan o'qotar qurolni hamda uning o'q-dorilarini, shuningdek sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta'mirlash va realizatsiya qilish.

Yong'inga qarshi avtomatika vositalarini, qo'riqlash, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat.

Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish.

Magistral gaz quvurlari, neftь quvurlari va neftь mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo'q qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o'quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand moddalari bo'lgan o'simliklarni etishtirish.

Veterinariya faoliyati.

Tibbiy faoliyat.

Farmatsevtika faoliyati.

Ko'priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.

Mudofaa ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash.

Xavfi yuqori bo'lgan ob'ektlarni va potentsial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish.

Balandliklarda sanoat alьpinizmi usullari orqali ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.

Mahalliy va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha temir yo'l transportida yo'lovchilarni hamda yuklarni tashish.

Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat ko'rsatish faoliyati.

Avtomobilь transportida yo'lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko'rsatish.

Neftь, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.

Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.

Neftь mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizelь yonilg'isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neftь bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.

Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.

Bank faoliyati.

Banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazish.

Qimmatli qog'ozlar blankalarini ishlab chiqarish.

Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat.

Baholash faoliyati.

Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyati.

Auditorlik faoliyati.

Lombardlar faoliyati.

Lotereyalar tashkil etish.

Advokatlik faoliyati.

Bojxona omborini ta'sis etish.

Bojsiz savdo do'konini ta'sis etish.

Bojxona rejimida omborxona ta'sis etish — «erkin omborxona».

Geodeziya va kartografiya faoliyati.

Noshirlik faoliyati.

Nodavlat ta'lim muassasalarining faoliyati.

Diniy ta'lim muassasalarining faoliyati.

Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, realizatsiya qilish, prokatga berish.

Fonogrammalarni tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrolь-kontsert faoliyatini amalga oshirish.

To'y, yubiley va boshqa tantanalarda kontsert xizmati ko'rsatish.

Birja faoliyati.

Turizm faoliyati.

Ulgurji savdo.

Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo'q qilish va utilizatsiya qilish.

Rieltorlik faoliyati.

Kredit byurolari faoliyati».

37-modda. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida»gi 269–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 180-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 309-modda; 2009 yil, № 10, 381-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«moddiy madaniy meros ob'ektlarini asrash bo'yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros ob'ektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o'tkazish uchun ruxsatnomalar berish»;

2) 24-moddaning:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to'rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to'rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

38-modda. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi 358–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 68-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 415-modda; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 12, 467-modda; 2012 yil, № 4, 107-modda) quyidagi qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning uchinchi qismi «bundan «O'zagrosug'urta» davlat-aktsiyadorlik sug'urta kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aktsiyadorlik sug'urta kompaniyasi hamda «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etish mustasno» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

2) 18-modda:

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Sug'urtalovchilarni qayta tashkil etishni o'tkazish uchun berilgan arizani takroran ko'rib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni o'tkazishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha sug'urtalovchilarni qayta tashkil etishni o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi»;

oltinchi, ettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha ettinchi, sakkizinchi va to'qqizinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 19-modda chiqarib tashlansin.

39-modda. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 sentyabrda qabul qilingan «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi O'RQ–53-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 9, 495-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda) 11-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo'lmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar mavjud bo'lgan hollarda, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko'rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e'tiboran o'n besh kundan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to'g'risidagi ariza takroran ko'rib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin».

40-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'RQ–155-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 4, 191-modda; 2010 yil, № 9, 337-modda; 2011 yil, № 4, 99-modda) 18-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismdagi «maxsus vakolatli davlat organining va» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sug'urtalovchi majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi lozim. Sug'urtalovchining majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha o'ziga o'tkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy bo'lgan to'lovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab bo'lmasligi kerak».

41-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'RQ–163-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi «qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi «qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda» degan so'zlar «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 39-modda beshinchi qismining o'n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi».

42-modda. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilingan «Muzeylar to'g'risida»gi O'RQ–177-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 9, 483-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 5-moddaning:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi — to'qqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 15-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.

43-modda. O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'RQ–210-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 4, 137-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.

44-modda. O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Elektr energetikasi to'g'risida»gi O'RQ–225-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 9, 339-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda birinchi qismining:

ettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshisi ettinchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 8-modda birinchi qismining to'rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

3) 10-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.

45-modda. O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi O'RQ–301-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 10, 271-modda) 9-moddasiga quyidagi qo'shimcha va o'zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish to'g'risidagi ariza takroran ko'rib chiqilayotganda davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi»;

to'rtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.

46-modda. O'zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida»gi O'RQ–327-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 4, 111-modda) 21-moddasining ikkinchi qismidagi «qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan» degan so'zlar «qonun hujjatlarida Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

47-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

48-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



Ushbu Qonun 23-moddasining 3—24-bandlari 2013 yilning 1 iyunidan e'tiboran amalga kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.
Download 194,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish