O'zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'risida



Download 194.5 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2017
Hajmi194.5 Kb.
  1   2
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O'ZGARTISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH TO'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 18-son, 233-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 20 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 28 martda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi 422–XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyulda qabul qilingan O'RQ–162-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 353-modda; 2010 yil, № 9, 334-modda) 9-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qism chiqarib tashlansin;

uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.

2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»gi 657–XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 355-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2010 yil, № 9, 333-modda) 29-moddasining 6-bandi chiqarib tashlansin.

3-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi 734–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 78–II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 149-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 9, 417-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 1-moddaning ikkinchi qismi «Banklarni» degan so'zdan keyin «va boshqa kredit tashkilotlarini» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

2) 2-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko'rsatish bo'yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni o'z ichiga oladi»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

3) quyidagi mazmundagi 22-modda bilan to'ldirilsin:

«22-modda. Auditorlik faoliyati standartlari

Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o'tkazish, professional xizmatlar ko'rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha yagona talablarni belgilaydi.

Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o'tkazishda auditorlik xizmatlari ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo'llashi mumkin»;

4) quyidagi mazmundagi 31-modda bilan to'ldirilsin:

«31-modda. Auditorning malaka sertifikati

Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko'rsatish huquqini beruvchi hujjat.

Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi»;

5) 4-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo'ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo'shiladi»;

6) 5-modda:

beshinchi qismi:

ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditor faqat o'zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aktsiyadori) bo'lishi mumkin»;

to'rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo'lgan auditor rahbar bo'lishi kerak»;

ettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko'rsatish to'g'risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko'rsatish to'g'risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug'urta polisi mavjud bo'lgan taqdirda tuziladi»;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to'qqizinchi qismlar bilan to'ldirilsin:

«Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aktsiyadori) bo'lishi mumkin emas.

Auditorlik tashkilotining firma nomida «auditorlik tashkiloti» so'z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o'xshash bo'lgan belgilar bilan ko'rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o'z nomida «auditorlik tashkiloti» so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas»;

7) 7-moddaning birinchi qismi:

ettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta'minlashi»;

o'ninchi xatboshisi ikkinchi jumlasining o'zbekcha matnidagi «shart» degan so'z chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi o'n birinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta'minlashi shart»;

8) 9-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to'g'riligi va buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog'liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir»;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o'tkaziladi»;

9) 10-moddaning birinchi qismi:

sakkizinchi xatboshisi «va davlat unitar korxonalari» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;

quyidagi mazmundagi to'qqizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«fond va tovar birjalari»;

10) 13-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko'rsatish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o'z vaqtida to'lashi shart»;

11) 16-moddaning birinchi qismi:

«v» kichik bandidagi «ikkinchi va uchinchi» degan so'zlar «ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi «g» kichik bandi bilan to'ldirilsin:

«g) xodimi bir vaqtning o'zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektga nisbatan»;

12) 17-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«xo'jalik yurituvchi sub'ekt taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini amalga oshirish»;

13) 18-moddaning:

to'rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o'tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo'lishi kerak»;

beshinchi qismidagi «milliy» degan so'z chiqarib tashlansin;

14) 19-moddaning to'rtinchi qismidagi «milliy» degan so'z chiqarib tashlansin;

15) 21-modda ikkinchi qismining sakkizinchi va to'qqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lgan muddatga to'xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to'g'risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi;

auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi»;

16) 27-moddaning uchinchi qismi:

to'rtinchi xatboshisi o'zbekcha matnidagi «ishtirok etadi» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi».

4-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi 754–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 1, 38-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118 modda; 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 9-10, 149 modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536 modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish va bekor qilish»;

2) 42-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni ko'mib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo'lganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yo'l qo'yiladi»;

3) 45-moddaning uchinchi qismidagi «tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan» degan so'zlar «davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo'lgan taqdirda» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

5-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi 837–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 5, 221-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 2000 yil, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 17-moddaning birinchi qismidagi «mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo'jaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tabiiy suv ob'ektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste'mol qilish uchun ruxsatnoma er usti suvlari bo'yicha — qishloq va suv xo'jaligi organlari, er osti suvlari bo'yicha — geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar bo'yicha — er qa'rini geologik o'rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi»;

3) 73-modda chiqarib tashlansin;

4) 99-moddaning ikkinchi qismidagi «73» raqami chiqarib tashlansin.

6-modda. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O'zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 6, 247-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 350-modda; 2012 yil, № 9/2, 246-modda) quyidagi o'zgartishlar va qo'shimcha kiritilsin:

1) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini ro'yxatga olish

Davlat aviatsiyasi aerodromlari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida ro'yxatga olinishi lozim.

Davlat aviatsiyasi aerodromi reestrga kiritilganidan so'ng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi ro'yxatga olinganligi to'g'risida guvohnoma beriladi.

Davlat aviatsiyasi aerodromlarini ro'yxatga olish va ular ro'yxatga olinganligi to'g'risida guvohnomalar berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi»;

2) 44-modda:

quyidagi mazmundagi to'rtinchi qism bilan to'ldirilsin:

«Ekspluatant sertifikatini berish to'g'risidagi arizani takroran ko'rib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi»;

to'rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

3) 94-moddaning to'rtinchi qismidagi «Aviatsiyada yuk va yo'lovchi tashish uchun litsenziyasi» degan so'zlar «Ekspluatant sertifikati» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

4) 95-moddaning birinchi qismidagi «tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma» degan so'zlar «ekspluatant sertifikatini» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

5) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha havo transportida tashish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat uchun litsenziyalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi»;

6) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha havo transportida tashish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi»;

7) 129-moddaning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

8) 130-moddaning birinchi qismidagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar» degan so'zlar «ekspluatant sertifikati» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

9) 131-moddadagi «Konkret turdagi aviatsiya ishlari uchun tegishli ruxsatnoma» degan so'zlar «Ekspluatant sertifikatini» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

7-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Veterinariya to'g'risida»gi 935–XII-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 335-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda; 1997 yil, № 4-5, 126-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 472-modda) 8-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

ettinchi — o'n uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o'n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

8-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Standartlashtirish to'g'risida»gi 1002–XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 46-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2009 yil, № 4, 129-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 2-moddaning:

nomidagi va birinchi qismidagi tegishincha «Davlat» va «davlat» degan so'zlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tibbiyot uchun mo'ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun mo'ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo'yicha etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi»;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o'z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi»;

2) 3-modda birinchi qismining ruscha matnidagi «gosudarstvennimi organami upravleniya» degan so'zlar «organami gosudarstvennogo upravleniya» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 6-moddaning:

birinchi qismi to'rtinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to'rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«tashkilotning standartlari;

xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari»;

sakkizinchi va to'qqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Iste'molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o'zgartishlar «O'zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. «O'zstandart» agentligi organlarida ro'yxatdan o'tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.

Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog'lig'i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o'zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg'alash birligini ta'minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik faoliyati sub'ektlari rioya etishi uchun majburiydir»;

o'n birinchi qismidagi «standartlarning» degan so'z «texnik reglamentlarning yoki standartlarning» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

4) 8-modda birinchi qismining ruscha matnidagi «gosudarstvennie organi upravleniya» degan so'zlar «organi gosudarstvennogo upravleniya» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

5) 9-modda birinchi qismining ruscha matnidagi «gosudarstvennix organov upravleniya» degan so'zlar «organov gosudarstvennogo upravleniya» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

6) 10-moddaning ruscha matnidagi «gosudarstvennix organov upravleniya» degan so'zlar «organov gosudarstvennogo upravleniya» degan so'zlar bilan almashtirilsin.

9-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Metrologiya to'g'risida»gi 1004–XII-sonli Qonuniga(O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 2, 48-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 15-moddaning birinchi qismi:

oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

ettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 18-modda chiqarib tashlansin.

10-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 56, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi qo'shimchalar kiritilsin:

1) 17-moddaning to'rtinchi qismi «123» raqamidan keyin «1251» raqami bilan to'ldirilsin;

2) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan to'ldirilsin:

«1251-modda. Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga etmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud to'rt oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».

11-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 473-modda bilan to'ldirilsin:

«473-modda. Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, —

eng kam ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga etmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, —

eng kam ish haqining etti baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.


Каталог: sites -> default -> files -> uploaded -> zakoni -> uzb
uzb -> Valyutani tartibga solish to'G'risida o'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan
uzb -> Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 16 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 24 fevralda ma'qullangan
uzb -> Investitsiya faoliyati to'G'risida
uzb -> O'zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'G'risida
uzb -> Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'G'risida
uzb -> «bankrotlik to'G'risida»gi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'G'risida o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida
uzb -> Aksiadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'G'risida


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa