O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Download 19,62 Kb.
Sana01.03.2022
Hajmi19,62 Kb.
#476901
Bog'liq
Esse Navruzbek


Esse
2018-yil 19-dekabr kuni prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. U o‘z ichiga kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob’ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi.
Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
birinchidan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ob’ektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
ikkinchidan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ob’ektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyatizimlari ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;
uchinchidan, davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
beshinchidan, tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish yig‘ma manzilli dasturi;
oltinchidan, markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
yettinchidan, quyidagilar:
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob’ektlar ro‘yxati;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari ro‘yxat.
Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan o‘tkazilganadn keyin loyihalar (ob'ektlar) yuzasidan ro‘yxatlarga va kapital qo‘yilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda bosh vazirning o‘rinbosari — investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlangan. Loyihalar (ob'ektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar hukumatning qarorlariga asosan kiritilishi belgilangan.
Prezidentning qaroriga binoan hujjatning 18 ta ilovasida investsiyalarning jalb qilinishi, moliyalashtirilishi va realizatsiyaqilinishi ta’kidlab o’tilgan. 2019 yilda kapital qo'yilmalar belgilangan bo’lib, ular ikki guruhga: markazlashtirilgan investitsiyalar va markazlashtirilmagan investitsiyalri hisoblanadi. Ularning jami qaiymati 112251 mlrd so’m miqdorida bo’lishi prognoz qilingan. Loyihalarni moliyalishtirish sifatida eng katta investitsiyalarni davlat byudjeti hisobidan ekanligi shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan yirik korxonalar kiradi.
Keyingi yillarda investitsiya siyosati O’zbekidtonda jaddalik bilan rivojlanib bormoqda. Qarorning asosiy jabhalariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, unada Respublikaning barcha hududlarini qmrab olganligini guvohi bo’lamiz. Misol sifatida birgina 2019-yilda Respblikamizning jami 15 ming 10 ta arzon uy-joy va kvartira qurilishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz hududlarida obod qishloq dasturi doirasida ko’plab qishloqlar, mahalla guzarlari, maktab va bog’chalar, yo’llar, ko’priklar bunyod etilishi ko’zda tutilgan. Misol sifatida dastur doirasida 2019 quyidagilar:
mamlakatimizning 159 ta tumanida 1,6 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari ;

amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun sarflanishi rejalashtirilgan 4,8 trillion soʻm miqdoridagi xarajatlarning moliyalashtirish manbalari ;


umumiy uzunligi 5 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar)ni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari ;


1,3 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan qishloqlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari ;


36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 458 kilometr boʻlgan tungi koʻcha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaxshilash chora-tadbirlari ;


aholiga transport xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda umumiy qiymati 46,3 milliard soʻmlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilish boʻyicha chora-tadbirlar ;


ichimlik suvi taʼminoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari ;


361 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan elektr va gaz taʼminoti tizimini yaxshilash chora-tadbirlari ;


214,2 mingta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar


1 182 ta koʻp xonadonli uy-joylarni taʼmirlash chora-tadbirlari 10-ilovaga hamda 378 ta koʻp xonadonli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish chora-tadbirlari 280 ta maktabgacha taʼlim, 510 ta maktab, 237 ta sogʻliqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlash chora-tadbirlari ;

jami 2 532 ta bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish va taʼmirlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.


Shu bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, turli vazirliklarda o’zgarishlar qilish, viloyat hokimiyat va boshqa davlat organlarida rekonstruksiya va yangilanishlar olib borish ko’zda tutilagn.
Download 19,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish