5.O`zbekiston uchun xarakterli favqulotda hodisalarni sanab bering?
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni talablarini bajarish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shuningdek, ularning oqibatlarini monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tizimli olib borilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin:tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyat deb ataladi) olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash;favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish;favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Quyidagilar:Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda:favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelish xavfi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda monitoring qilish, axborot almashish va prognozlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasinlar;Yagona tizim joriy etilishini hisobga olgan holda “Elektron hukumat” tizimi doirasida shakllantirilgan idoraviy axborot tizimlarining funksiyalarini takomillashtirsinlar;umumiy cheklangan shtatlar soni hamda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida boshqaruv apparatlari, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmalariga Yagona tizim doirasida belgilangan vazifalarni bajarishga mas’ul mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etsinlar.
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda:Yagona tizim tuzilmasiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari orasida alohida himoyalangan axborot almashinuvi kanali tashkil etilishini va uzluksiz ishlashini;Yagona tizimni “Elektron hukumat” tizimining markaziy ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari komplekslariga integratsiyalashni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
1.Ushbu Nizom tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimining (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Yagona tizim tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar (keyingi o‘rinlarda favqulodda vaziyatlar deb ataladi) monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash masalalarini hal etishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) ajralmas qismi hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;atrof muhit monitoringi — atrof muhit holatini baholash, unda kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish va undagi o‘zgarishlar rivojini o‘z vaqtida aniqlash uchun ma’lum bir dastur bo‘yicha doimiy ravishda olib boriladigan kuzatuv va nazorat tizimi;monitoring obyekti — chegara doirasida aniq dastur bo‘yicha atrof muhitning holatini nazorat qilish maqsadida doimiy ravishda kuzatuv ishlari olib boriladigan, unda kechayotgan jarayonlarni, ulardagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va prognozlash uchun tahlil qilish va baholash amalga oshiriladigan tabiiy, texnogen obyekt yoki uning bir qismi;monitoring ma’lumoti — favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarni muntazam yoki tezkor nazorat qilish va kuzatish natijasida olingan ma’lumot turi;favqulodda vaziyatlarni prognozlash — favqulodda vaziyat yuz berishi mumkinligi sabablarini, uning o‘tmishdagi va hozirdagi manbalarini tahlil etish asosida uning sodir bo‘lishi va rivojlanishi ehtimolini oldindan aks ettirish;prognoz ma’lumoti — favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi ehtimolini aks ettiruvchi ma’lumot turi;geografik axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda GAT deb ataladi) — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek, raqamli kartografik, o‘xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim;favqulodda vaziyat manbai — favqulodda vaziyat yuz bergan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli tabiiy hodisa, avariya yoki xavfli texnogen hodisa, odamlarning, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarining keng tarqalgan infeksion (yuqumli) kasalliklari, shuningdek, hozirgi zarba vositalari ishlatilishi natijasi;
potensial xavfli obyekt — favqulodda vaziyat manbai yuzaga kelishi real xavfini tug‘diruvchi radioaktiv, yong‘in-portlash xavfi, xavfli kimyoviy va biologik moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan va tashiladigan obyekt;favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi — favqulodda vaziyat manbaining tegishli xavf ko‘rsatkichlari bilan belgilanadigan yuzaga kelish ehtimoli yoki takrorlanish tezligi;xavfga baho berish — xavfni va uning ehtimoli bo‘lgan manbalarini identifikatsiyalash, ularning yuzaga kelish mexanizmini tadqiq qilish, identifikatsiya qilingan xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoliga va ularning oqibatlariga baho berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |