O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida” gi Farmonida
mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik
jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot
kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O'zbekistonning
munosib o'rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan
qayd etib o'tilgan. SHu bilan birga, mazkur Farmonda kelgusi 2017-2021 yillarda
milliy iqtisodiy tizida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar va vazifalar
ham o'z aksini topgan.
2017 — 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini
ro'yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini
ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36
foizgacha, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Qurilish tarmog'ida maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot
sharoitlari
yaxshilanishini
ta'minlovchi
yo'l-transport,
muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya
qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
Aholi va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning
yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va
qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining moddiy etiyojlarini ta'minlashda bozorlar faoliyatini
takomillashtirish, yangi va zamonaviy savdo infratuzilmalarini barpo etish;
aholiga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yo'lovchi
tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini
kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtosalon,
avtovokzal va avtostantsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish;
yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruktsiya qilinishini davom ettirish,
eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish, xo'jaliklararo qishloq
avtomobil yo'llarini, aholi punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va
mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va
transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa
yoqilg'i-energiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo'yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma'rifiy tashkilotlar va muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash.
Mazkur ustuvor vazifalarni hal etishda milliy kompaniyalarning mablag'lari
bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar oqimining alohida o'rni mavjud.
Hududlarda bozor munosabatlarini joriy etilishi, narxlarni erkinlashtirilishi,
mulkchilikning turli shakllarini barpo etilishi, erkin raqobatni tarkib topishi
investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. Mulkchilikning turli
shakllarining vujudga kelishi, ayniqsa, xususiy mulkning rivojlanishi munosabati
bilan qurilish kapitalining shahar va qishloq joylardagi hajmi, uning oqimi,
taqsimlanishi tezlashdi.
Farg'ona viloyatida 2018 yilning yanvar-dekabr holatiga asosiy kapitalga
kiritilgan investitsiyalar hajmining 45,0 % i yirik tashkilotlarga to'g'ri kelib, 2241,4
mlrd.so'mni tashkil etdi hamda o'tgan yilning mos davriga nisbatan 140,9 % ni
tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalarda esa 52,6 % ga tog'ri kelib jami 2
616,7 mlrd.so'mni tashkil etdi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 155,2 % ni
tashkil qildi. SHuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan 120,3
mlrd.so'm investitsiayalar jalb qilinib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100,6 %
ga o'sdi.
Farg'ona viloyatida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Markazlashgan
investitsiylar jami 647,4 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga
nisbatan 151,6 % ni tashkil etdi. SHu jumladan: 1. Respublika byudjeti mablag'lari
140,9 mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga nisbatan 54,8 % 2. Byudjetdan
tashqari fond mablag'lari 347,2 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan
302,9% - Respublika yo'l fondi 63,0 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga
nisbatan 213,3 % - Sog'liqni saqlash hamda ta'lim muassasalarini rekonstruksiya va
capital ta'mirlash fond mablag'lari - 210,8 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga
nisbatan 281,7 % - Erlarni meliorativ holatini yaxilash fond mablag'lari- 17,5
mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga 170,5 % - Oliy o'quv yurtlari moddiy texnik
bazasini rivojlantirish fondi- 55,9 mlrd.so'm. 3. Bolalar sporti fondi - 45,0
mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga nisbatan 420,4 % 4. Kafolat ostidagi xorijiy
investitsiya va kreditlaar- 114,3 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan
256,7 foizga ortgan.
Markazlashmagan investitsiyalar jami 4331,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan
yilning mos davriga nisbatan 163,9 % ni tashkil etdi. SHu jumladan Korxona
mablag'lari 1397,9 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan
125,5 % ni tashkil etdi. Tijorat bank kreditlari 885,5 mlrd.so'mni tashkil qilib,
o'tgan yilning mos davriga nisbatan 173,3 % ni tashkil etdi.
Farg'ona viloyatiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jami 1136,0
mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 554,0 % ni tashkil
etdi. Korxona va aholi mablag'lari 2300,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning
mos davriga nisbatan 120,8 % ni tashkil etdi. Mahalliy byudjet mablag'lari 167,9
mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 201,6 % ni tashkil
etdi. SHuningdek xorijiy investitsiyalar 1030,9 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan
yilning mos davriga nisbatan 5,2 baravarga ortgan.
Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkillashda xarajatlarning
qiymatini aniqlash shaharsozlik Kodeksi, Uy-joy Kodeksi, amaldagi QMQ, SHNQ
va boshqa me'yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur diplom ishining iqtisod
qismida Andijon viloyati, Asaka shahrida qurilishi mo'ljallangan yangi zamonaviy
avtomobillar savdosi bo'yicha ko'rgazma zali va savdo majmuasining dastlabki
qiymatini aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgan.
Qurilish industriyasining o'ziga jihatlaridan yana biri barpo etilayotgan savdo
va biznes majmualari, ko'rgazma va savdo komplekslari, sanoat, qishloq xo'jalik
mahsulotlari,ayniqsa, avtomobillar bilan savdo qiluvchi bozorlarining yakka
tartibda, yagona buyurtmaga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qurilish mahsuloti
bo'lgan har qanday ob'ektning yana bir xususiyati mahsulot ishlab chiqarishning
uzoq davom etishida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida qurilish
davomida mahsulot, hom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, transport va boshqa
xarajatlarini inflyatsion oqimga ta'sirchanligiga sabab bo'ladi. Qurilish tarmog'ida
yaratilayotgan mahsulot asosan ochiq usulda, ya'ni ochiq maydonda, ob-havo
ta'sirida bo'lishi ham qurilish mahsuloti sifati va bahosiga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Qurilishning
ko'rsatib
o'tilgan
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
loyihalanayotgan majmuaning dastlabki smeta qiymati va uni tarkibidigi
xarajatlarning moddalar bo'yicha hisob-kitobini amalga oshirish zarur bo'ladi.
Dastlab,avtosalon va ko'rgazma zalining qurilishiga sarflanadigan mehnat
resurslarining miqdoriy ko'rsatkichlari aniqlanadi. Loyihalanayotgan bino uchun
bu ko'rsatkich qurilish davri uchun 61254 kishi/soatni tashkil etadi. SHundan
so'ng, ishchilarni oylik ish vaqti fondi aniqlanadi: 511 million so'mga teng bo'ladi.
Bu ko'rsatkichga boshqaruv xodimlarining ish haqi kiritilmaydi.
Ko'rgazma zali va avtosalon qurilishining smeta qiymatini aniqlash
bo'yicha HISOB-KITOBLAR
№
Xarajat moddalari
O'lchov bir.
Hajmi
1.
Ob'ektning umumiy maydoni
kv.m.
13780
2.
Asosiy qurilayotgan binoning foydali
maydoni
kv.m.
3890
3.
Ko'kalamzorlashtirish maydoni
kv.m.
2450
4.
Yo'l va yo'lkalar
kv.m.
7270
5.
Ish vaqti fondi
kishi/soat
61254
6.
Quruvchilarni ish haqi
ming so'm
511471
7.
Yagona ijtimoiy to'lov (12%)
ming so'm
61377
8.
Mashina va mexanizmlardan foydalanish
xarajatlari
ming so'm
281309
9.
Қурилиш
материаллари,
конструкциялари ва ашёлари учун
харажатлар
ming so'm
2301619
10.
Tayyorlash-ombor xarajatlari
ming so'm
46032
11.
Qurilish materiallari, konstruktsiyalari va
ashyolarini tashish xarajatlari
ming so'm
115081
12.
Mebel, jixoz va inventar xarajatlari
ming so'm
1176127
13.
Jami to'g'ri xarajatlar
ming so'm
3316889
14.
Tavakkalchilik koeffitsienti
ming so'm
33169
15.
Qurilish tashkilotining boshqa bevosita
xarajatlari va daromadi
ming so'm
636843
16.
Qurilish ob'ektini sug'urtalash
ming so'm
10614
17.
Loyiha-smeta xujjatlari tayyorlash
ming so'm
66338
18.
Ustama xarajatlar
ming so'm
746963
19.
Qurilish qiymati (QQS siz)
ming so'm
4063852
20.
Qo'shilgan qiymat solig'i
ming so'm
609578
21.
Qurilish qiymati (QQS bilan)
ming so'm
4673430
Yagona ijtimoiy to'lov xarajatlari 2019 yildan pudratchi tashkilotlar uchun
ish haqi fondining 12 foizini tashkil etadi yoki bu ko'rsatkich 61 million 377 ming
so'mga teng. Ob'ektni qurilishida jalb etiladigan mashina va qurilish
mexanizmlarining umumiy xarajatlari qariyb 281 million so'mni, qurilish xom-
ashyosi,materillari va konstruktsiyalariga xarajatlarning umumiy summasi 2
milliard 301 million so'mni tashkil etadi.
Umumiy holda, jami to'g'ri (bevosita) xarajatlar 3 mlrd.316 mln. 889 ming
so'mni tashkil etadi. Qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati qo'shilgan
qiymat solig'i bilan 4 milliard 673 million 430 ming so'mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |