O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida



Download 212,16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.08.2021
Hajmi212,16 Kb.
#155004
Bog'liq
4.Iqtisod(1)



O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O'zbekiston  Respublikasini 

yanada  rivojlantirish  bo'yicha  harakatlar  strategiyasi  to'g'risida”  gi  Farmonida 

mustaqillik  yillarida  mamlakatda  huquqiy  demokratik  davlat,  kuchli  fuqarolik 

jamiyati  qurishga,  erkin  bozor  munosabatlariga  va  xususiy  mulk  ustuvorligiga 

asoslangan  iqtisodiyotni  rivojlantirishga,  xalq  osoyishta  va  farovon  hayot 

kechirishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratishga,  xalqaro  maydonda  O'zbekistonning 

munosib  o'rin  egallashiga  qaratilgan  kompleks  chora-tadbirlar  amalga  oshirilgan 

qayd etib o'tilgan. SHu bilan birga, mazkur Farmonda kelgusi 2017-2021 yillarda 

milliy  iqtisodiy  tizida  amalga  oshirilishi  lozim  bo'lgan  yo'nalishlar  va  vazifalar 

ham o'z aksini topgan.  

2017  —  2021  yillarda  umumiy  qiymati  40  milliard  AQSH  dollari 

miqdoridagi  649  ta  investitsiya  loyihasini  nazarda  tutuvchi  tarmoq  dasturlarini 

ro'yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini 

ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 

foizgacha, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.  

Qurilish  tarmog'ida  maqsadli  dasturlarni  amalga  oshirish,  aholining  hayot 

sharoitlari 

yaxshilanishini 

ta'minlovchi 

yo'l-transport, 

muhandislik-

kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  hamda  modernizatsiya 

qilish quyidagilarni nazarda tutadi: 

  Aholi    va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  boshqa  fuqarolarning 



yashash  sharoitini  imtiyozli  shartlarda  ipoteka  kreditlari  ajratish  hamda  shahar  va 

qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; 

  aholining  moddiy  etiyojlarini  ta'minlashda  bozorlar    faoliyatini 



takomillashtirish, yangi va zamonaviy savdo infratuzilmalarini barpo etish; 

  aholiga  transport  xizmati  ko'rsatishni  tubdan  yaxshilash,  yo'lovchi 



tashish  xavfsizligini  oshirish  va  atrof  muhitga  zararli  moddalar  chiqishini 

kamaytirish,  har  tomonlama  qulay  yangi  avtobuslarni  sotib  olish,  avtosalon, 

avtovokzal va avtostantsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish;  

  yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruktsiya qilinishini davom ettirish, 



eng  avvalo,  mintaqaviy  avtomobil  yo'llarini  rivojlantirish,  xo'jaliklararo  qishloq 


avtomobil yo'llarini, aholi punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash; 

  yangi  elektr  energiya  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  qurish  va 



mavjudlarini  modernizatsiya  qilish,  past  kuchlanishli  elektr  tarmoqlari  va 

transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa 

yoqilg'i-energiya  resurslari  bilan  ta'minlashni  yaxshilash,  shuningdek,  qayta 

tiklanadigan  energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish  bo'yicha  chora-

tadbirlarni amalga oshirish; 

  teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma'rifiy tashkilotlar va muzeylar 



faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini 

mustahkamlash. 

Mazkur  ustuvor  vazifalarni  hal  etishda  milliy  kompaniyalarning  mablag'lari 

bilan  bir  qatorda  xorijiy  investitsiyalar  oqimining  alohida  o'rni  mavjud. 

Hududlarda  bozor  munosabatlarini  joriy  etilishi,  narxlarni  erkinlashtirilishi, 

mulkchilikning  turli  shakllarini  barpo  etilishi,  erkin  raqobatni  tarkib  topishi 

investitsiyalarning  rivojlanishiga  katta  turtki    bo'ldi.  Mulkchilikning  turli 

shakllarining  vujudga  kelishi,  ayniqsa,  xususiy  mulkning  rivojlanishi  munosabati 

bilan  qurilish  kapitalining  shahar  va  qishloq  joylardagi  hajmi,  uning  oqimi, 

taqsimlanishi tezlashdi. 

Farg'ona  viloyatida  2018  yilning  yanvar-dekabr  holatiga  asosiy  kapitalga 

kiritilgan investitsiyalar hajmining 45,0 % i yirik tashkilotlarga to'g'ri kelib, 2241,4 

mlrd.so'mni  tashkil  etdi  hamda  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  140,9  %  ni 

tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalarda esa 52,6 %  ga tog'ri kelib jami 2 

616,7  mlrd.so'mni  tashkil  etdi  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  155,2  %  ni 

tashkil  qildi.  SHuningdek  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  tomonidan  120,3 

mlrd.so'm investitsiayalar jalb qilinib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100,6 % 

ga o'sdi. 

Farg'ona  viloyatida  joriy  yilning  yanvar-dekabr  oylarida  Markazlashgan 

investitsiylar  jami  647,4  mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan  yilning  mos  davriga 

nisbatan 151,6 % ni tashkil etdi. SHu jumladan: 1. Respublika byudjeti mablag'lari 

140,9  mlrd.so'm  ,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  54,8  %  2.  Byudjetdan 




tashqari  fond  mablag'lari  347,2  mlrd.so'm,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan 

302,9%  -  Respublika  yo'l  fondi  63,0  mlrd.so'm,  o'tgan  yilning  mos  davriga 

nisbatan 213,3 % - Sog'liqni saqlash hamda ta'lim muassasalarini rekonstruksiya va 

capital  ta'mirlash  fond  mablag'lari  -  210,8  mlrd.so'm,  o'tgan  yilning  mos  davriga 

nisbatan  281,7  %  -  Erlarni  meliorativ  holatini  yaxilash  fond  mablag'lari-  17,5 

mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga 170,5 % - Oliy o'quv yurtlari moddiy texnik 

bazasini  rivojlantirish  fondi-  55,9  mlrd.so'm.  3.  Bolalar  sporti  fondi  -  45,0 

mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga nisbatan 420,4 % 4. Kafolat ostidagi xorijiy 

investitsiya  va  kreditlaar-  114,3  mlrd.so'm,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan 

256,7 foizga ortgan. 

Markazlashmagan investitsiyalar jami 4331,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan 

yilning  mos  davriga  nisbatan  163,9  %  ni  tashkil  etdi.  SHu  jumladan  Korxona 

mablag'lari  1397,9  mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan 

125,5  %  ni  tashkil  etdi.  Tijorat  bank  kreditlari  885,5  mlrd.so'mni  tashkil  qilib, 

o'tgan yilning mos davriga nisbatan 173,3 % ni tashkil etdi.  

Farg'ona  viloyatiga  to'g'ridan-to'g'ri  xorijiy  investitsiyalar  jami  1136,0 

mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  554,0  %  ni  tashkil 

etdi.  Korxona  va  aholi  mablag'lari  2300,0  mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan  yilning 

mos  davriga  nisbatan  120,8  %  ni  tashkil  etdi.  Mahalliy  byudjet  mablag'lari  167,9 

mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  201,6  %  ni  tashkil 

etdi.  SHuningdek  xorijiy  investitsiyalar  1030,9  mlrd.so'mni  tashkil  etib,  o'tgan 

yilning mos davriga nisbatan 5,2 baravarga ortgan. 

Qishloq  hududlarini  arxitektura-loyihaviy  tashkillashda  xarajatlarning 

qiymatini aniqlash shaharsozlik Kodeksi, Uy-joy Kodeksi, amaldagi QMQ, SHNQ 

va boshqa me'yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. 

YUqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  mazkur  diplom  ishining  iqtisod 

qismida Andijon viloyati, Asaka shahrida qurilishi mo'ljallangan yangi zamonaviy 

avtomobillar  savdosi  bo'yicha  ko'rgazma  zali  va  savdo  majmuasining  dastlabki 

qiymatini aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgan.  



Qurilish industriyasining o'ziga jihatlaridan yana biri barpo etilayotgan savdo 

va  biznes  majmualari,  ko'rgazma  va  savdo  komplekslari,  sanoat,  qishloq  xo'jalik 

mahsulotlari,ayniqsa,  avtomobillar  bilan  savdo  qiluvchi  bozorlarining  yakka 

tartibda,  yagona  buyurtmaga  ega  ekanligidan  kelib  chiqadi.  Qurilish  mahsuloti 

bo'lgan  har  qanday  ob'ektning  yana  bir  xususiyati  mahsulot  ishlab  chiqarishning 

uzoq  davom  etishida  yaqqol  namoyon  bo'ladi.  Bu  esa  o'z  navbatida  qurilish 

davomida  mahsulot,  hom-ashyo,  materiallar,  yoqilg'i,  transport  va  boshqa 

xarajatlarini  inflyatsion  oqimga  ta'sirchanligiga  sabab  bo'ladi.  Qurilish  tarmog'ida 

yaratilayotgan  mahsulot  asosan  ochiq  usulda,  ya'ni  ochiq  maydonda,  ob-havo 

ta'sirida  bo'lishi  ham  qurilish  mahsuloti  sifati  va  bahosiga  o'z  ta'sirini  o'tkazadi. 

Qurilishning 

ko'rsatib 

o'tilgan 

xususiyatlarini 

hisobga 

olgan 


holda 

loyihalanayotgan  majmuaning  dastlabki  smeta  qiymati  va  uni  tarkibidigi 

xarajatlarning moddalar bo'yicha hisob-kitobini amalga oshirish zarur bo'ladi.  

Dastlab,avtosalon  va  ko'rgazma  zalining  qurilishiga  sarflanadigan  mehnat 

resurslarining  miqdoriy  ko'rsatkichlari  aniqlanadi.  Loyihalanayotgan  bino  uchun 

bu  ko'rsatkich  qurilish  davri  uchun  61254  kishi/soatni  tashkil  etadi.  SHundan 

so'ng, ishchilarni oylik ish vaqti fondi aniqlanadi: 511 million so'mga teng bo'ladi. 

Bu ko'rsatkichga boshqaruv xodimlarining ish haqi kiritilmaydi.  

Ko'rgazma  zali  va  avtosalon  qurilishining  smeta  qiymatini  aniqlash 

bo'yicha HISOB-KITOBLAR 

 

 

№  



Xarajat moddalari

 

O'lchov bir.



 

Hajmi


 

1. 


 Ob'ektning umumiy maydoni

 

kv.m. 



13780  

2. 


 

Asosiy  qurilayotgan  binoning  foydali 

maydoni

 

kv.m. 



3890  

3. 


 Ko'kalamzorlashtirish maydoni

 

kv.m. 



2450 

4. 


 Yo'l va yo'lkalar

 

kv.m. 



7270 

5. 


 Ish vaqti fondi

 

kishi/soat 



61254 

6. 


 Quruvchilarni ish haqi

 

ming so'm 



511471 


7. 

 Yagona ijtimoiy to'lov (12%) 

ming so'm 

61377 


8. 

 

Mashina va mexanizmlardan foydalanish 



xarajatlari 

ming so'm 

281309 

9. 


 

Қурилиш 


материаллари, 

конструкциялари  ва  ашёлари  учун 

харажатлар 

ming so'm 

2301619 

10. 


 Tayyorlash-ombor xarajatlari 

ming so'm 

46032 

11. 


 

Qurilish materiallari, konstruktsiyalari va 

ashyolarini tashish xarajatlari 

ming so'm 

115081 

12. 


 Mebel, jixoz va inventar xarajatlari 

ming so'm 

1176127 

13. 


 

Jami to'g'ri xarajatlar 

ming so'm 

3316889 


14. 

 Tavakkalchilik koeffitsienti 

ming so'm 

33169 


15. 

 

Qurilish  tashkilotining  boshqa  bevosita 



xarajatlari va daromadi 

ming so'm 

636843 

16. 


 Qurilish ob'ektini sug'urtalash 

ming so'm 

10614 

17. 


 Loyiha-smeta xujjatlari tayyorlash 

ming so'm 

66338 

18. 


 Ustama xarajatlar 

ming so'm 

746963 

19. 


 

Qurilish qiymati (QQS siz) 

ming so'm 

4063852 


20. 

 Qo'shilgan qiymat solig'i 

ming so'm 

609578 


21. 

 

Qurilish qiymati (QQS bilan) 



ming so'm 

4673430 


 

Yagona  ijtimoiy  to'lov  xarajatlari  2019  yildan  pudratchi  tashkilotlar  uchun 

ish haqi fondining 12 foizini tashkil etadi yoki bu ko'rsatkich 61 million 377 ming 

so'mga  teng.  Ob'ektni  qurilishida  jalb  etiladigan  mashina  va  qurilish 

mexanizmlarining  umumiy  xarajatlari  qariyb  281  million  so'mni,  qurilish  xom-

ashyosi,materillari  va  konstruktsiyalariga  xarajatlarning  umumiy  summasi  2 

milliard 301 million so'mni tashkil etadi.  



Umumiy  holda,  jami  to'g'ri  (bevosita)  xarajatlar  3  mlrd.316  mln.  889  ming 

so'mni  tashkil  etadi.    Qurilish-montaj  ishlarining  umumiy  qiymati    qo'shilgan 

qiymat solig'i bilan 4 milliard 673 million 430 ming so'mni tashkil etadi.  

 

 



 

Download 212,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish