O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o'zgarishlar amalga oshirildi
Kirish O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi "Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan "O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi.
Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta'minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta'mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi.
"O'zbekneftgaz" AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag'lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi "Mustaqillikning 25 yilligi" konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo'naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 18 noyabrdagi «Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yangi konlarni aniqlash, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini rivojlantirishning barcha tashkiliy-moliyaviy jihatlari belgilab berilgan edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida xorijiy ekspertlarni neft-gaz sohasidagi davlat korxonalarini boshqarishga jalb etib, ularning samaradorligini oshirish va xarajatlarini optimallashtirish, qarz miqdorini kamaytirishga erishish lozimligini ta'kidlagan edi. Yangidan tasdiqlangan hukumat oldiga shu borada ustuvor vazifalar qo‘yildi»
“O‘zbekneftgaz”: 2023 yilda sanoat kooperasiyasi taqdimotlari bilan tanishish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat koorperasiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-sonli qarori ijrosi do’lrasida Boshqaruv Raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig‘i bilan tarmoqlararo kooperasiyani chuqurlashtirish ishlari faollashtirilib mahalliy korxonalar bilan hamkorlik masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ “Ishchi guruhi” tomonidan Toshkent shahri va viloyatida joylashgan “DrilFlot-Asia” AJ, “Neo Stekloplast” MChJ, “Process and Water Chemicals” MChJ, “Bo’ller Engineering Company” MChJ va “Manokip Zavodi” MChJ korxonalarining sanoat kooperasiyasi bo‘yicha 2023 yil uchun taqdimotlari bilan tanishildi.
Shuningdek, uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan do’lmiy va shaffof muloqotni tashkil etish, xaridlar jarayonlari korrupsiya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham aytib o‘tildi.
Xususan “DrilFlot-Asia” so‘nggi yillarda 100 dan ortiq mahsulot (yuqori bosimli shlanglar) va xizmat turlari (maxsus “Kenworth” texnikasiga xizmat ko‘rsatish) Respublika hududida mahalliylashtirib, 2022 yil o‘zida “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari ehtiyojlari uchun 2 turdagi mahsulot va “Kenworth” yuqori quvvatli nasosni kapital ta'mirlash xizmatlarini yetkazib berishgan.