. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlardan foydalanish shartlari 39. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni yetishtiruvchi, tayyorlovchi, realizatsiya qiluvchi, qayta ishlovchi, eksport yoki import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mahsulotlar saqlanadigan omborxonalari har oyda bir marta hududiy boshqarmalar tomonidan karantin nazoratidan o‘tkaziladi.
40. Zarur bo‘lganda, o‘simliklar karantini davlat inspektorining xulosasiga asosan xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish, tozalash va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi.
41. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni yetishtiruvchi, tayyorlovchi, realizatsiya qiluvchi, qayta ishlovchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari joylashgan hududlarning fitosanitar tozaligini ta’minlash uchun hududiy boshqarmalar bilan kelishib, mas’ul xodim ajratishlari shart. Ushbu xodim hududdagi o‘simliklar va saqlanayotgan o‘simlik mahsulotlarining fitosanitar holati bo‘yicha kuzatuv olib borishi, zararlanish yoki zararli organizmlar aniqlangan holatda esa zudlik bilan Agentlikka xabar yetkazishi shart.
43. Hududiy boshqarmalarning ruxsatisiz joylarda o‘simliklar karantini nazoratidagi import mahsulotlarni boshqa tashkilotlarga berib yuborish yoki boshqa hududlarga jo‘natishga yo‘l qo‘yilmaydi.
44. O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini bo‘yicha tuzilgan xalqaro shartnomalariga, shuningdek, savdo shartnomalari va import qiluvchi mamlakatning fitosanitar talablariga javob berishi lozim.
. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan tranzit tarzida olib o‘tish 29. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar tranzit tarzida O‘zbekiston Respublikasi hududidan yopiq yoki izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan vagonlarda, avtofurgonlarda, avtorefrejerator yoki konteynerlarda Bojxona tranzit rejimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berilgandan so‘ng olib o‘tiladi.
O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berish uchun haq undirilmaydi.
30. O‘zbekiston Respublikasidan tranzit tarzda olib o‘tiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar nazoratdan o‘tkaziladi.
31. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan tranzit tarzida olib o‘tish:
o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning tovar partiyalari Agentlik tomonidan tranzit uchun beriladigan karantin ruxsatnomalarida belgilanadigan shartlar asosida (tranzit yukka ilova qilingan eksport qiluvchi mamlakatning fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lishi lozim);
pochta orqali, yo‘lovchilarning qo‘l yukida bo‘lgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara maskanidagi o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan nazoratdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.