Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin. - Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.
- Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganidek, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foizga o‘sdi». Bu esa mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasidir.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. - Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daromadlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer maydonidan pomidor yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna pomidor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 million so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olinsa) tashkil etadi.
- Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
- Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi.
- To‘rtinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida ichki bozorlar to‘ladi va mahsulotlarning narxi bar¬qarorlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |