O‘zbekiston respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Professional ta’limni tashkillashtirish



Download 90,83 Kb.
bet3/39
Sana21.03.2022
Hajmi90,83 Kb.
#505016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
466 qaror PF 5812

3-bob. Professional ta’limni tashkillashtirish
8. Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uyg‘unlashgan va tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan professional ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar professional ta’lim muassasalari toifasiga kiradi.
9. Professional ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro professional ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Xalqaro (davlatlararo) professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Professional ta’lim muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
11. Professional ta’lim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan kollejlar va texnikumlarning nomlari esa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda belgilanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
12. Professional ta’lim muassasasi o‘z tarkibida filiallar, kafedralar, bo‘limlar, o‘quv xonalari va laboratoriyalar, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xo‘jaliklari, texnoparklar, o‘quv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy ta’lim dasturlarini, professional ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar, ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur professional ta’lim muassasasi idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional ta’lim muassasasining filiali ushbu Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
13. Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, o‘quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko‘nikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega bo‘lishi ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat ta’lim standarti talablarini bajarish, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar (xorijiy ta’lim muassasasi filiallari bundan mustasno) barcha professional ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Professional ta’lim sohalari bo‘yicha davlat ta’lim standarti namunasi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohalari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Download 90,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish