8-bob. Jamoat tashkilotlari
48. Kasb-hunar maktabida o‘quvchi, o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
49. Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti o‘quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining maqsad va vazifalari kasb-hunar maktabi yoshlarini birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.
50. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi kasb-hunar maktabi xodimlari va o‘quvchilarining ko‘ngilli jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etiladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa tegishli normativ hujjatlarga asosan ish ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |