Ona tili va adabiyot fanidan o`qituvchilar uchun test savollari
1.Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida” gi qarori qachon qabul qilingan?
A) 1993 yilda
B) 1998 yil, 5 yanvarda
S) 1998 yil, 13 mayda
D) barcha variantlar noto`g`ri
2. “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1993 yil 2 sentyabrda
B) 1995 yil 6 mayda
S) 1995 yil 25 dekabrda
D) barcha variantlar noto`g`ri
3. 5-9 – sinf o`quvchilari “Ona tili” kursi bo`yicha qanday bilim, ko`nikma va malakalrni egallashlari shart?
A) gramatika oid bilimlari
B) so`z haqidagi, tovushlar tizimi haqidagi bilimlar
S) fonetika, leksikalogiya, so`z tarkibi, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, nutq uslublariga oid bilim va ko`nikmalar
D) barcha variantlar noto`g`ri
4. “Ona tili” o`quv fani bo`yicha o`quv soatlari jami sinflar bo`yicha qaysi qatorda to`g`ri taqsimlangan?
A) 5-sinfda – 204 soat, 6-sinfda – 170 soat, 7-sinfda – 102 soat, 8-sinfda – 102 soat, 9-sinfda – 68 soat.
B) 5-sinfda – 204 soat, 6-sinfda – 204 soat, 7-sinfda – 150 soat, 7-sinfda – 150 soat, 9-sinfda – 80 soat.
S) 5-sinfda – 160 soat, 6-sinfda – 140 soat, 7-sinfda – 120 soat, 8-sinfda – 110 soat, 9-sinfda – 74 soat.
D) barcha variantlar noto`g`ri
5. 9 – sinfda tekshiruv diktanti va bayoni necha so`zdan iborat bo`lishi lozim?
A) diktant – 120-140; bayon – 250-300.
B) diktant – 140-160; bayon – 300-350.
S) diktant – 160-180; bayon – 350-400.
D) barcha variantlar noto`g`ri
6. Qiyosiy tilshunoslikka asos solgan olim kim?
A) Yakov Grim
B) E. D.Polivanov
S) M.Qoshg`ariy
D) barcha variantlar noto`g`ri
7. O`zbek tilining qanday lug`ati yaratilmagan?
A) o`zlashma so`zlar lug`ati
B) etimologik lug`ati
S) paronimlar lug`ati
D) barcha variantlar noto`g`ri
8. Lingvistik tahlil o`quvchilarni nimaga o`rgatadi?
A) ijodiy fikrlashga, mustaqil ishlashga o`rgatadi.
B) fanni o`zlashtirishga o`rgatadi.
S) A va B
D) barcha variantlar noto`g`ri
9. Matn birliklari qaysi qatorda to`liq ifodasini topgan?
A) so`z, gap
B) gap, murakkab sintaksik yaxliklik (abzas), asar boblari
S) so`z birliklari, gap
D) barcha variantlar noto`g`ri
10. Ilmiy matn haqidagi qaysi fikr noto`g`ri?
A) ilmiy matnda qo`shma ma`noli so`zlar ishlatiladi
B) ilmiy matnda tasviriy vositalardan foydalaniladi
S) A va B
D) barcha variantlar noto`g`ri
11. Ona tili darslarining tarkibiy qismlari qaysi qatorda berilgan?
A) takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko`nikmaga aylantirish, mustahkamlash, yakunlash (xulosalash), vazifa berish.
B) o`tilganlarni so`rash, yangi darsni o`tish, uyga vazifa berish
S) yangi darsni o`tish, mustahkamlash, vazifa berish.
D) barcha variantlar noto`g`ri
12.Adabiyot qanday san`at turi hisoblanadi?
A) Adabiyot – so`z san`ati
B) Insonning ma`naviy dunyosi va axloqiy qiyofasini shakllantirishda samarali ta`sir etuvchi san`at turi
S) A va B
D) barcha variantlar noto`g`ri
13. Maktabdagi adabiyot kursini o`rganish obyekti qaysi qatorda to`g`ri belgilangan?
A) so`z san`ati namunasi hisoblangan barcha badiiy asarlar
B) yozma adabiyot namunalari
S) romanlar, hikoyalr, she`riy asarlar, dramalar
D) barcha variantlar noto`g`ri
14. Adabiyot ta`liminining mazmunini nima belgilaydi?
A) barcha badiiy asarlar
B) adabiy ta`limning maqsad va vazifalari
S) milliy va jahon adabiyoti namunalari
D) barcha variantlar noto`g`ri
15. Maktabda adabiyot o`qitishning vazifalari qaysi qatorda to`liq berilgan?
A) o`quvchilarda badiiy adabiyotga mehr uyg`otish
B) o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda erkin ifodalay oluvchilarni tarbiyalash
S) o`quvchilarda badiiy adabiyotga mehr uyg`otish, uni uyg`otishga va taxlil qila olishga o`z fikrlarini yozma va og`zaki shaklda to`g`ri va erkin ifodalay olishga o`rgatish
D) barcha variantlar noto`g`ri
16. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida qanday holatda tire qo`yiladi?
A) Bir paytda sodir bo`ladigan voqea – hodisalar ifodalansa
B) Ketma-ket sodir bo`ladigan voqea – hodisalar ifodalansa
S) O`xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar
D) izohlash munosabati ifodalanganda
17. Qaysi qo`shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangan?
A) Yaxshi o`g`il – el obro`si, yaxshi qiz uy obro`si
B) Qiz juda qiynalib ketdi: qo`llariga tikan kirdi: yuzi va bilaklari tirmalandi
S) Yurt tinch-sen tinch
D) Siddiqjon to`xtadi, orqasidan kimdir ketayotgan edi.
18. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarni aniqlang?
A) Yurgan daryo – o`tirgan bo`yro
B) kim yalqov bo`lsa, uning qo`lida obod yer ham xarob bo`ladi
S) Mashinaning nuqsoni bo`lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog`i yasaladi.
D) Har kimning zari bo`lmasa-da, hunari bo`lsin.
19. Kimning bilagida kuchi bo`lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o`sha zarbdor bo`ladi.
-Mazkur qo`shma gap turini aniqlang.
A) Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap
B) Bir necha bosh gapli murakkab qo`shma gap
S) Aralash murakkab qo`shma gap
D) Qismlari uyushgan murakkab qo`shma gap
20. Qaysi qatordagi so`zlarda tovush o`zgarishlari sodir bo`lgan?
A) Qorni, ovozi,burni
B) Buyruq, tanlov, mening
S) Seni, tog`ga, qishlog`i
D) tilagim, toqqa, bo`yoq
21.Berilgan nutq uslublaridan qaysi biri og`zaki nutqqa xos hisoblanadi?
A) Publitistik uslub
B) Ilmiy uslub
S) So`zlashuv uslubi
D) Badiiy uslub
22.Murakkab qo`shma gap berilgan qatoqni toping.
A) Hosilimiz mo`l bo`lsa, uyimiz donga to`lsa, turmush bo`lar farovon
B) Qor yog`di – don yog`di
S) Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi
D) Kuz keldi, yig`im – terim ishlari boshlandi
23.Biriktiruv va zidlov bog`lovchilari o`rniga qo`llanadigan yuklamalar qatorini aniqlang?
A) –mi,-chi
B) – I, (-yu)da
S) –faqat, -oq
D) – da, -ku
24.Quyidagi gapda ajratib ko`rsatilgan iboraning sinonimi qaysi javobda berilgan?
Ona ko`zi to`rt bo`lib yo`lga qaraydi.
A) Mehr bilan
B) Diqqat bo`lib
S) Intizorlik bilan
D) SHoshib-pishib
25.Egasi yashiringan gap qaysi javoblarda berilgan?
A) Tinchlik urushni yengadi
B) Ko`chatni ko`pincha bahorda ekadilar
S) Issiq ko`lning ko`m – ko`k sahnida oppoq kema paydo bo`ldi
D) Quyosh charaqlab turibdi
26.Abdulla Qodiriy “O`tgan kunlar” romani uchun nechanchi yillarda material yig`ishni boshladi?
A) 1937 yil 31-dekabrdan boshlab
B) 1917-1918-yillar
S) 1914-yil
D) 1938-yil 5-oktabrdan boshlab
27. 1914-yil 18-aprelda “Sadoyi Turkiston” gazetasida Cho`lponning qaysi she`ri bosiladi?
A) “Turkistonli qarindoshlarimizga”
B) “Ko`ngil”
S) “Qalandar ishqi”
D) “Yong`in”
28.V.Shekspir yozgan “Hamlet” tragediyasining asosini nima tashkil etadi?
A) Otasidan eshitgan rivoyat
B) Xalq orasida tarqalgan rivoyat
S) Sakson Gramatikning “Daniya tarixi” dagi qadimgi rivoyat
D) “Globus” teatridagi bir aktyordan eshitgan rivoyat
29.Shukur Xolmirzayevning roman janridagi dastlabki asari qaysi?
A) “Yo`lovchi”
B) “Qil ko`prik”
S)”Ola bo`ji”
D) “So`nggi bekat”
30.Fitratning “yurt qayg`usi” sochmasi yana qanday nomlanadi?
A) “Bir o`zbek yigitining tilidan”
B) “To`ron”
S) “Turkistonli qardoshlarima”
D) “Vatan”
31. Qaysi shoir g`azalining irsoli masal san`atiga asoslangan?
A) Ogahiy
B) Lutfiy
S) Atoiy
D) Navoiy
32.Oq sherda yozilgan asarni ko`rsating?
A) “Nil va Rim” (U.Nosir)
B) “Mirzo Ulug`bek” (Maqsud Shayxzoda)
S) “Jannatga yo`l” (A.Oripov)
D) “Oygul bilan Baxtiyor” (H.Olimjon)
33.Boburning o`g`liga bag`ishlangan asari qaysi?
A) “Boburnoma”
B) “Mubayin az-zakot”
S) “Muxtasar”
D) “Harb ishi”
34.Qaysi davr ilk uyg`onish davri deb nomlanadi?
A) XI asr
B) XV asr
S) IX asr
D) XX asr
35.O`zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy jangnoma asarini ko`rsating?
A) “Saddiy Iskandariy”
B) “Boburnoma”
S) “Shayboniynoma”
D) “Shohnoma”
36.Avtobiografik asarni ko`rsating?
A) “Shum bola”
B) “Mening o`g`rigina bolam”
S) “Ko`hna dunyo”
D) “Uch ildiz”
37.”Chollar” dostonining muallifi kim?
A) Rauf Parfi
B) Oybek
S) Maqsud Shayxzoda
D) Shukrullo
38.Alisher Navoi o`zi tartib bergan ilk devonlari qaysi qatorda to`g`ri berilgan?
A) “Badoe`ul bidoya”, “Navodir un nihoya”
B) “G`aroyib us-sig`ar”, “Xazoyin ul-maoniy”
S) “Navodir ish shabob”, “Navodir un-nihoya”
D) “G`aroyib us-sig`ar”, “Navodir un-nihoya”
7.Boburmirzo Samarqandni qaysi yillarda egallashga muvaffaq bo`lgan?
A) 1498,1500,1512.
B) 1498,15001,1511.
S) 1498,1500,1512,1514.
D) 1498,1499,1511.
39.Qo`shma gapni ko`rsating?
A) Men a`lochiman va jamoatchiman
B) Men o`qib, o`rganib bo`ldim
S) Biz ilg`or va faolmiz
D) Lola va Lobar keldi.
40.Ma`no ko`chishning qaysi turi qo`llangan? Fuzuliyni oldim qo`limga…
A) Metafora
B) Senekdoxa
S) Metonimiya
D) Ramz
41.Kecha o`quvchilar qiziqarli tadbirni chiroyli namoyish qildilar. Nechta so`z birikmasi ishtirok etgan?
A) 4 ta
B) 5 ta
S) 8 ta
D) 3 ta
42.Qaysi gapda tire qo`llaniladi?
A) U ham do`stim
B) Maslahatchim onam
S) Kutubxonada kitob ko`p
D) Bugun havo iliq.
43.Direktor shunday kuldiki, ko`z oynagi siljib ketdi. Qo`shma gapning turini aniqlang?
A) Aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap
B) Hol tobe gapli qo`shma gap
S) To`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap
D) Ega tobe gapli qo`shma gap.
44.Bitishuv bog`lanishli birikmani aniqlang?
A) Maktab hovlisi
B) Kitob o`qimoq
S) Birga kelmoq
D) Xat orqali yetkazmoq
45.Egasiz gapni toping?
A) Iymon – insoniy fazilat
B) Siz kutubxonaga borasizmi?
S) Darsda o`qituvchini tinglash kerak
D) Insho yozildi.
46.Portlovchi va jarangli undoshlar qaysi qatorda to`g`ri keltirilgan?
A) B,D,G
B) B,D,K
S) B,D, Q
D) B,D,T
47.Talaffuzda tovush o`zgarishi ro`y beradigan so`zlar qatorini belgilang?
A) Ishda, misdan, ketdi, kitob.
B) Markaz, marka, kitob, kotib.
S) Tanga, javob, javon, ishonch.
D) Savol, savob, sarpo, sevinch.
48.Yasha, ata, angla, sana so`zlari qanday qoida asosida yozilgan?
A) Marfologik qoida
B) Fonetik qoida
S) Shakliy qoida
D) A va S javoblar to`g`ri
49.Bog`lovchisiz qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Botirlari kanal qazib, shoirlari g`azal yozadi.
B) Tashqarida chaqmoq yaltirab, ham bahor yomg`iri salobatli shovullardi
S) Qo`ning tinch - sen tinch
D) Ikki kara ikki - to`rt.
50.Maktabda adabiyot o`qitishning bosh va asosiy maqsadi qaysi qatorda to`g`ri berilgan?
A) komil shaxsning ma`naviy dunyosini shakllantirish
B) o`quvchilarni kitob o`qishga o`rgatish
S) sog`lom e`tiqodli, o`tkir hissiyotli, yuksak didli, axloqan barkamol, aqlan yetuk kishini tarbiyalash
D) barcha variantlar noto`g`ri
№
|
Javoblar
|
1
|
S
|
11
|
A
|
21
|
S
|
31
|
B
|
41
|
A
|
2
|
A
|
12
|
В
|
22
|
A
|
32
|
B
|
42
|
B
|
3
|
S
|
13
|
S
|
23
|
B
|
33
|
B
|
43
|
B
|
4
|
A
|
14
|
В
|
24
|
S
|
34
|
B
|
44
|
A
|
5
|
S
|
15
|
S
|
25
|
B
|
35
|
S
|
45
|
D
|
6
|
S
|
16
|
S
|
26
|
B
|
36
|
B
|
46
|
A
|
7
|
A
|
17
|
B
|
27
|
A
|
37
|
D
|
47
|
A
|
8
|
A
|
18
|
A
|
28
|
S
|
38
|
A
|
48
|
B
|
9
|
B
|
19
|
А
|
29
|
D
|
39
|
A
|
49
|
S
|
10
|
D
|
20
|
D
|
30
|
A
|
40
|
S
|
50
|
S
|
Do'stlaringiz bilan baham: |