IV. Ichki va tashqi bozorlarda milliy turizm mah�ulotini ilgari surish
27.
|
Quyidagilarni:
tanlovlar o‘tkazish orqali O‘zbekistonning yagona milliy turizm brendini, shuningdek, uning asosida hududlarning turizm brendlarini;
tashqi bozorlarda “O‘zbekiston” turizm brendini ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish va hududlarning turizm brendini ilgari surish bo‘yicha har bir mamlakat uchun alohida marketing ishlari dasturlarini tasdiqlash;
xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va turizm salohiyatini ilgari surish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar va agentliklar, shu jumladan “M&CSAATCNI” agentligi bilan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
|
Tashkiliy-amaliy choralar
|
1-iyulgacha
1-avgustgacha
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
(B. Xakimov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
(F. Sagdullayev),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
TIV (A. Komilov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
28.
|
O‘zbekistonning milliy turizm brendini faol ilgari surish, shu jumladan mashhur xorijiy telekanallar, jurnallar va boshqa OAVda mamlakatimizning turistik jozibadorligini targ‘ib qiluvchi dasturlar namoyishini tashkil etish.
|
Tashkiliy choralar
|
yil davomida
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),
TIV (A. Komilov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
|
29.
|
O‘zbekistonning va hududlarning turizm xaritalarini ishlab chiqish va chop etish, shuningdek, turizm xaritasining elektron shaklini turizm portallarida joylashtirish hamda turli platformalar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydigan mobil ilova ishlab chiqish.
|
Ijrochilar qarori
|
yil davomida
|
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
(A. Abdullayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)
|
30.
|
Har bir soni mamlakatimiz alohida hududining o‘ziga xos xususiyatlari va uning aholisi madaniyati haqida hikoya qiluvchi turli turistik mavzularda O‘zbekiston to‘g‘risidagi almanax chop etishni tashkil qilish.
|
Jurnal chop etish
|
1-martgacha
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
31.
|
Mashhur Internet resurslarida joylashtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modelini yaratish.
|
Tashkiliy choralar
|
yil davomida
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
|
32.
|
OAV, xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan mamlakatimiz tarixi va turizm salohiyati haqida foto va video materiallar tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va respublika hududida foydalanishga ruxsat olishni soddalashtirish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
30-yanvargacha
|
DXX (I. Abdullayev),
IIV(P. Bobojonov),
Mudofaa vazirligi (A. Azizov),
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(T. Uljayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),
“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
33.
|
“Buyuk ipak yo‘li” mamlakatlari bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlar uchun “Silk visa” yagona turistik vizasi tizimini joriy qilish masalasini o‘rganib chiqish.
|
Tashkiliy choralar
|
1-iyulgacha
|
TIV (A.Komilov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
IIV (P. Bobojonov),
DXX (I. Abdullayev),
Davlat pers�nallashtirish markazi (N.Nazarov)
|
34.
|
Xorijiy fuqarolarga uzoq muddatli viza olish imkonini beruvchi “Uzbekistan — my second home” (“O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim”) dasturini joriy qilish masalasini o‘rganib chiqish.
|
Tashkiliy choralar
|
1-iyulgacha
|
TIV (A. Komilov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
IIV (P. Bobojonov),
DXX (I. Abdullayev),
Davlat personallashtirish markazi
(N. Nazarov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(S. Bekenov)
|
|