O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Xostel egasi va vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari



Download 311,81 Kb.
bet47/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
Bog'liq
14-savol

4-bob. Xostel egasi va vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari

31. Xostel egasi quyidagi huquqlarga ega:

turar joy binosini o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining turar-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan me’yorlar doirasida tasarruf etish;

turizm sohasining subyektlariga berilgan imtiyozlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish.

Xostel egasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

32. Vakolatli davlat organi xostellar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish, ular tomonidan mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida:

xostellar faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan holatlar aniqlangan taqdirda xostel manziliga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirish yuborish huquqiga ega.

Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

33. Xostellar egalari:

mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan talablarga mos mehmonxona xizmatlari va vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatishi;

faoliyatini qat’iy ravishda mazkur Nizom, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar va turizm sohasidagi boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirishi;

sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashi;

vakolatli davlat organi ko‘rsatmalarida belgilangan chora-tadbirlarga rioya etilishini ta’minlashi;

Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarganligi, shuningdek, o‘z faoliyatini tugatganligi to‘g‘risida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishlari shart.

Xostel egalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

34. Vakolatli davlat organi:

mehmonxona xizmatlari va vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi bilan tanishtirish uchun, shuningdek, rejali asosda xodimlarining joylashtirish vositalari bilimi va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishi;

xostellarning samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish va ta’minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatishi;

manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda xostel egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirishi;

xostel egalarini turizm sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida xabardor qilib borish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xostellar bilan o‘zaro munosabatlar sohasiga keng joriy etish borishi lozim.

Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish