1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun grantlar ajratish, tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida “karaoke” zallari va turistik ko‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarini qoplash, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
grant — Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq va qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlariga beriladigan pul mablag‘lari;
Do'stlaringiz bilan baham: |