Jahondagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi muloqotni raqamli tizimga o‘tkazish, kommunikativ muloqotni kamaytirish shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida “Raqamli taomnoma” loyihasini amalga oshirish.
Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish:
taomnomadagi taomlarning tayyorlanish jarayonining videoroligi mavjudligi;
taomlarning tarixi va madaniyatimizdagi roli to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
elektron to‘lov tizimi, shu jumladan xalqaro kartalar orqali to‘lash imkoniyati mavjudligi;
xizmat sifatini baholash va izoh qoldirish imkoniyati mavjudligi;
taomnomani mijoz tomonidan foydalanilgandan so‘ng sanitariya talablari asosida zararsizlantirish choralarini ko‘rish.
|