O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish



Download 311,81 Kb.
bet89/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179
Bog'liq
14-savol

2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish

4. Mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik subyektlari har yili 1-avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) hududiy bo‘linmalariga taqdim etadi.

Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1-avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qo‘mitagataqdim etadi.

Nomzod bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-ma’lumotnomasi, so‘nggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi.

5. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari tomonidan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20-avgustga qadar Qo‘mitaga taqdim etiladi.

Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari mazkur Nizomning 4-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra ham nomzodlar to‘g‘risida har yili 20-avgustga qadar Qo‘mitaga taklif kiritishi mumkin.

6. Qo‘mita raisi tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.

7. Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 15-sentabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:

xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va keng auditoriya o‘rtasida mamlakatimiz turizm salohiyatini targ‘ib etishdagi faolligi;

zamonaviy turizm mahsulotlari va innovatsion yechimga ega xizmatlarni yaratish bo‘yicha samarali faoliyatni amalga oshirganligi;

O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi samarali faoliyati;

yetakchi xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng ommaga yetkazishga qaratilgan materiallar soni va ommalashganligi;

turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etganligi;

turizmning alohida turlarini rivojlantirish va turizm yo‘nalishlari jozibadorligini oshirishdagi faolligi;

turistlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha sa’yi harakatlari;

turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyati;

turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirganligi;

madaniy meros obyektlarini saqlash, rivojlantirish va targ‘ib qilishda faol ishtirok etganligi;

turizm va servis sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda ko‘p yillik tajribaga egaligi, ustoz-shogird an’analarini joriy etganligi, mahalliy va xalqaro xalqaro grant loyihalarida faol qatnashganligi;

turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan taklif, yangilik va ishlanmalarining dolzarbligi va amaliyotga joriy etilganligi;

turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish borasidagi samarali faoliyati;

turizm infratuzilmasi obyektlarida sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash ishlariga katta hissa qo‘shganligi;

turizm va unga yondosh sohalarda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borib, samarali davlat-xususiy sektor sherikligi loyihalarini amalga oshirganligi;

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda davlat organlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi hissasi;

turizm sohasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha samarali faoliyati va boshqalar.

8. Qo‘mita raisi o‘z tashabbusi bilan ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish