- Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi.
- Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
- Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi
- Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Ulug‘bek“, „Umid“, Respublika bolalar fondi, „Kamolot“, „Sog‘lom avlod uchun“, „Iste’dod“ jamg‘armalari tashkil etildi.
- O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, Tinchlik Korpusi (AQSH), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |