35. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.
CHorak asrlik mustakil tarakkiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xdyotini yaxshilash, uning kulay turmush sharoitlarini yaratish maksadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda axolini ijtimoii ximoya kilish, uning sogligini kafolatlash yunalishida jaxon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi. Ayni vaktda zamon talabi, mamlakatimiz bosib utgan tarakkiyot yo‘lining chukur taxlili, axolini ijtimoii ximoyalash va soglikni saklash tizimini takomillashtirish uchun mutlako yangicha yondashuv xamda tamoyillarni ishlab chikish va amalga oshirishni takozo etmoqda. Olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya kilish xamda xayotning barcha soxalarini liberallashtirish buyicha ustuvor yunalishlarni amalga oshirish maksadida ishlab chikilgan Harakatlar strategiyasida Axolini ijtimoiy ximoya kilish va soglikni saklash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yunalishlardan biri sifatida belgilandi.Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanligini aholi o‘rtasida keng tashviqot-targ‘ibot qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada, 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi 2107-sonli Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1652-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish, hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi, shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |