O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish



Download 23,66 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi23,66 Kb.
#331680
1   2   3
Bog'liq
Inomov Yunusbek maqola - raqamli iqtisodiyot

Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy faoliyat bo‘lib, u insonlar uchun qulayliklarni ta’minlagan holda mahsulot va xizmatlarni yaratuvchi virtual muhit hisoblanib, raqamli texnologiyalardan foydalaniladi va har kuni onlayn tarzda odamlar, bizneslar, qurilmalar, ma’lumotlar va jarayonlar orasidagi millionlab bog‘lanishlarni amalga oshiruvchi tizimdir.

Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining bir qator o‘ziga xos qulayliklari(afzalliklari) mavjud. Quyida ularning asosiylari ko‘rsatilib o‘tilgan:



  • to‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘l xarajatlari, vaqt va boshqa resurslar tejaladi);

  • tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumotlar olinadi;

  • raqamli dunyoda tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta;

  • Fidbek (iste’molchilar fikri)ni tez olish hisobiga Tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi;

  • tezroq, sifatliroq, qulayroq tamoyillari asosida ish olib boriladi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:

 raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;

 kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

 raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada “Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;

 aholining keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib qilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida o‘quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

 raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi, faoliyati, venchur fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish;

 raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o‘zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;



 raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion ishlanmalar bo‘yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.
Raqamli iqtisodiyotning YaIM dagi ulushi AQShda 10,9 %, Xitoyda 10 %, Hindistonda 5,5 % ni tashkil qilsa, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 2 % ni tashkil qiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda juda past hisoblanadi. O‘zbekistonda YaIMning tarmoq tuzilishiga e’tibor qaratilsa, unda quyidagi holat o‘z aksini topadi
2017-2019 yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YaIM tarkibi




2018 - yil

2019 - yil

2020 - yil

I. YaIM ̶jami


Download 23,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish