Prokuratura organlari qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yo'nalishlari to'g'risida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya eti-lishini ta'minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan, tegishliligiga qarab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentini, Oliy Majlisni, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, O'zbekiston hukumatini, xalq deputatlarining mahalliy Kengashlarini, hokimlarni xabardor etadilar. Qonuniylik tamoyili deganda nafaqat prokuratura idoralarining boshqa davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishini, balki barcha prokurorlar va ular itoatidagi xodimlarning o'z faoliyatida qonun talablariga qat'iy amal qilishlarini ham tushunmoq lozim. - Prokuratura organlari qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yo'nalishlari to'g'risida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya eti-lishini ta'minlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan, tegishliligiga qarab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentini, Oliy Majlisni, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, O'zbekiston hukumatini, xalq deputatlarining mahalliy Kengashlarini, hokimlarni xabardor etadilar. Qonuniylik tamoyili deganda nafaqat prokuratura idoralarining boshqa davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishini, balki barcha prokurorlar va ular itoatidagi xodimlarning o'z faoliyatida qonun talablariga qat'iy amal qilishlarini ham tushunmoq lozim.
- Prokuratura organlari fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish to'g'risidagi, shuningdek, davlat siri hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada ish ko'radilar.
- Prokurorning qonunda ko'rsatilgan vakolatlarini bajarish yuzasidan qo'ygan talablarini bajarish barcha idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Prokuror talablarini to'la bajarishning majburiyligi va Prokurorning o'z vazifalarini monelik-siz amalga oshirishi qonun bilan kafolatlangan.
- Prokuratura organlari qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatida jamoatchilik bilan hamkorlikda harakat qiladi. Prokuratura organlari o'z faoliyatida oshkoralikni ta'minlash maqsadida:
Do'stlaringiz bilan baham: |