3. Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” va “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha tizimli o‘rgatish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish va o‘rgatilishini tashkil qilish.
Maxsus o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha o‘quvchi va talabalar orasida sinovlar tashkil qilish.
2. Bolalar va o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani va inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va chop etish.
Oldingi tahrirga qarang. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga bolalar huquq va majburiyatlariga doir mashg‘ulotlarni joriy etish. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining huquq asoslari va bola huquqlari bo‘yicha bepul malakasini oshirish hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun turli innovatsion loyihalarni yaratish choralarini ko‘rish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatish bo‘yicha namunaviy qo‘llanma yaratish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) 5. Yangi avlod huquqiy darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari tizimini yaratish. Bunda umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun huquqiy bilimlarni sodda va ko‘rgazmali o‘rgatishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalarini, shuningdek, ta’lim muassasalari uchun huquq fanlari bo‘yicha o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tayyorlash choralarini ko‘rish.
6. Yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan “Street law” (Ko‘cha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish bo‘yicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar (volonter) guruhini shakllantirish;
“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik ta’minlash choralarini ishlab chiqish;
ko‘ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg‘ulotlar olib borish metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang. ko‘ngillilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son) 7. Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish:
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish.
8. Yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o‘tkazish.
9. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o‘ta salbiy illat ekanligini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.
10. Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali targ‘ibot bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:
flayerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir ta’lim muassasasiga yetkazish (har chorakda);
ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallarini bolalar va yoshlar e’tiboriga yetkazish.
11. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoshlarni o‘z huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq bilimdonlari” yoshlar huquqiy klublarini tashkil etish, keyinchalik ularning ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
12. Umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida huquq fanidan olimpiadalar o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash.
13. Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta’lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo‘llash.
14. Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
15. Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash.
16. Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.
17. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.
“Street law” loyihasi amalga oshirilishini metodik ta’minlash choralarini ishlab chiqish;
Kompleks chora-tadbirlar
2019-yil
iyul
ko‘ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg‘ulotlar olib borish metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
ko‘ngillilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazish.
2019-yil
oktyabr
21.
Ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o‘tkazish:
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq — bu to‘g‘rilikdir” mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” ko‘rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
sentyabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)
22.
Ijrochilarning qo‘shma qarori
2019-yil
mart
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
Amalga oshirish
2019-yil
dekabr
23.
Ijrochilarning qo‘shma qarori
2019-yil fevral
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov)
24.
Ko‘rgazmali tarqatma materiallar
2019-yil
dekabr
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)
25.
Kompleks chora- tadbirlar
2019-yil
avgust
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar
26.
Ijrochilarning qo‘shma qarori
2019-yil avgust
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat test markazi (M. Karimov)
27.
Ijrochilarning qo‘shma qarori
2019-yil avgust
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
28.
Chora-tadbirlar rejalari
2019-yil
may
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
29.
Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilishga doir aniq rejalar asosida “ochiq darslar” va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ta’minlash.
Ochiq darslar, o‘quv mashg‘ulotlari
2019-yil
martdan boshlab
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)
30.
Diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlash.
Videoroliklar
2019-yil
aprel
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)
31.
Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o‘tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida “Eng tartibli yosh haydovchi” loyihasini tashkil etish.
Ijrochilarning qo‘shma qarori
2019-yil
aprel
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)
Biroq, qonunni insonning ichki munosabati sifatida hurmat qilish, uning ruhi va xatiga nisbatan ratsional-emotsional munosabat qonunning shaxs uchun tan olinishi (adolatning ijobiy ma'nosi) asosida shakllanadi. Va bunday shakllanish, xususan, huquqiy ta'lim jarayoni va natijasidir.