2.2. Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi
«O‘zstandart Agentligi» qoshida tashkil etilgan «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi»ga o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘tkazish, o‘lchov vositalari, o‘lchov tizimlari va majmualarning metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, shartnomalar loyihasini rasmiylashtirish, xorijda ishlab chiqarilayotgan o‘lchov vositalari turini tan olish yuzasidan hujjatlarning metrologik ekspertizasini o‘tkazish va boshqa xizmat turlarini olib borish yuklatilgan.
Markazning qiyoslash laboratoriyalari 2319 ta namunaviy o‘lchash vositalari va yuqori aniqlikdagi qiyoslash uskunalariga ega.
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi tarkibidagi bo‘limlar quyiadagi sxemada ko‘rsatilgan (2.2 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |