Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo’yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o’z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to’g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko’tarish mashinalari (ko’tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo’qotish, sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o’chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi enyergetika va elektrlashtirish Davlat aksionyerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatasiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi.
I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radilar.
II pog’ona – har hafta sex boshlig’i katta jamoatchig’nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radi.
III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo’yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Mehnat muhofazasi xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasbiy kasalliklarni ahvoli va sabablarini tahlil etish, tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklarni oldini olish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishi haqida maslahatlar beradi;
2. korxona bo’linmalari ish joylaridagi sanitar texnik holatni portlashni amalga oshirish bo’yicha ishlarni tashkil etadi;
3. korxonaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda mehnat sharoitini, mehnat muhofazasini yaxshilashning kompleks rejasini, tuzadi, ko’rib chiqadi sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi.
4. saqlash qurilmalarini va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoyalovchi boshqa vositalarini konstruksiyalarini qayta ishlash va joriy etish bo’yicha korxona rahbariyatiga takliflarini kiritadi;
5. mehnat muhofazasi bo’yicha ilmiy ishlanmalar va mehnat xavfsizligi standartlarini amalga kiritish ishlarida ishtirok etadi;
6. korxonani tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda va kasaba qo’mita faollari ishtirokida binolar, inshootlar, uskunalarining texnik holatini tekshiradi (yoki tekshirishda qatnashadi), shamollatish sistemalari ishi samaradorligini sanitar-texnik qurilmalar va sanitar maishiy xonalar holatni tekshiradi;
7. maxsus kiyimlar, maxsus uskunalar va boshqa shaxsiy himoya vositalari hamda mehnat muhofazasi bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur materiallar va uskunalarga o’z vaqtida to’g’ri buyurtmalar tuzilishini nazorat qiladi;
8. korxona bo’linmalariga ishlab chiqarishda atrof muhit holatini nazorat qilish bo’yicha yordam ishlarini tashkil etadi;
9. ishlab chiqarishga mo’ljallangan ob’ektlarni, uskuna va mashinalarni rekonstruksiyadan so’ng qabul qilish ishlarida ishtirok etadi, sog’lom mehnat sharoitini taminlash bo’yicha talablarni bajarilishini tekshiradi;
10. kirish yo’riqnomasini o’tkazadi va mavjud me’yoriy hujjatlar va mehnat muhofazasi masalalari bo’yicha ishlovchilarni o’qitishni tashkillashtirishga yordam beradi;
11. attestasiya komissiyasi va mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari texnika xavfsizligi yo’riqnomalari bo’yicha mutaxassislarni bilimini tekshirish komissiyasida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |