125
4. Tarjimayi holi kerak bo‘lgan shaxsning ruxsati bilan kimdir
yozishi talab
etiladi.
5. Ma’lumotlar aniq sanalar bilan beriladi.
6. Ota-ona haqida to‘liq ma’lumot berish qat’iyan man qilinadi.
7. Barcha raqamlar arab raqamlari bilan ifodalanadi.
8. Tarjimayi hol mufassal va muxtasar yozilishi mumkin.
9. Muallif tomonidan mustaqil ravishda tuziladigan hujjat turi.
3-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalaridan tavsiyanoma matnini hosil qiling.
O‘zFA Til
va adabiyot institutida, Hakim Shamsiddinovni, yaqindan
taniyman, 1984-yildan boshlab, birga
ishlaymiz, 1974-yildan beri. Bu davr
ichida, atamashunoslik
sohasida, yetuk mutaxassis
sifatida tanildi, filologiya
fanlari nomzodi bo‘ldi. Dissertatsiya ishi, bir
qancha maqolalari, ilmiy
puxtaligi bilan, ajralib turadi. H. Shamsiddinov, intizomli va qat’iyatli.
_________________________________________________________________

Tarjimayi holda barcha ma’lumotlar davriy ketma-ketlikda
beriladi, hamma raqamlar arab raqamlarida berilishi talab etiladi,
matnni bayon qilish shakli hikoya usulida bo’lib, birinchi shaxs tilidan
berilishi kerak. Ma’lumotlar aniq sanalar bilan keltirilishi kerak.
Tarjimayi hol yozayotgan shaxsning ixtiyoriga qarab mufassal yoki
muxtasar tarzda ota-ona haqida ham ma’lumot berishi mumkin.
Tarjimayi hol mustaqil ravishda muallif tomonidan tuziladigan hujjat,
uni muallifning o‘zi yozishi kerak.
Ma’lumot-axborot hujjatlari:
tilxat, e’lon, hisobot
127
1-topshiriq. Ushbu vaziyat yuzasidan berilgan qolip asosida tilxat matnini
tuzing.
Fuqaro Salimov Javohir Nig‘matullayevich qo‘shnisi fuqaro Komilov
Husayn Jabborovichdan 1000000 (bir million) so‘m miqdorida qarz olgan.
Fuqaro Salimov Javohir Nig‘matullayevich ushbu qarzni 2017-yil 21-sentabr
kuni olgan va muddati 2019-yil 5-dekabr sanasida berishga kelishilgan edi.
Tilxat
Men,____________________________________________________ qo‘shnim
_________________________________________ dan _________________da
__________________________ so‘m qarz oldim.
Men olgan qarzimni _______________________ da qaytarib beraman.
2-topshiriq. Quyida berilgan e’lon namunalarini mazmuniga ko‘ra
farqlang.
A
E’LON
Shu yil 12-iyul kuni soat 15.00 da O‘zR FA Til va adabiyot institutining majlislar
zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘ladi.
Kun tartibi:
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.
2. Taftish komissiyasining hisoboti.
3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
B
Diqqat! Diqqat! Diqqat!
Hazil-mutoyiba, kulgi, sho‘x qo‘shiq va raqs muxlislarini yangi yil kechasiga
taklif qilamiz. Uchrashuv joyi-majlislar zali 28-dekabr soat 17:00 da. Samimiy
tabassumsiz zalga kirish mumkin emas.
ToshDO‘TAU talabalari
Do'stlaringiz bilan baham: