O‘z
navbatida, savol tug‘iladi, xulosa o‘rnida
shuni aytish mumkinki,
nega deganda, avvalo, shuni ta’kidlash
joizki
Tabiat insoniyatning bir bo‘lagi bo‘la oladimi?
(Tog‘ay Murod asarlari asosida)
Tabiatni onaga qiyoslaymiz. ………..…………., murg‘ak jon
ona vujudida yaralgandan boshlab, tashqi olamning nodirliklarini o‘ziga
singdira boshlaydi. Bizni inson sifatida shakllantiruvchi omillarni
o‘rganamiz-u, o‘sha onaga qiyoslaganimiz – tabiatning bir bo‘lagi
ekanligimizni mas’uliyat bilan his etishga, chuqurroq o‘ylashga ko‘pincha
e’tibor bermaymiz.
………..………….., tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik,
nazokatlilik kabi tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Bu – insonda ikki ko‘rinishda:
tabiatga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni
ham o'rganadi. Natijada, o‘zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo‘lish
imkonini bergan «narsa»ni, ya’ni insonga xos madaniyat hislarini topishga
intiladi. Demak, insoniy tuyg‘ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq
oladi.
…………….……. Inson nega dunyoga keladi? Inson nega dunyodan
ketadi? Uning turg‘un manzili qayer? Ona yermi, Olloh huzurimi yoki
tiriklar qalbimi? Tog‘ay Murodning so‘nggi manzili Ona yer, Olloh huzuri
hamda tiriklar qalbi bo‘ldi.
……........……….., o‘ziga xos go‘zal ko‘ngil, samimiy mehr,
insonsevarlik, jonivorparvarlik Tog‘ay Murod ijodida yorqin ko‘zga
tashlanib, kishi qalbini zabt etadi, tuyg‘ularini sel qiladi. ...…….....…, u
odamiylikdan saboq beradi. Men uning «Ot kishnagan oqshom» qissasini
o‘qib chiqdim. Otga munosabat insonga qadrdon bir jihat. Ming
yillardan buyon buyuk ko‘chish-u har xil zafarli-zafarsiz yurishlari,
umuman, tirikchiligi otsiz o‘tmagan turkiylar, o‘zidan olislashib
borayotgan do‘sti-hamkorini o‘ylaganda, otga mehribonlik bilan
yondashib keladi. Shu jihatdan Tog‘ay Murodning bu mavzuga murojaati
tasodif ham emas, yangilik ham deb bo‘lmaydi: o‘ziga xosligi esa shu
mavzudagi asarlar misolida ko‘rinadi.
Biz nega Boychiborni ming yillardan buyon jigarimizni sevgandek
sevib kelamiz? Axir u emasmi, Alpomishni qalmoqlar chohidan olib
chiqqan? Tog‘ay Murod o‘sha qadimiy birodarlikni Bo‘ztarlon timsolida
yana bittaga ko‘paytirdi. Go‘yo to‘rt-besh ming yil keyin Tarlon
85
86
Boychiborning avlodi bo‘lib, Alpomishning avlodi Ziyodulla
chavandozga ko‘makka keladi.
…………………….…., har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo
bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni
tushunishdan, uning go‘zalliklarini Tog‘ay Murodga xos anglashdan,
tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. Texnik taraqqiyotning
yutuqlaridan qanchalik sarmast bo‘lmaylik, ona tabiatning mo‘jizalaridan
tuyadigan zavq-u shavqning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.
10-topshiriq. Power point dasturida taqdimot yaratish jarayoni rasmlar
asosida tushuntirilgan. Shu jarayonni izohli matn ko‘rinishida, tushuntirib
bering.
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
_________________________________
Matnda: “menimcha, mening fikrimcha, birinchidan,
ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa men shunday xulosaga
keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda” kabi kirish
so‘z va birikmalardan foydalanish fikrlarni ifodalashda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: