O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish


-sabab. Amaldagi lotin alifbosi ko‘p noqulayliklarga ega



Download 77,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi77,44 Kb.
#919075
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

1-sabab. Amaldagi lotin alifbosi ko‘p noqulayliklarga ega.
Birinchi noqulaylik o‘ va g‘ harflari bilan bog‘liq. Bu harflarni klaviaturada 
alohida tugmachalarga bog‘lab qo‘yishning iloji yo‘q. Qolaversa, 

(ko‘chish) belgisi 
tutuq belgisi 

bilan shaklan o‘xshash. Ularni ifodalash uchun biz klaviaturadagi bir 
necha (birvarakayiga 5 ta!) tugmalar kombinatsiyasidan foydalanamiz yoki matnni terib 
bo‘lgach, o‘ va g‘ harflarini “avtozamena” funksiyasi orqali umumiy almashtiramiz. Bu 
— masalaning texnik jihati. Amalda esa, masalan, “to‘g‘ri” so‘zidagi ikki qo‘shimcha 
belgidan birining tushib qolishi ko‘p uchraydi (yo “to‘gri”, yo “tog‘ri”), hatto savodli 
yozilgan matnlarda ham. Bu harflar matn terishda noqulaylik tug‘diradi. 
Ikkinchi noqulaylik sh va ch harflari bilan bog‘liq: bu harflar ingliz yoki boshqa 
tillar uchun qulaydir (chunki ularda aksar so‘zlar qisqa, sh, ch harflarining bir so‘zda 
ikki marta ishlatilishi yoki o‘zakka shu harflar ishtirokida qo‘shimcha qo‘shilishi 
uchramaydi), ammo o‘zbek tilida bu harflar noqulaylik keltirib chiqarmoqda. Shu 
undoshlar bir necha marta ishtirok etgan qashshoq, cho‘chish, shishish, pashsha, ishchi, 
uchrashish kabi so‘zlar yozishga ham, o‘qishga ham noqulay. Shu sababli ijtimoiy 
tarmoqlarning ko‘pchilik foydalanuvchilari harflarni allaqachon w, 6, 4 kabilar bilan 
almashtirib olishgan. Qatordan qatorga ko‘chirganda esa kompyuter ikki belgini bir-
biridan ajratib yuboradi. Bu qo‘sh harflarning alifboga kiritilishi (e'tibor bering, ingliz 
alfavitida ular yo‘q, harf birikmalari sifatida alohida o‘rgatiladi) va alifbomizda yo‘q “s” 
harfi ishtirokida qo‘sh harfning yasalishi (ch) esa mantiqsizlikdan o‘zga narsa emas. 
Uchinchi noqulaylik — “ts” tovushining hozirgi lotin alifbosida alohida harf bilan 
berilmagani. Biz “ts”ni o‘rniga qarab “ts” yoki “s” bilan ifodalaymiz. To‘g‘ri, “ts” 
turkiy tillar uchun yot tovush. Ammo til taraqqiyoti natijasida bu tovush ishtirokidagi 
internatsional so‘zlar, terminlardan keng foydalanayapmiz. Ko‘pchilik “ts”ni hamma 
o‘rinda “s” deb talaffuz etish va yozishni taklif qilayapti. Lekin shunday atamalar borki, 
“s” bilan yozilganda, omonim bo‘lib qoladi: sanga – sanga, seriy – seriy, sokol – sokol 
va hokazo. Bu aynan shunday matnlarni ko‘p yozadigan mutaxassislar, abituriyentlar va 
talabalar tomonidan ma’qullanmayapti. 
To‘rtinchi noqulaylik “ye”, “yo”, “yu”, “ya” kabi “yo”lashgan unlilar imlosi bilan 
bog‘liq. Shu paytgacha, masalan, qachon “yu” va qachon “u” yozilishi bu harflarning 
kelgan o‘rni va bajaradigan vazifasiga bog‘liq deb kelingan (Rahmatullayev Sh. O‘zbek 
tilining yangi alifbosi va imlosi. – Toshkent: Universitet, 1999). Lekin bu qarash ushbu 
harf birikmalarining imlosini murakkablashtirib yubordi. Natijada hatto imlo 
lug‘atlarida ham variativlik ko‘payib ketdi: sentabr – sentyabr, budjet – byudjet, rejissor 
– rejissyor. 
2-sabab. Kirill alifbosi cheklanmagan, u hamma joyda lotincha bilan teng 
ishlatilishi mumkin. Demak, undan voz kechmasa ham bo‘laveradi. Shunday ekan, kim 
boshini qotirib yangi alifboni o‘rganadi, unda o‘qish va yozishga o‘tadi? 

Download 77,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish