Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5924-sonli Farmoniga muvofiq Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilarni oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) imtiyozli oʻqishga qabul qilish boʻyicha imtiyozga ega sportchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, gʻolib va sovrindor sportchi-oʻquvchilarning hujjatlari joriy yil 25-apreldan 15-mayga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida masofaviy elektron shaklda qabul qilinadi. Shuningdek, gʻolib va sovrindorlarning hujjatlarini koʻrib chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tashkil etilgan boʻlib, gʻolib va sovrindor sportchi-oʻquvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar joriy yilning 20-mayiga qadar Maxsus komissiyaga elektron shaklda taqdim etiladi.
Gʻolib va sovrindor sportchi-oʻquvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, joriy yilning 15-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Respublika va xalqaro sport musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati quyidagicha:
1. Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlarining imtiyozga ega sportchiga 2020/2021 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasiga kirish boʻyicha tavsiyanoma;
2. Imtiyozga ega sportchining Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga 2020/2021 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasiga kirish toʻgʻrisida yozgan arizasi (zaxira sifatida qoʻshimcha yana 2 ta oliy taʼlim muassasasi (tibbiyot va harbiy oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) hamda oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishi, shifri, taʼlim shakli va tili aniq koʻrsatilishi shart);
3. Musobaqa diplomi;
4. Musobaqa buyrugʻi nusxasi;
5. Musobaqa nizomi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga toʻgʻri);
6. Musobaqa bayonnomasi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga toʻgʻri);
7. Imtiyozga ega sportchining pasporti nusxasi;
8. Imtiyozga ega sportchining reyting daftarchasi nusxasi;
9. Imtiyozga ega sportchi tamomlayotgan taʼlim muassasasidan maʼlumotnoma;
10. 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
11. Viloyat musobaqasi bayonnomasi nusxasi (Respublika musobaqalarida ishtirok etganlar uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |