O’zbekiston respublikasida inson huquqlariga rioya etish usmanov Doniyor Farxod o’gli


TADQIQOT MATERIALLARI TAHLILI VA NATIJALARI



Download 37,41 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2022
Hajmi37,41 Kb.
#678792
1   2   3
Bog'liq
Usmanov maq.Konferensiya XH

TADQIQOT MATERIALLARI TAHLILI VA NATIJALARI
O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan eng asosiy tamoyillar o’rnatilgan. Jumladan, Konstitutsiyaning muqaddimasida O’zbekiston xalqining inson huquqlari go’yalariga sodiqligi hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarini tan olishi o’z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning “ Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari” deb nomlangan ikkinchi bo’limida belgilangan normalar deklaratsiyaning mazmuniga to’la mos keladi. Xususan, Inson huquqlari va umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasiga muvofiq, “har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’iy nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinlikka ega bо‘lishi zarur” . O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida deklaratsiya talablariga mos keladigan fuqarolarning teng huquqligi qoidalari o’rnatilgan. Shuningdek, deklaratsiyaning 3-moddasida keltirilgan yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari Konstitutsiyaning 24-moddasida o’z aksini topgan. Ya’ni, qonunchilikda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarning himoya qilishini ta’minlaydigan tizim mavjud. Ushbu huquqlarni alohida turlarga ajratgan holda , inson huquqlariga oid asosiy holatlarni tahlil qilamiz.
Inson huquqlari va umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida insonlarning mehnat qilishga oid asosiy huquq va erkinliklari ifodalangan. Konstitutsiyaning 37-39-moddalari ushbu huquqlarni himoya qilishga qaratilgan. Inson huquqlari sohasida shaxslarning mehnat qilish huquqlari muhim ahamiyatga ega. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida xodimlarning va ish beruvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan qabul qilingan konvensiyalarni ratifikatsiya qilish hamda qonunchilikka implementatsiya qilish orqali sezilarli darajada mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasi bugungi kunga qadar Xalqaro Mehnat Tashkilotining 19 ta konvensiyasi hamda 1 ta protokolini ratifikatsiya qilgan. 18-konvensiya Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiya (Promotional Framework for Occupational Safety and Health Convention) 2022-yil 14-sentabrdan kuchga kiradi. 19- Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli Konvensiya (Safety and Health in Construction Convention) esa 2022 yil 7 fevral kuni ratifikatsiya qilingan 4. Ushbu konvensiyalardagi majburiyatlardan kelib chiqib, bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, “Elektron mehnat daftarchalari” tizimi ishga tushirildi 5 , mehnat va bandlikka ko’maklashish vazirligining Jamoat ishlari fondi tashkil etildi. Aholining doimiy bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil etish uchun subsidiya va grantlar ajratish tartibi joriy etildi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining zamonaviy talablari va tavsiyalariga javob beradigan yangi Mehnat Kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik yoki doimiy yashash huquqiga ega bo’lmagan yoki yashsash joyida ro’yxatdan o’tmagan fuqarolarni ishga qabul qilish tartibi bekor qilindi , ilk bor xizmat tekshiruvi belgilandi, ya'ni ish beruvchi tomonidan e'tiroz bildirilsa, buyruq bilan xizmat tekshiruvi o'tkaziladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ta’kidlaganidek:"O'zingizga ma'lum oldinlari ishga kirish uchun bir nechta idoralardan hujjatlar so'ralar edi, endi bunday bo'lmaydi, ortiqcha qog'ozbozlik yo'q bo'ldi!". “Xususiy bandlik agentliklari tog’risida”gi qonunning qabul qilinishi ish izlovchilarga mehnat bozorida o’z huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini oshirdi. Bundan tashqari, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi tashkil etildi. Majburiy mehnat shakllaridan kattalar va bolalar huquqlarini himoya qilishda sezilarli darajada rivojlanishga erishdi. Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qaroriga ko’ra, fuqarolarni, jumladan ta’lim, sog’liqni saqlash , budjet tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ta’lim muassasalari talabalari va o’qituvchilarini majburiy mehnat jalb qilishning barcha turlari cheklangan. XMT tomonidan taqdim etilgan paxta yig’im-terim kompaniyasi monitoring yakunlari xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, mehnat ma’muriy majburlash uchun jarima 10 barovar oshirilib, jinoyat kodeksiga ikkita yangi modda kiritildi. Natijada, AQSH Mehnat vazirligi 2018-yilda Bolalar mehnatining eng yomon shakli bo’yicha yillik hisobotida o’zbek paxtasini “bolalar mehnati yoki majburiy mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ro’yxati”dan chiqarib tashladi.6 Shunga qaramay, mehnat bozorlarida keskinlik saqlanib qolmoqda, yoshlar, ayollar, kam ta’minlagan oilalar a’zolarining ish bilan ta’minlash, tashqi mehnat migratsiyasi , odam savdosi masalalari hal etilmayapti. O’zbekiston qonunchiligida tashqi va ichki mehnat migratsiyasini tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari yetarli emas. Shu bilan birga, odam savdosiga qarshi kurash sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Statistikaga ko’ra, odam savdosi jabrdiydalari deb aniqlanganlar soni 2016-yilda 717ta, 20170yilda 432 ta, 2018-yilda 207, 2019-yilda esa 109 tani tashkil etgan. AQSH Davlat departamentining odam savdosi holati to’g’risidagi yillika hisobotida O’zbekiston 2017-yili 3-toifali mamlakatdan 2-toifali mamlakatlar darajasiga ko’tarildi.7
Inson huquqlari va umumjahon deklaratsiyasi 18-moddasida: Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o’z dini yoki e’tiqodiga yakka o’zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o’z ichiga oladi. Vijdon erkinligi kafolatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda o’z aksini topgan. O’zbekistonda turli konfessiyalar va etnik guruhlar ko’p asrdan beri yashab kelmoqda. Bunday vaziyatda davlat tomonidan olib borilishi kerak bo’lgan vijdon erkinligi va diniy bag’rikenglik siyosati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sababi, ushbu huquqlar fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bo’lib, inson huquqlarining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi farmoni bilan “Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontsepsiyasi” qabul qilindi.8 Ushbu kontsepsiya O’zbekistonning birligi va yaxlitligini mustahkamlash, uning hududida yashovchi millat va elatlarning etnik-madaniy o’ziga xosligini saqlash, millatlararo bag’rikenglik va totuvlikni ta’minlash kabi go’yalarni o’z ichiga olgan edi. Fuqarolarni kamsitish hamda ularning e’tiqodlarini hurmat qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 145-moddasida vijdon erkinligini buzganlik uchun jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan mahrum qilish kabi jazo choralari o’rnatildi. Shuningdek , O’zbekiston qonunchiligidagi bir nechta o’zgarishlar tufayli, 2018-yil 11-dekabr kuni AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning qarori bilan diniy erkinliklar buzilayotgan mamlakatlar ro’yxatidan O’zbekiston rasman chiqarildi.9 Xalqaro hamjiyatda inson huquqlari sohasidagi ushbu ijobiy o’zgarishlarda quyidagi islohotlarning ahamiyati katta :
1) “Ekstremizimga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun
2) “Diniy tashkilotlarni ro’yxatga olish, qayta ro’yxatdan o’tkazish va faoliyatini tugatish tartibi “ to’g’risidagi nizom
3) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri
4) diniy tashkilotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun davlat bojining 5 barovarga qisqartirilishi
5) diniy tashkilotlarni tugatish vakolatining sudlarga o’tkazilishi


XULOSA
So’nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar , shuningdek, xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Ammo, inson huquqlari sohasida qilingan amaliy tadqiqot ushbu soha bo’yicha xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish sohasida xalqaro standardlarni samarali qo’llash, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar borligini ko’rsatmoqda. Yuqoridagilarga kо‘ra, inson huquqlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasida inson huquqlari sohasidagi faoliyatini о‘zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Inson huquqlari, erkinliklar va qonuniy manfaatlari sohasida O’zbekiston Respublikasining vazifalari va xalqaro majburiyatlarni lozim darajada bajarish ustidan parlament nazarotini kuchaytirish;
chet elliklarning huquqiy holati masalasi qonunchilik darajasida samarali hal etilmagan. Ularni qonunchilikni buzganligi uchun mamlakatdan sud tartibida chiqarib yuborish mexanizmi mavjud emas;
O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro shartnomalar fuqarolar va mansabdor shaxslarning keng doirasi foydalanishi uchun ular keng miqyosda davlat tilida chop etilishini yo’lga qo’yish;
migratsiya muammosining muhimligini hisobga olib, O’zbekistonning migratsiya sohasidagi milliy qonunchiligini kodifikatsiyalash, dunyo hamjamiyatida O’zbekistonning migratsiya sohasidagi nufuzini oshirishga yo’naltirilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish orqali migratsiya jarayonlarini integratsiya qilish;
sudlar tomonidan xalqaro-huquqiy normalarning milliy qonunchilikdan ustuvorligi borasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan kolliziyalarni bartaraf etish bo’yicha mexanizm yaratish.

1 Янги Ўзбекистон стратегияси [Матн] / Ш.М. Мирзиёев. - Тошкент: “O'zbekisto” нашриёти, 2021. – 464 б.

2 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” 2020-yil 22-iyundagi PF–6012-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020 y., 06/20/6012/0953-son.

3 http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/prava-cheloveka-v-uzbekistane

4 https://lex.uz/docs/5849660

5 https://lex.uz/docs/-4574228

6 Oʼzbekiston Respublikasida Inson huquqlar bo’yicha xalqaro mаjburiyatlаrgа rioya qilinishining holati to’g’risidagi axborot. Toshkent 2020. 65-b.

7 Oʼzbekiston Respublikasida Inson huquqlar bo’yicha xalqaro mаjburiyatlаrgа rioya qilinishining holati to’g’risidagi axborot. Toshkent 2020. 65-b.



8 https://lex.uz/docs/-4597662

9 Oʼzbekiston Respublikasida Inson huquqlar bo’yicha xalqaro mаjburiyatlаrgа rioya qilinishining holati to’g’risidagi axborot. Toshkent 2020. 65-b.



Download 37,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish