O’zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish Reja


O’zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish



Download 82,84 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2022
Hajmi82,84 Kb.
#427837
1   2   3   4
Bog'liq
4-AMALIY

1.O’zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish
O’zbekistoning mustaqillik yillarida talim tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga kotarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz talimga, islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham, ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
O’zbekiston tarixan olganda tadqiqotlari natijalari bilan sivilizatsiyaning kop asrlik taraqqiyotini oldindan belgilab bergan, tabiiy va gumanitar sohada jahonga buyuk allomalarni inom etgan, dunyo tan olgan ilmiy maktablarning vorisi sifatida, bugungi kunda ham mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining murakkab masalalarini hal etishga qodir ulkan salohiyatga egadir.
Bizning respublikamizda ilmiy tadqiqot rivojlanishini asosiy yonalishlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (OzRVM) qarorlari bilan aniqlab beriladi. OzRVM davlat boshqaruvining oliy organi sifatida yurtimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy rahbarligini olib boradi, yurtimizda fan va texnika umumiy siyosatini taminlaydi, axborotlar ishlab chiqarishni tashkillashtiradi, ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning asosiy yonalishlarini aniqlaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining samadorligini oshirish uchun qarorlar qabul qilib, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etishni tashkillashtiradi.
Ilmiy izlanishlarining umumiy qonunchiligini qabul qilish, tashkillantirish va rivojlanishinining umumiy boshqarilishi Oliy Majlis va uning fan, talim, madaniyat va sport boyicha qomitasi tomonidan bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 17 fevraldagi PQ–2789-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2017 yil 19 maydagi 302-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi.

  1. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari:

Vazifalari: mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalarini va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ular ijrosining hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish;

muhim tarmoqlararo ilmiy-texnik dasturlar ijrosini ta’minlash;


iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishi bo‘yicha ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishda davlat topshiriqlarini shakllantirish;
har yilgi Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkazilishini tashkil etish hamda uning doirasida imzolangan shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish;
fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish;
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish.
Funksiyalari:
а) mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalarini va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish tadbirlarini amalga oshirish borasida:
mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalarini va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
jamiyat va davlatning taraqqiyotini ta’minlaydigan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini aniqlash bo‘yicha Davlat komissiyasiga takliflar kiritadi;
ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirishga va undan samarali foydalanishga, fan va texnologiyalarning davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga ulushini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan fanni yanada rivojlantirish sohasida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ilmiy-texnik, innovatsion faoliyat va intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishida qatnashadi;
b) davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ular ijrosining hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish borasida:
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat topshiriqlari asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini shakllantiradi;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishga ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari va respublikaning boshqa muassasalari bilan shartnomalar tuzadi;
davlat ilmiy-texnika dasturlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib boradi;
davlat ilmiy-texnik dasturlari monitoringi natijalarini tahlil qilish asosida Davlat komissiyasiga bo‘shab qolgan mablag‘larni eng natijali va dolzarb ilmiy-texnik loyihalarga qayta yo‘naltirilgan holda samarasiz, dolzarbligini yo‘qotgan ilmiy-texnik loyihalarning davlat ilmiy-texnika dasturlaridan chiqarish bo‘yicha takliflar kiritadi;
intellektual mulk ob’ektlari va ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanish va ularni tijoratlashtirish mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
v) muhim tarmoqlararo ilmiy-texnik dasturlar ijrosini ta’minlash borasida:
ilmiy-texnik faoliyat sohasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fan sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida akademik va tarmoq fanining oliy ta’lim muassasalari bilan integratsiyasi va o‘zaro hamkorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
texnologiyalar transferi uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish sektorining integratsiyasiga ko‘maklashuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarishi bo‘yicha ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishda davlat topshiriqlarini shakllantirish borasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik-texnologik va innovatsion ishlanmalarga Davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning takliflarini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish uchun idoralararo ilmiy-texnik kengashlar tashkil etadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish yuzasidan ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishga davlat topshiriqlarini tasdiqlash bo‘yicha Davlat komissiyasiga asoslangan takliflar kiritadi;
d) har yilgi Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o‘tkazilishini tashkil etish hamda uning doirasida imzolangan shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish borasida:
Fanlar akademiyasi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga, ilmiy va innovatsion markazlarga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning, alohida olimlar va ixtirochilarning Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida ishtirok etish uchun takliflarini tanlaydi
Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan innovatsion ishlanmalar va loyihalarning mintaqaviy va tarmoq taqdimotlarini tashkil etadi;
har yilgi Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat ilmiy-texnik dasturlari natijalarini joriy etish, shuningdek ularning transferi va tijoratlashuvi tadbirlarini amalga oshiradi;
Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalar bajarilishining tizimli monitoringini olib boradi;
Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringi yakunlari to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek mahalliy ilmiy ishlanmalar natijalarining raqobatbardoshligini oshirish va ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida foydalanishni jadallashtirish bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga kiritadi;
е) fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar bajarilishini tashkil etish borasida:
qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish maqsadida xorijiy mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy jamg‘armalar vakillari bilan muzokaralar olib boradi;
xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy-texnik loyihalarni va innovatsion ishlanmalarni bajarish uchun xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
j) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish borasida:
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilishning har yilgi rejasini tuzadi va tasdiqlaydi;
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan monitoring olib boradi va tadbirlarni amalga oshiradi.
Xalq xojaligining tarmoqlari rahbarligini tegishli soha vazirliklari olib boradi. Ular davlatda umumiy fan va texnikaviy siyosatini olib borishadi va ozlariga mansub bolgan barcha tarmoq korxonalarida, tashkilotlarida va ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boorish va uning ilg’or natijalarini tadbiq etish ishlariga mas’ul hisoblanadi.
Vazirliklar ozlarining bu sohadagi ishlarida, oz sohalari boyicha dolzarb bolgan ilmiy-texnokaviy muamolarini ishlab chiqadilar, olingan natijalarni amaliyotda tadbig’ini uyushtiradilar va tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy muammolarni echishga, ilmiy-texnikaviy konstruktorlik tashkilotlar ishlarini tashkillashtirish va ularni rahbarligini, moliyalashtirish, ular ishlarini Fanlar Akademiyasi ilmiy muassalari va oliy oquv yurtlari bilan birgalikda olib borishlarini tashkil etadilar. Bunda ular o`zlarida tashkil etilgan ilmiy-texnikaviy kengash maslahati va ko’rsatmalari orqali olib boradilar.
Bu kengashlarda yurtimizning yirik olimlari Fanlar Akademiyasi va oliy oquv yurtlaridan taklif etiladi.
O’zbekistonning eng yuqori ilmiy tashkiloti - bu O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (OzFA) hisoblanadi. U gumanitar va tabiiy fanlar boyicha fundamental ilmiy ishlarni olib borish bilan birga yurtimizda olib borilayotgan barcha ilmiy ishlar koordinatsiyasini ham olib boradi. OzFAsi Vazirlar Mahkamasiga boysinadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida etibor qaratildi. Xususan, OzFA mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti bolib, uning tarkibida 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4 ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy bolim: Xorazm Mamun akademiyasi, Qoraqalpog’iston va Samarqand bolimi, 4 ta Andijon-Namangan, Buxoro, Farg’ona, Qashqadaryo-Surxondaryo ilmiy bolimlari kiradi, bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan taminlandi. 2007 yilning 2 oktyabrida OzFA «Astranomiya» institutining olimlari B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland tog’ observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga kora fan, jumladan, astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy bolib kelgan qadimiy shahar «Samarqand» nomi bilan ataldi va u AQSHning «Garvard kichik sayyoralar» forumida «210271» raqami bilan royxatga olindi hamda «O’zbekistoniya», «Abu Ali ibn Sino», «Mirzo Ulug’bek», «Beruniy», «al-Xorazmiy» kabi kichik sayyoralar qatoridan orin oldi. 2013 yilda Yaponiya olimlari tomonidan kashf qilingan navbatdagi kichik sayyora «Maydanak» deb nomlanishi ozbek ilmining jahonda etirof etilishining ifodasidir. Shuningdek, O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish boyicha katta ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi bir tomondan kelgusidagi energiya tanqisligini oldini olishga yonaltirilgan say-harakat bolsa, ikkinchi tomondan ozbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan darak beradi.
Umuman olganda, Vazirlar Mahkamasidan boshlab, viloyat, tuman, har bir korxona va tashkilotlarda Davlat boshqaruv sistemasi orqali barcha ilmiy-izlanish ishlari olib boriladi.
Yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-izlanish ishlarining anchagina qismi oliy oquv yurtlarida olib boriladi.
Oliy oquv yurtlarida ilmiy-izlanish ishlari institut ilmiy kengashi, rektor, rektorning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, fakultet dekani va uning oquv-ilmiy ishlar boyicha muovini, kafedralar orqali olib boriladi (4.1-rasm).
Ilmiy daraja (I.d.): muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malaka darajasi. O’zbekistonda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalarti ta’sis etilgan edi. Hozir O’zR Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to’g’risidagi” Farmoniga muvofiq falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of science) ilmiy darajasi ta’sis etilgan. I.d. yuqori malakali ilmiy xodimlarga fanni boyituvchi tadqiqot ishlari, ilmiy muammolarni amaliy yoki nazariy jihatdan hal qila oladigan mustaqil ilmiy tadqiqoti uchun beriladi.
I.d. muammolarning ilmiy asoslanganligiga bag’ishlangan dissertatsiyalarning maxsus ilmiy kengashlarda ochiq himoya natijasi asosida maxsus ilmiy kengash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi (OAK) ekspert kengashi tavsiyasiga binoan, oliy ma’lumotga ega bolgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi.
Ilmiy darajalar O’zbekistonda fan, texnika va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun chet ellik olimlarga ham beriladi.
Ilmiy unvon: oliy oquv yurtlari oqituvchilari va ilmiy tekshirish institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.
O’zbekistonda oliy oquv yurtlarida dotsent va professor, ilmiy tekshirish muassasalarida katta ilmiy xodim va proffessor ilmiy unvonilari joriy etilgan.
Proffesor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi bolgan va oliy oquv yurti yoki ilmiy tekshirish muassasasida pedagogik yoki ilmiy tekshirish ishlarini bajarish jarayonida etarli malaka korsatgan shaxslarga oliy oquv yurtlari va ilmiy tekshirish institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan Ozbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan beriladi.

4.1-rasm. Oliy oquv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish strukturasi

Download 82,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish