3. O`zbekiston Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarni faoliyatini rivojlantirish bo‘'yicha chora-tadbirlari.
Mamlakatimiz iqtisodiy yutuqlarga erishayotgan bir sharoitda, milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, tarnsport-tarnzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2008 yil 2 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 apreldagi “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to`g`risida”gi PF-4436-son Farmoni mamlakatimizda yana bir erkin iqtisodiy zonani yaratishga, yuqori qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun iqtisodiyotimizga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga imkon yaratdi.
Yuqori qo`shilgan qiymatga ega bo`lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek O`zbekistonda o`zbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo`yicha o`zaro anglashuv to`g`risidagi memorandumga muvofiq 2013 yil 18 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to`g`risida” Farmoni qabul qilindi. “
Hozirgi kunda “Angren” maxsus industrial zonasida jami 11 korxona faoliyat ko`rsatayapti. Ularda shakar va mis quvurlaridan tashqari, ko`chalar hamda binolar uchun tejamkor yoritqichlar, ko`mir briketlar, zamonaviy qurilish materiallari kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonalarda ish bilan band bo`lganlar soni esa bir yarim ming kishiga Etib qoldi. Umuman olganda, “Angren” EIZ ma`muriy kengashi tomonidan 23 ta loyiha ma`qullangan bo`lib, ularning qiymati qariyb 458 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Quyidagi jadvalda Navoiy ва Angren EIZlardada amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar to`g`risida ma`lumot keltirilgan. Jizzax” EIZda 29,5 million AQSh dollari miqdoridagi kapital qo`yilmalarni o`zlashtirish, ‘Jizzax’ ЭIZning Sirdaryo filialida уmumiy qiymati 31,8 million AQSh dollari bo`lgan 3 ta loyiha joylashtirilishi mo`ljallangan edi. Vohada xorijiy investorlar ishtirokida 12 ta sanoat korxonasi tashkil etildi. Yаqinda bu yerda loyiha qiymati 12 million AQSh dollari qiymatidagi mablag` evaziga 3 ta yirik sanoat korxonalari ish boshladi. Ma`lumot o`rnida yana shuni aytish kerakki, “Jizzax” ЭIZda bugungi kunga qadar 51 million dollarlik (uning yarmidan ko`pi to`g`ridan-to`g`ri xorijiy sarmoyalar) 13 ta loyiha amalga oshirildi. Joriy yilda ularning sonini 11 taga ko`paytirish va buning uchun 156 million dollarlik investitsiya jalb etish mo`ljallangan.
Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti, deb yozadi “Biznes-Daily”.
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm", "Parkent-farm" singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog'ida bo'sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko'rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag'batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatimizdagi kichik sanoat zonalari 96 taga yetdi. Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor.
Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangan.
Albatta, bu quvonarli holat. Lekin mazkur zonalarda mahalliy va xorijiy investorlar o‘z faoliyatini to‘laqonli boshlashi uchun ayrim muammolar ham borki, bu yangi investorlar va tadbirkorlarni istiqbolli loyihalarni amalga oshirishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti.
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan joriy yil 27 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammo – infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbarining “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarning yechimiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Unga muvofiq, joriy yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Endilikda 17 ta erkin iqtisodiy zonada qo‘shimcha elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llarini barpo etish uchun 584 milliard so‘m, 145 ta kichik sanoat zonasi uchun 395 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
O’zLiDeP sanoatni innovatsion asosda tashkillashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy-texnologik hamda innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishni ustivor vazifa deb biladi. Bu borada yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar, nou-xaularni o‘zlashtirish, korxonalarda innovatsiyalarning joriy qilinishi, texnologiyalar transferini ta’minlash uchun texnopolislar, texnoparklar kabi erkin iqtisodiy hududlar va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarining barpo qilinishiga yo‘naltirilgan qonunchilikni yaratish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi takliflarni ilgari suradi.
Yirik investitsiya loyihalarini infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida 232 milliard so‘m ko‘zda tutilgani, rivojlanishdan ortda qolgan 33 ta tumanda sanoat va biznesni jadal rivojlantirish uchun 264 milliard so‘m ajratilishi ayni muddao bo‘ldi. Bundan buyon biz deputatlar mazkur mablag‘larni ajratilishi va maqsadli ishlatilishi ustidan ta’sirchan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatishimiz lozim bo‘ladi.
Yig‘ilishda endigi eng muhim masala erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish ekani aytilib, joriy yilda erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan 332 ta loyiha, kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 800 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Bu loyihalar esa yurtimizda sanoatni yanada rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim omildir.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, EIZda ishlar muvaffaqqiyatli bo`lishi uchun, eng avvalo, zona maydonida erkin tadbirkorlikka sharoit bo`lishi kerak. Erkin tadbirkorlik ruhi ustunlik qilishi zarur. Xorijiy investorlar uchun biznes olamida umumiy ‘shaffof’ bo`lishi va iqtisodiy sub`ektlarning harakatini oldindan aytib berish imkoni bo`lishi juda muhimdir.
O`zbekiston uchun ko`proq real va iqtisodiy oqlangan yo`l bu kompakt erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdir. Bu Erda nisbatan oz muddatda va qulay xarajatlar bilan kerakli infratuzilmalarni ta'minlash va imtiyozli bojxona tuzimini kiritish mumkin. Erkin iqtisodiy zonalar uchun joy tanlashda avvalo quyidagi faktorlarni hisoblay olish kerak, ya'ni xalqaro biznes faolliklarga (imkon qadar) va savdo sotiq bozorlariga chiqish qulayligi infratuzilmaning asosiy asosiy obektlari mavjudligi, birinchi navbatda transport, tashkilotining ishonchli moddiy texnik ta'minoti va hokazo. ‘Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida’gi O`zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq mamlakatimizda erkin savdo, erkin eksport — ishlab chiqarish va texnologik zonalar tashkil etish ko`zda tutilgan. Bu zonalarni tashkil etishda
xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olish va ularning ijobiy jihatlaridan samarali foydalanish nazarda tutilgan.
O`zbekistonning 160 ta dunyoning turli mamlakatlari bilan eksport qilayotganligi EIH larning tashkil etish zaruriyati tobora muhim ekanligidan darak berib turibdi:
mаhаlliy tоvаrlаr yoki EIH hududidаishlаb chiqаrilgаn tоvаrlаrni rеаlizаtsiya qilish hаjmini o`sishi uchun rеаl imkоniyatlаr yarаtilishi;
оmbоrdаn sоtish vа yuklаb sоtish sоhаlаridа sаvdоаylаnmаsining o`sishi;
bаnk, sug`urtа vа bоshqа fаоliyat turlаri o`sishining rаg`bаtlаntirilishi.
. Bu zonalarni tashkil etishda xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olish va ularning ijobiy jihatlaridan samarali foydalanish nazarda tutilgan.
Xulosa o‘rnida aytganda, erkin iqtisodiy zona — bu yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, ya’ni tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |