O’zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va rivojlantirishning moliyaviy jihatlari reja kirish


Erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari



Download 1,04 Mb.
bet2/5
Sana10.06.2022
Hajmi1,04 Mb.
#650190
1   2   3   4   5
Bog'liq
Azam erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiy ahamiyati(1)

1.Erkin iqtisodiy hududlarning mazmuni, maqsadlari va rivojlanish xususiyatlari
Erkin iqtisodiy zonalar mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo`lgan maxsus ajratilgan zonadir.
Odatda, har bir mamlakatda milliy iqtisodiyotni tashkil etish va rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ta`kidlash kerakki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab erkin (maxsus) iqtisodiy zonalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismiga aylandi. Jahon xo`jalik aloqalari uchun erkin iqtisodiy zonalar xalqaro tovar ayitrboshlashni faollashtirish hisobiga iqtisodiy o`sishni tezlashtirish, sarmoyalarni jalb etish, iqtisodiy jarayonlarni chuqurlashtirish omili sifatida muhim rol o`ynamoqda.
Mahsulotlar bojxona hududidan tashqarida deb ko`riladigan erkin zonani o`ziga xos tashqi savdo aknlavi sifatida ta`riflagan 1973 yilgi Kioto konventsiyasi imzolanganidan beri erkin iqtisodiy zonalar ko`plab mamlakatlarga tarqaldi. Masalan, o`tgan asrning 90-yillarida turli ko`rinishdagi minglab erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko`rsata boshladi. Mutaxassislarning fikricha, EIZlar orqali jahon savdo aylanmasining 30 foizi aylana borshladi. o`z faoliyatining barqarorligi uchun imtiyozli sharoitlarni qidirib yurgan xalqaro korporatsiyalar EIZni yuqori daromad topishi mumkin bo`lgan qulay hududlar sifatida ko`rishadi.
Amaliyotda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning bir qancha turlari mavjud. Ularni tashkil etish har bir mamlaktda olib borilayotgan iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy siyosat bilan bevosita bog`liq bo`ladi.
CHunki, bir davlatning geografik joylashuvi boshqa davlatning geografik joylashuvidan tubdan farq qiladi. Shunga muvofiq, har bir davlatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish turlicha bo`ladi. Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan imtiyoz va rag`batlarning o`ziga xos tizimi qo`laniladigan milliy iqtisodiy zonaning bir qismidir.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hudud (EIH)larning tashkil etilishi ko’payib, rivojlanishi tobora kengayib bormoqda. Bu esa dunyo mamlakatlari orasida EIHlarni tashkil etish ko’lami va turlarining yildan-yilga ortib borishiga sabab bo’lmoqda. EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatsa-da, ular ichida tashkil etilgan EIHlar faoliyati samaradorligining jahon iqtisodiyoti va alohida davlat iqtisodiyoti o’sish darajasidan ham bir necha barobarga yuqori ekanligini alohida keltirib o’tish lozim. Jumladan, “EIHlarda foyda me’yori o’rtacha 25-30 %ni, Osiyodagi EIHlarda 35-40 %dan yuqorini tashkil etadi. Mazkur hududlarda kapital qo’yilmalarning qoplanish muddati 2-3 martaga qisqa hisoblanadi. Odatda, kiritilgan mablag’lar 3-3,5 yilda qoplansa, bunday qo’yilma me’yordagi hisoblanadi. Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti, deb yozadi “Biznes-Daily”.
Ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda EIHlar orqali ular iqtisodiyotiga jami xorijiy investitsiyalarning 30 %dan 80 %gacha qismi kirib keladi” . Shu jihatdan O’zbekistonda ham so’nggi yillarda milliy iqtisodiyotni, uning tarmoqlari va hududlari orqali rivojlantirishd EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada oxirgi vaqtlarda amalga oshirilayotgan islohotlar endilikda o’z samarasini berayotganligi bilan g’oyatda ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur islohotlar ijrosi va samaradorligini yanada oshirishda ushbu sohada samarali faoliyat ko’rsata oluvchi mutaxassislarning mavjudligi va yetarliligini ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda investitsiyalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati yuqoriligidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning EIHlar faoliyati va ularga jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalar orqali jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasini faollashtirishga xizmat qiluvchi malakali, zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kunda tobora yaqqol namoyon bo’lmoqda va ortib bormoqda. Shunga muvofiq, bugungi kunda respublikamizda mazkur sohaga oid zamonaviy bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan, milliy va jahon iqtisodiyoti integratsiyasini jadallashtirishda muhim o’rin tutuvchi zamonaviy kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lib, hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ularga esa mutaxassislik fani sifatida “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining o’tilishi yuqorida qayd etib o’tilgan dolzarb vazifa yechimida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining predmetini EIHlarni tashkil etish, ular faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga solish va qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tashkil qiladi. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining obyekti milliy va jahon iqtisodiyotida tashkil etilgan va faoliyat ko’rsatayotgan EIHlar hisoblanadi. Fanni o’rganish uning obyekti va predmeti asosida o’rganiladi. Shunga ko’ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani bo’yicha yaxshi bilimga ega bo’lish uchun uning obyekti va predmetini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir. Erkin iqtisodiy hududlar” fani o’qitishdan maqsad EIHlarni tashkil etish va ular faoliyatini samarali yo’lga qo’yishning milliy va jahon iqtisodiyotini rivojlantirishdagi hamda milliy iqtisodiyotning xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuvini faollashtirishdagi ahamiyatini oshirishdan iborat.
Kengroq ma’noda esa, “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining maqsadi talabalarda EIHlarning mazmuni, maqsadi, ahamiyati, rivojlanish tarixi, bugungi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish, EIHlarning jahon xo’jaligi aloqalaridagi o’rnini baholashda tahliliy yondashuv ko’nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, EIHlarni tashkil etish orqali O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni baholash bilimlarini rivojlantirishdan iborat bo’ladi. Fanning maqsadiga erishishni ta’minlash uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
- fanning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini o’rganish;
- EIHlarning iqtisodiyotni rivojlanitirishdagi o’rni ahamiyatini o’rganish;
- EIHlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab tasniflash va turlarini o’rganish; - EIHlarning rivojlanish tarixini o’rganish;
- EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdagi sabab, omil va muammolarni o’rganish; - jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga EIHlar ta’sirini o’rganish;
- EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishining jahon tajribalarini o’rganish, ularni qiyosiy tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyotda qo’llash mumkin bo’lgan tajriba va yutuqlarini aniqlashni o’rganish;
- O’zbekistonda EIHlar tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo’yicha tavsiyalar bildirishni o’rganish;
- fanda o’rganiladigan muammolar yuzasidan bahs-munozaralarni olib borish, shuningdek, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yechimini topish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- talabalar o’z fikrlarini yozma shaklda aniq va mazmunli bayon qilishga o’rganishlari uchun ularda esse yozish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- iqtisodiy samaradorlikni hisoblash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- jamoaviy ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- malakaviy amaliyotlarga chiqish orqali EIHlar faoliyati bilan bog’liq masalalar yechimi, EIHlarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish bilan bog’liq amaliy ko’nikma va tajribalarni shakllantirish. “Erkin iqtisodiy hududlar” fani 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga ikkinchi kursda o’qitiladi. “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o’rganishda uning boshqa fanlarga bog’liqlik jihatlariga ham e’tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o’rganishda boshqa fanlarni ham yaxshi o’zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga ko’ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’qitiladi:
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o’zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o’zlashtirishlari kerak bo’ladi. Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun ko’maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi. “Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo’lib, bugungi kunda ko’pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bog’liq bo’lgan ko’plab savollarga yechim topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o’zlashtirishi uchun o’z ustida ko’proq ishlashi kerak bo’lib, u, nafaqat, o’zbek tili, balki, rus tili va chet tillari, ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim. Shuni alohida takidlash joizki, ushbu fanni puxta o’zlashtirish talabalarga 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha juda zarur bilimlarga ega bo’lish va kelajakda o’z kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo’lib etishish, shuningdek, egallagan bilimi, ko’nima, malaka va tajribalari bilan O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o’zining munosib hissasini qo’shish imkonini beradi.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning muhim sababalaridan biri shundaki, ko`pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to`liq ochishni, o`ziga xos investitsiya oqimini hamma joyda ishlatishni istamaydi. SHuning uchun ham maxsus zona sifatida qisman ochilikni ishlatadi. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish va ular faoliyatining jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, jahon bozori bilan integratsiyani chuqurlashtirish, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rag`batlantirish maqsadidad tuzilgan zonalar (erkin savdo zonasi, eksport ishlab chiqarilishi, bojxona va boshqa zonalar) bilan birga ma`lum bir faoliyat shakli va ishlab chiqarish sohasini rag`batlantirish uchun tashkil qilingan alohida rejimli maxsus zonalar ham mavjud bo`ladi.
Masalan, qoloq tumanlarni rivojlantirishni, qoloq tumanlarni sanoatlashtirishni rag`batlantiruvchi maxsus zona. Shuning uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishning sabablari va maqsadlari har bir holatda o`zgacha bo`lib, bir-biriga o`xshamasligi mumkin. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy zonalar depressiyaga uchragan tumanlarda kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yo`naltirilgan mintaqaviy siyosatni amalaga oshirish uchun tashkil qilingan. Bu maqsadda tadbirkorlarga mamlakatning boshqa tumanlaridagiga nisbatan ko`proq faoliyat erkinligi va sezilarli moliyaviy imtiyozlar beriladi. Bu dasturlar xorijiy jalb qilishga qaratilmagan. Xuddi shu maqsadda rivojlanayotgan davlatlarda ham erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi. Bu esa qoloq tumanlarni dinamik ravishda rivojlanayotgan tumanlarga aylantirish imkoniyatini beradi. Ammo sanoat rivojlangan davlatlardan farqli ravishda bu mamlakatlarda ko`proq xorijiy kapitalni jalb qilishga harakat qilinadi.
Ayrim hollarda u yoki bu erkin iqtisodiy zonani aniq klassifikatsiyalash qiyin. Chunki ular ko`plab zonalarning xususiyatlariga ega. Rossiyalik mutaxassislar tomonidan xo`jalik ixtisoslashuvi - zonada faoliyat ko`rsatayotgan asosiy ko`pchilik firmalarning ixtisoslashuvi bo`yicha klassifikatsiya ishlabchiqilgan(1-rasm). Erkin iqtisodiy zonalar klassifikatsiyasidagi markaziy o`rin sanoat qayta ishlash zonalariga berilgan.
. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish va ular faoliyatining jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, jahon bozori bilan integratsiyani chuqurlashtirish, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rag`batlantirish maqsadidad tuzilgan zonalar (erkin savdo zonasi, eksport ishlab chiqarilishi, bojxona va boshqa zonalar) bilan birga ma`lum bir faoliyat shakli va ishlab chiqarish sohasini rag`batlantirish uchun tashkil qilingan alohida rejimli maxsus zonalar ham mavjud bo`ladi. Chunki ular ko`plab zonalarning xususiyatlariga ega. Rossiyalik mutaxassislar tomonidan xo`jalik ixtisoslashuvi - zonada faoliyat ko`rsatayotgan asosiy ko`pchilik firmalarning ixtisoslashuvi bo`yicha klassifikatsiya ishlabchiqilgan(1-rasm). Erkin iqtisodiy zonalar klassifikatsiyasidagi markaziy o`rin sanoat qayta ishlash zonalariga berilgan



Erkin iqtisodiy zonalarning eng oddiy ko`rinishlaridan biri erkin bojxona zonalari hisoblanadi (EBZ). Bu zonalar erkin savdo zonalari kabi birinchi avlod zonalariga kiradi. Ular 17-18 asrlardan buyon mavjud. Bu zonalarda tranzit yoki kassignatsion omborlar, eksportga mo`ljallangan tovarlarni qadoqlash va kam miqdorda qayta ishlash bo`ladi. Bunday zonalarnni ko`pincha bond omborlari yoki erkin bojxona zonalari deb ataladi. Erkin bojxona zonalari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Ular ko`plab mamlakatlarda mavjud.
Erkin savdo zonalari (ESZ) ham dunyoda keng tarqalgan. Uning maqsadi savdoni rag`batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat. ESZlari umumiy va maxsus (subzona) zonalarga ajratiladi. Ularda kiritilgan tovarlarni omborlarga joylashtirish va qayta ishlash amalaga oshiriladi subzonalar faoliyati umumiy zonadan tashqariga chiquvchi alohida yirik kompaniyalar tashkil qilinadi. Subzonalarda eksport uchun yoki import o`rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqariladi. Erkin savdo zonalari qatoriga imtiyozli holatga ega bo`lgan ananaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish zonalari ikkinchi avlod zonalari hisoblanadi. Ular erkin iqtisodiy savdo zonalariga faqat tovar emas, kapital ham olib kirilishi va ularda faqat savdo bilan emas, ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug`ullanishi oqibatida erkin savdo zonalarining evolyutsiyasi natijasida vujudga keldi.
Sanoat ishlab chiqarish zonalari maxsus boj rejimiga ega bo`lgan zonalarda tashkil qilinadi. Bu zonalar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo`ladilar. Eksport ishlab chiqarish zonalari ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda keng tarqalgan. Bunday zonalardan “yangi industrial davlatlarda” eng katta samara olingan. Eksport ishlab chiqarish zonalarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. 60 yillarning o`rtalarida bu Erda sanoat eksportini rag`batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida bandlik darajasini oshirish zaruriyati tugatilagn edi.
Texnika kiritish zonalari uchinchi avlod zonalari hisoblanadi (70-80-yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo`ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari jamlanadi.
Turli moliya-iqtisodiy, sug`urta va boshqa xizmatlar ko`rsatuvchi firma va tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan zonalar servis zonalar deb ataladi. Servis zonalar qatoriga offshor zonalar (OZ) va soliq gavanlari kiradi (SG) kiradi. OZ va SG tadbirkorlarni qulay valyuta- moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o`ziga jalb qiladi. Offshor zonada ro`yxatga olingan va soliq va boshqa imtiyozlar olishga nomzod bo`lgan kompaniyalargaqo`yiladigan aosiy talab – offshor markaz joylashga davlatning rezidenti bo`lmaslik va bu davlat zonaida daromad olmaslikdir. Soliq gavanlarining offshor zonalardan farqi shundaki, u Erda barcha firmalar (xori firmalari ham, maxalliy firmalar ham) faoliyatning barcha turlari yoki ba`zi turlari bilan shug`ullanishad imtiyozlarga ega bo`ladilar. Offshor zonaalarni tashkil qiluvchi davlatlar qo`shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor zonada ro`yxatga olingan korxonadan foyda olish, maxalliy mutaxassislar uchun qo`shimcha ish joylarini tashkil qilinishi orqali foyda ko`radilar.
Offshor kompaniyalar faoliyat ko`rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, SHveystariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o`n yillikda bularga Malta, Mavrikiya, g`arbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo`shildi.
Erkin iqtisodiy zonalar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalaga oshirishdagi muhim bosqich sifatida quriladi. Ularning faoliyat ko`rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog`lanadi. Erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiyotning tashqi dunyoga ochiqligi katta darajada bo`ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar uchun qulaydir. Amalda erkin iqtisodiy zona jahon kapital xo`jaligi miqyosida migratsiya qilib yurgan kapital uchun qopqon hisoblanadi. Mamlakat ichidagi iqtisodiy jaryonlarni faollashtirishda foydalanish uchun xorijiy kapitalni jalb qilishdan tashqari sanoat erkin iqtisodiy zonalarning yana uchta vazifasi ko`rsatiladi:
sanoat eksportini rag`batlantirish va shu orqali valyutamablag`larini jalb qilish;
bandlik darajasini oshirish;
 zonalarni xo`jalik yuritishning yangi usullarini sinash maydoniga, milliy xo`jalik rivojlanishining qutbiga aylantirish. Turli ko`rinishdagi erkin iqtisodiy zonalarni o`xshash tomonlari shundaki, ularda o`zida tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan ustunliklar bo`lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli zonalarda imtiyoz va rag`batlantirishlar ba`zi jihatlari bilan farq qiladi. Imtiyozlar to`rtta asosiy guruxga ajratiladi





Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish