Prezident va ijroiya xokimiyati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijroiya xokimiyati raxbari xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga uttiz bsh yoshdan yosh bulmagan, davlat (o’zbek) tilini erkin egallagan, saylovdan avval O’zbekistonda 10 yildan kam bulmagan muddatda yashagan respublika fukarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs ikki muddatdan ortik O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika fukarolari tomonidan umumxalq, teng xuquqli va to’g’ridan-to’g’ri saylov xuquqi asosida, yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi.
Prezident o’z majburiyatlarini utash davrida siyosiy partiyalarga a’zoligini tuxtatadi, boshqa maosh tulanadigan lavozimga ega bo’lish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish xuquqiga ega bulmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti:
mamlakat fukarolari xuquq va erkinliklarini ximoya qilish, O’zbekiston Respublika Konstitusiyasi va qonunlari bajarilishini kafolatlaydi;
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi, xavfsizligi, xududiy yaxlitligini ximoya qilish, milliy davlat tuzilishi masalalarini xal qilish bo’yicha zarur choralarni belgiladi;
O’zbekiston Respublikasi tomonidan mo’zokaralar olib boradi va shartnoma xamda bitimlarni imzolaydi, respublika tomonidan to’zilgan bitim, shartnomalarga rioya qilinishni va u tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi;
diplomatik va boshqa vakillarining ishonch va chakiruv yorligini qabul kiladi;
O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi;
Respublika Oliy Majlisiga yillik ichki va tashqi vaiyat xaqida ma’ruza takdim etadi;
ijroiya xoqimiyat apparatini tashkil etadi va unga raxbarlik kiladi; respublika oliy xoqimiyat tashkilotlari va boshqaruvning o’zaro aloqasini ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat kumitalari va boshqa davlat boshqaruvining boshqa tashkilotlarini ta’sis etadi va tugatish bo’yicha farmonlar chiqarib, ularni tasdiklash uchun Oliy Majlisga takdim etadi;
Bosh vazirni tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi , uning birinchi o’rinbosari, bosh vazir o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi a’zolarini, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini keyinchalik Oliy Majlis tasdiklashi sharti bilan tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Konstitusiya sudi raisi, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo’jalik mudi raisi va a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza qilish davlat kumitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni takdim etadi;
viloyat, tuman, shaxar va xo’jalik sudlari sudyalarini tayinlaydi va ishdan bushatadi;
viloyatlar va Toshqent shaxar xoqimlarini ularni keyinchalik xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiklash sharti bilan tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi. Prezident tuman va shaxar xoqimlarini ular konstitusiya, qonunlarga rioya kilmagan, xoqim sha’niga dog tushiradigan xarakatlar kilgan takdirda o’z qarori bilan vazifasidan ozodqilish xuquqiga ega;
respublika davlat boshqaruv tashkilotlari, xoqimlar qarorlari amal qilinishini tuxtatadi, bekor kiladi;
O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini imzolaydi. Prezident Oliy Majlis qabul kilgan qonunlarga e’tiroz bildirib, qayta muxokama qilib, ovoz berish uchun qaytarish xuquqiga ega. Agar Oliy Majlis uchdan ikki qismi ovoz berishi natijasida ilgari qabul qilingan qarorni tasdiklasa, Prezident qonunni imzolaydi;
favkulodda xollarda (tashqi taxdid, ommaviy betartiblik. Yirik xaloqatlar, tabiiy ofatlar) va fukarolar xavfsizligini ta’minlash maksadida O’zbekiston Respublikasining butun xududida yoki aloxida mintakalarida favkulodda xolat e’lon kiladi va sutka davomida bu xaqidagi qarorni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiklash uchun takdim etadi;
respublika qurolli kuchlarining Oliy Bosh kumondoni bo’ladi. Qurolli kuchlarning oliy kumondonligi lavozimlariga tayinlaydi va vazifasidan ozod kiladi; oliy xarbiy unvonlar beradi;
O’zbekiston Respublikasiga xujum qilingan yoki o’zaro boskinchilikka qarshi shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati vujudga kelgan xollarda urushxolatini e’lon kiladi va sutka davomida bu qarorni tasdiklash uchun Oliy Majlisga xavola kiladi;
O’zbekiston Respublikasi ordenlari, nishonlari va yorliklari bilan mukofotlaydi va malaka xamda faxriy nomlarni beradi;
O’zbekiston Respublikasi fukaroligi va siyosiy boshpana berish masalalarini xal kiladi;
O’zbekiston Respublikasi sudi tomonidan imzolangan fukarolarga amnistiya berish va avf etish xaqida qaror qabul kiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning normal faoliyat yuritishi uchun xavf tugdiruvchi kelishmovchiliklar vujudga kelgan xamda Konstitusiyaga xilof qarorlar qabul qilinishi takrorlangan xolda Oliy Majlis Konstitusiya sudi bilan kelishib qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq tarqitab yuboriladi. Oliy Majlis tarkatilib yuborilgan xollarda uni uch oy muddatda qaytadan saylov utkaziladi.
Vazirlar maxkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil topadi va respublika Oliy Majlisi tomonidan tasdiklanadi. Vazirlar maxkamasi tarkibiga Korakalpogiston Respublikasi xukumati raxbari xam kiradi. Vazirlar maxkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy soxalar samarali amal qilishida, Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlari bajarilishiga, O’zbekiston Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini amalga oshirishga raxbarlik kiladi.
Vazirlar maxkamasi mavjud qonunchilikka muvofiq ravishda farmoyish va qarorlar chiqarib; bu qarorlar O’zbekiston Respublikasining butun xududida, barcha tashkilot va muassasalar, amaldor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi shart. Vazirlar Maxkamasi yangi saylangan Oliy Majlisga o’z vakolatlarini topshiradi
Vazirlar Maxkamasi faoliyatini tashkil etish tartibi va xuquqlari qonun tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |