T/r
|
Tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Mas’ullar
|
I. Respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish
|
1.
|
Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etish, xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini qo‘llash.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-mart
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
2.
|
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik va asalarichilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ulushini oshirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
3.
|
Chorvachilik mahsulotlari, jumladan, baliq, quyon go‘shti va asal mahsulotlarining tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-aprel
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
4.
|
Go‘sht, sut, tuxum, parranda go‘shti, baliq, quyon go‘shti va asalarichilik mahsulotlari sifatini, ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlar sifatini xalqaro norma talablariga moslashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-oktabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
5.
|
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorvachilik sohasi bilan iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi integratsiyani ilm-fan va bozor munosabatlari asosida tizimli ravishda takomillashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
6.
|
Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobini yuritish va monitoring olib borish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich va keng ko‘lamda joriy etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-mart
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
7.
|
Chorvachilik sohasida agrobiznes muhitini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy menejmentga asoslangan xo‘jalik yuritish usullarini qo‘llash maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish hamda jahon tajribalariga asoslangan konsalting xizmatlarni ko‘rsatish tizimini keng joriy etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
|