O'zbekiston Respublikasida atrof muhitni himoya qilish manitoringing davlat tizimi
Reja
1.Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi
2.O'zbekiston Respublikasi atrof muhitni himoya qilish
Atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimi;
– monitoring ob’ektlari — atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik tarkibiy qismlari va tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek, tabiiy muhitga ta’sirning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari hamda manbalari;
– atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi — atrof tabiiy muhitning davlat va ishlab chiqarish monitoringidan iborat bo‘lgan muntazam kuzatishlarning o‘zaro bog‘liq tizimi;
– Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi — atrof tabiiy muhitning holati va ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi axborotni geografik ma’lumotlar hamda zarur ob’ektlar haqida ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-texnologiyalar asosida to‘plash, tahlil qilish va saqlashning elektron tizimi;
– atrof tabiiy muhitning ishlab chiqarish monitoringi — atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining bir qismi hisoblangan monitoring;
– atrof tabiiy muhit — tabiiy va sun’iy ob’ektlar, shu jumladan atmosfera havosi, Yerning ozon qatlami, yer usti va yer osti suvlari, yer, yer qa’ri, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
– atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish — atrof tabiiy muhitni saqlash va tiklashga, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
– fon monitoringi — sanoat va xo‘jalik faoliyati ob’ektlaridan olisda bo‘lgan, insonning aralashishiga minimal darajada jalb etilgan hududlarga barcha atrof tabiiy muhit ob’ektlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudlik darajasi bo‘yicha qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarda joylashgan statsionar kuzatish punktlarida (postlarda) amalga oshiriladigan uzoq muddatli tizimli kuzatishlar;
– maxsus vakolatli davlat organlari — atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish yuklatilgan davlat boshqaruvi organlari;
– statsionar kuzatish punkti (post) — atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari namunalarini muntazam olish va keyinchalik kimyoviy tahlil qilish uchun mo‘ljallangan priborlar va uskunalar, shu jumladan, avtomatik stantsiyalar o‘rnatilgan yer uchastkasini o‘z ichiga olgan, atrof tabiiy muhitning holatini va unga ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarini oldindan tadqiq etish asosida tanlangan joylarda joylashgan kompleks.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘lgan Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilingan 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholash va prognoz qilishni ta'minlash, korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan qator ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, Davlat dasturining 251-bandida аtrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish choralari ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan. Joriy yilning 3-iyun kuni qabul qilingan “Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mazkur band ijrosi ta'minlandi.Qaror bilan 2021-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi qabul qilindi. Mazkur dastur orqali, suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi, xavfli ekzogen geologik jarayonlar, ko'llar ekotizimlari va atrof muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, mazkur hujjatda 2021-yil 1-noyabrga qadar Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi va Fanlar akademiyasiga atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bo‘yicha idoraviy elektron axborot ma'lumotlar bazasining Yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish vazifasi yuklatildi.
Joriy yil yakuniga qadar esa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining atrof muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari 8 ta mobilь laboratoriya, zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari va boshqa jihozlar bilan ta'minlanadi. Sog‘liqni saqlash va Suv xo‘jaligi vazirliklari va “O‘zsuvta'minot” AJ tomonidan ichimlik suv havzalaridagi suv sifatini o‘rganish, ularning ifloslanishini oldini olish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash hamda bartaraf etish choralari ko‘rilib, aholi suvdan ommaviy foydalanadigan joylardagi suv obektlarida suvning mikrobiologik va sanitariya-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzluksiz kuzatuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi monitoringini yuritish, yerlarning unumdorligini baholash va tuproq xaritalarini tuzish choralarini ko‘rib, har yili yer resurslari holati to‘g‘risida Milliy hisobot tayyorlab nashr etib boradi.Suv xo‘jaligi vazirligi esa, zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, yer osti sizot suvlari sifati va holatini nazorat qilish uchun sug‘oriladigan yerlarda kuzatuv tizimini kurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirib, geoaxborot texnologiyalarini joriy etgan holda, sizot suvlar sathi va sho‘rlanish darajasining meliorativ kadastrini ishlab chiqadi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan davlat o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon-ov xo‘jaligi hududlarida o‘simlik hamda hayvonot dunyosi monitoringi yuritilib, uning natijalarini har chorakda Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritib boriladi. Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg‘un postlarda atmosfera havosining sifati bo‘yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha oylik kuzatishlar olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, Davlat dasturidagi mazkur bandning ijrosi ta'minlanishi orqali, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash borasida davlat funktsiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalar joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |