O’zbekiston respublikasi yuqori va o’rta maxsus ta’Lİm vaziRLİGİ


III. Toshkent iqtisodiy rayonining halq xo’jaligidagi ahamiyoti



Download 266,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.07.2022
Hajmi266,71 Kb.
#761952
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat-geografiya-fanidan

III. Toshkent iqtisodiy rayonining halq xo’jaligidagi ahamiyoti. 
a. Sanoati.
Toshkent viloyati Respublikaning 13 foiz, Toshkent iqtisodiy 
rayonining esa 47,1 foiz sanoat mahsulotini ishlab chiqaradi. Sanoat mahsuloti 


ishlab chiqarish hajmi bo’yicha viloyat Respublikada ikkinchi o’rinni egallaydi. 
Metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, engil va oziq – ovqat sanoatlari yaxshi 
rivojlangan. Shuningdek, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, un – krupa va 
omuxta em sanoatlari ham sanoat majmuasida muhim o’rin tutadi. 
Toshkent viloyati mamlakatda ishlab chiqarilayotgan po’lat, tayyor prokat, 
kimyoviy tola, ko’mir va oynaning deyarli hammasini, elektr energiya, mineral 
o’g’itlar, uementning yarmiga yaqinini beradi. Viloyatda sanoat mahsuloti ishlab 
chiqaradigan 212 korxona mavjud. Angren va Chirchiq shaharlaridan tashqari 
barcha shahar va tumanlarning sanoat korxonalari ishlab chiqarishda o’sishga 
erishdilar. 
Viloyat iqtisodiyoti va aholining ijtimoiy turmushida yoqilg’i energetika 
majmuasining ahamiyati juda katta. Respublikadagi qazib olish hajmi va 
zahiralariga ko’ra eng yirik bo’lgan Ohangaron vodiysidagi Angren (qo’ng’ir) 
ko’mir koni shu erda joylashgan. 2000 yilda 2409,0 ming tonna ko’mir qazib 
chiqarilgan. Bu ko’rsatkich mamlakatda qazib olinayotgan jami ko’mirning 
asosiy qismini tashkil etadi. 
Angren ko’miri sifati past bo’lishiga qaramasdan, tannarxining arzonligi 
bilan ajralib turadi. Undan asosan Angren İES va yirik sanoat markazlarining 
ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. 
Energetika ushbu majmuaning yuqori darajada rivojlangan tarmog’idir. 
Hozirda, Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 45 foizidan 
ko’prog’ini Toshkent iqtisodiy rayoni hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatdagi 
mavjud 27 GES ning 19 tasi mazkur mintaqada joylashgan. Shuningdek, tabiiy 
gazda ishlovchi Toshkent İES (1920 ming kVt), Angren ko’miri asosida Angren 
İES (600 ming kVt) kabilar ishlab turibdi. 
1980 yillar boshiga kelib Chirchiq daryosida, uning gidroresurslaridan 
unumli foydalanish va mintaqaning elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini to’la 


qondirish maqsadida, 19 ta GES ni o’z ichiga oluvchi Chirchiq - Bo’zsuv kaskadi 
vujudga keltirildi. Respublikadagi eng yirik Chorbog’ va Xo’jakent GESlari 
uning tarkibiga kiradi. 
2000 yili jami 21598,0 mln. kVt soat elekt energiya hosil qilingan, bu 
Respublikaning 45 foizdan ortiqrog’ini tashkil etadi. Toshkent viloyati 
mamlakatdagi asosiy elektr energiya beruvchi Sirdaryo, Navoiy viloyatlari hamda 
Qoraqalpog’iston Respublikasi orasida etakchi o’rinni egallaydi. 
Metallurgiya Toshkent viloyati sanoat majmuining tayanch sanoat 
tarmoqlaridan biridir. İshlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotining eng ko’p, yani 
32,3 foizi aynan uning hissasiga to’g’ri keladi. 
Ushbu mintaqaning qulay transport va iqtisodiy geografik o’ringa ega 
bo’qgan Bekobod shahrida nafaqat O’zbekistonda balki, O’rta Osiyodagi ilk qora 
metallurgiya zavodi (1943 yil) ishga tushirilgan. Korxona O’zbekiston va qo’shni 
respublikalardan keltirilayotgan temir – tersak asosida ishlaydi. Uning asosiy 
mahsulotlari po’lat, tayyor prokat, quvurlar, shuningdek, bir necha o’nlab turdagi 
keng istemol mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. 
Rangdor metallurgiya TOshkent viloyatining etakchi hamda asosiy 
ixtisoslashgan sanoat tarmog’idir. Uning hissasiga viloyat jami sanoat 
mahsulotining ¼ va Respublikaning yarmidan ortiqrog’i to’g’ri keladi. 2000 yil 
viloyat eksporti tarkibida rangli va qora metallarning ulushi 54,5 foizni tashkil 
etdi.
Rangli metallurgiyaning ikkita yirik markazi – Olmaliq va Chirchiq 
shaharlari vujudga kelgan. Jumladan, Olmaliqda tog’ – kon metallurgiya 
kombinati, Chirchiqda esa qiyin eriydigan va o’rta chidamli qotishmalar 
kombinati joylashgan.
to’liq metallurgiya tsikliga ega bo’lgan Olmaliq tog’ – kon metallurgiya 
kombinati miss rudasiga boy bo’lgan Qalmoqqir, Sardob konlari asosida 


ishlovchi ruda boyitish fabrikasi va miss zavodidan hamda Qo’rg’oshinkon va 
Chalatov qo’rg’oshin – rux konlari asosida ishlovchi ruda boyitish fabrikasi var 
ux zavodlaridan tashkil topgan. Keyingi yillarda ushbu korxonada oltin eritish 
yo’ga qo’yildi. Ko’chbuloq oltin koni asosida Angrenda ruda boyitish korxonasi 
qurilgan. Hozirgi kunda bu erda AQShning «Nyumont – mayning» korporatsiyasi 
bilan hamkorlikda qo’shma korxona qurish bo’yicha loyihani amalga oshirish 
yo’lga qo’yilmoqda.

Download 266,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish