O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida


IV. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarini tanlash va tayinlash



Download 86,5 Kb.
bet6/8
Sana23.06.2022
Hajmi86,5 Kb.
#696230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
CHQBT BM qarori va nizomi

IV. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarini tanlash va tayinlash
27. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar ta’lim muassasasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda tanlanadi. Bunda nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi.
ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlarini tamomlagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitsyerlar tayinlanadi.
ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga yuqorida qayd etilgan talablar bo‘yicha ishga olish imkoni bo‘lmagan holatlarda, istisno tariqasida, pedagog mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan zaxiradagi (rezervdagi) oddiy askar yoki serjant harbiy unvonidagi shaxslar tayinlanishi mumkin.
28. Tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar ta’lim muassasasi tomonidan, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari yoki fuqaro muhofazasi yo‘nalishidagi tibbiy hamshira dasturi bo‘yicha tahsil olgan o‘qituvchilar orasidan tanlanadi va tayinlanadi.
V. Ta’lim muassasalarining ChQBT va tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish
29. Ta’lim muassasalarining ChQBT va tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarini malakasini oshirish:
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirish va olib borish sifatini yanada oshirish;
uslubiy mahoratni takomillashtirish borasida to‘plangan tajribalar bilan o‘zaro o‘rtoqlashish;
harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning ilg‘or usullarini targ‘ib etish va amaliyotda qo‘llash masalalariga yagona tarzda yondashilishini shakllantirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
30. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘z ichiga, ularni oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olishi, shuningdek har yili o‘tkaziladigan besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar, har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar, ta’til vaqtida o‘tkaziladigan uch kunlik seminar kabi uslubiy tayyorgarliklarni qamrab oladi.
31. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida tashkil etiladi.
32. Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslarda tahsil olishga ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari har uch yilda bir marta jalb etiladi.
Bunday kurslardagi mashg‘ulotlar:
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslar faoliyat yuritadigan hududlardagi ta’lim muassasalarida ishlaydigan ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari uchun — ishdan ajralmagan holda, o‘zaro almashuv yo‘li bilan mashg‘ulot o‘tkazilmaydigan kunlarda;
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslar faoliyat yuritmaydigan hududlardagi ta’lim muassasalarida ishlaydigan ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari uchun — ta’til vaqtida boshqa o‘qituvchilar bilan birgalikda umumiy belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ushbu kurslardagi mashg‘ulotlar intellektual salohiyatga ega bo‘lgan eng malakali va tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Alohida mavzularga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari va mudofaa ishlari boshqarmalari ofitsyerlari jalb etilishi mumkin.
33. Besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar barcha ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari bilan o‘quv yili boshlanishidan oldin namunali ta’lim muassasasida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Yig‘inlar dasturi Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi va mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu yig‘inlar davomida o‘tgan o‘quv yili bo‘yicha ChQBT yakunlari tahlil etiladi, yangi o‘quv yili uchun vazifalar belgilanadi hamda tashkiliy-uslubiy hujjatlar o‘rganiladi, ko‘rgazmali, uslubiy, amaliy va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yig‘in ishtirokchilari ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasini tashkillashtirish va olib borish sohasida to‘plagan o‘z tajribalari bilan o‘zaro o‘rtoqlashadi. Yig‘inning yakuniy bosqichida ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari tayyorgarligining saviyasi tekshiriladi.
34. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari bilan har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ta’lim muassasasi direktorlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Bunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy va sana mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Markazning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Unda ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilariga amaliy hamda ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, ochiq dars va seminarlar o‘tkaziladi, ChQBT dasturiga kiritilgan mavzularga oid ma’ruzalar o‘qiladi. Bunday mashg‘ulotlarga rezervdagi (iste’fodagi) general va ofitsyerlar, ChQBT fani bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar, harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining tajribali ofitsyerlari jalb etilishi mumkin.
35. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining uch kunlik seminari har yili qishki ta’til vaqtida Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan, mudofaa ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Mazkur seminarda ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari ChQBT hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani tashkillashtirish borasida to‘plagan tajribalari bilan o‘zaro o‘rtoqlashadilar.
36. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi ta’lim muassasasining ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fanlari metodikasini takomillashtirish komissiyasi ishlarida ishtirok etadi.
ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik saviyasini oshirib borish, uslubiy mahoratlarini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirib, soha amaliyotiga joriy etish ushbu komissiya oldida turgan asosiy vazifalar hisoblanadi.
37. ChQBT fani rahbari hamda o‘qituvchisiga uslubiy ishlarni va fanga oid o‘quv-moddiy bazani yanada takomillashtirish, shuningdek uslubiy ishlarga oid shaxsiy topshiriqlarni bajarish, uslubiy qo‘llanmalar yaratish, navbatdagi mavzularga oid mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid to‘plangan shaxsiy tajribani umumlashtirish uchun ish haftasining bir kuni ajratiladi.
38. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi, shuningdek tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari bilan o‘quv yili boshlanishidan oldin va qishki ta’til vaqtida bir kunlik uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Unda tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilariga uslubiy yo‘l-yo‘riqlar beriladi, ular bilan amaliy, ko‘rgazmali va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ChQBT dasturiga oid ma’ruzalar o‘qiladi.

Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish