O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining


geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi) (bundan buyon matnda GAT deb yuritiladi)



Download 493,25 Kb.
bet2/15
Sana18.02.2022
Hajmi493,25 Kb.
#455777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2618 08.10.2014

geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi) (bundan buyon matnda GAT deb yuritiladi) — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek raqamli kartografik, o‘xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim;
Davlat kadastrlari yagona tizimining GAT (bundan buyon matnda DKYaT GAT deb yuritiladi) — Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan GAT;
davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar — zimmasiga ayrim davlat kadastrlarini yuritish funksiyalari yuklatilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
tematik qatlam — ma’lum hududdagi obyektlar to‘plami uchun umumiy bo‘lgan koordinatalar tizimida bir mavzuga (o‘simliklarga, avtomobil yo‘llariga va h.k.) tegishli bir tipdagi fazoviy obyektlarni raqamli ifodalash majmui;
fazoviy (geofazoviy) axborot — joy obyektlarining o‘rnashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ma’lum shaklda va koordinatalar tizimida ifodalangan axborot.
2. DKYaT GAT O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (bundan buyon matnda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb yuritiladi) Geodeziya va kartografiya milliy markazi tomonidan kartografik va tematik kadastr axborotini yagona geofazoviy axborot bazasiga integratsiyalash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi.
3. DKYaT GAT davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun, shu jumladan barcha turdagi resurslardan foydalanishni boshqarish va prognozlash masalalarini hal etish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha loyihaviy qarorlar qabul qilish, hududlarni rivojlantirish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun zarur bo‘lgan fazoviy (geofazoviy) axborot bilan operativ ta’minlashga mo‘ljallanadi.
4. DKYaT GATni yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
har bir davlat kadastri obyektining turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini to‘liq qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini qo‘llash;
kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
5. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrining har bir turi bo‘yicha axborotni to‘plash va unga ishlov berish ishlarining bajarilishiga asosan shakllantirilishi va ularning nazorat holatida yuritilishi ta’minlanishi zarur.
2-bob. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirish va ularni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish
1-§. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlarga qo‘yiladigan umumiy talablar
6. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi bo‘yicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (ro‘yxatdan o‘tkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) bo‘yicha, ArcGIS dasturiy ta’minotida (*.shp, *.gdb, *.mdb formatlarda) shakllantiriladi.
7. DKYaT GATning bazaviy kartografik asosi 1:200 000 masshtabdagi kartaga muvofiq keladigan quyidagi tematik qatlamlardan tashkil topadi:
“Matematik asos” tematik qatlami;
“Gidrografiya” tematik qatlami;
“Joy relyefi” tematik qatlami;
“Aholi punktlari” tematik qatlami;
“Aloqa yo‘llari” tematik qatlami;
“Tuproq-o‘simlik qoplami” tematik qatlami;
“Siyosiy va ma’muriy chegaralar” tematik qatlami.
8. DKYaT GAT bazaviy kartografik asosining tematik qatlamlari hamda davlat kadastrlarining tegishli GATlarini yuritish uchun zarur kartografik asoslar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi hamda davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlarga taqdim etiladi.
9. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlarning matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq bo‘lishi lozim.
10. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtalar, chiziqlar va poligonlarning) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
11. DKYaT GATga tegishli tematik qatlamlarning atributiv ma’lumotlari davlat tilida yuritiladi.
2-§. Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarini taqdim etish
12. Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining Geodeziya va kartografiya milliy markaziga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha — har yili mart oyida;
2) davlat suv kadastri (yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‘limlari), davlat o‘rmon kadastri, o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri, davlat shaharsozlik kadastri, gidrotexnika inshootlari davlat kadastri, madaniy meros obyektlari davlat kadastri, avtomobil yo‘llari davlat kadastri, yetkazib berish quvurlari davlat kadastri, aloqa obyektlari davlat kadastri, energetika obyektlari davlat kadastri, chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri, tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish hollari va seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar qismlari) bo‘yicha — har yili aprel oyida;
3) hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‘yicha — har yili may oyida;
4) temir yo‘llar davlat kadastri, konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‘yicha — har yili iyun oyida;
5) davlat suv kadastri (er usti suvlari bo‘limi), tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan zonalar qismi) bo‘yicha — har yili dekabr oyida;
6) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, kartografiya-geodeziya davlat kadastrlari bo‘yicha — yilning har choragida, keyingi oyning o‘ninchi sanasiga qadar.
13. Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, kartografiya-geodeziya davlat kadastrlari bo‘yicha o‘tgan chorakning oxirgi sanasi holatiga ko‘ra, boshqa davlat kadastrlari bo‘yicha o‘tgan yilning 31-dekabr sanasi holatiga ko‘ra taqdim etiladi.
3-bob. DKYaT GATga taqdim etiladigan ma’lumotlarning tarkibi va mazmuni
14. DKYaT GATga taqdim etiladigan tematik qatlamlar masshtab qatoriga muvofiq maydonli, chiziqli yoki nuqtali tiplarda yaratiladi.
15. Har bir davlat kadastri bo‘yicha tematik qatlamlar va ularning atributiv ma’lumotlar jadvali mazkur Nizomning 16 — 36-bandlariga muvofiq shakllantiriladi.
16. Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalarga ega korxonalar” tematik qatlami (1-jadval);
“Yuqori texnogen xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zonalar” tematik qatlami (2-jadval);
“Odamlarni zonadan evakuatsiya qilish yoki ko‘chirish” tematik qatlami (3-jadval);
“Bino va inshootlarning yong‘in xavfliligi bo‘yicha tavsifi” tematik qatlami (4-jadval);
“Yong‘inga qarshi suv manbalari” tematik qatlami (5-jadval);
“Radioaktiv mahsulotlarni, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obyektlari” tematik qatlami (6-jadval);
“Radiatsiyaviy xavfga ega korxonalar” tematik qatlami (7-jadval);
“Radiatsiyaviy xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zonalar” tematik qatlami shakllantiriladi (8-jadval).
17. Davlat suv kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Suv obyektlari — yer usti suvlari” tematik qatlami (1-jadval);
“Suvlarning sathlari”, “Suv sarfi” tematik qatlamlari (2-jadval);
“Yer osti suv konlari resurslari” tematik qatlami (3-jadval);
“Yer osti suv koni uchastkalarining tasdiqlangan zaxiralari” tematik qatlami (4-jadval);
“Suv chiqarish inshootlari” tematik qatlami (5-jadval);
“Yer osti suvlaridan foydalanish” tematik qatlami (6-jadval);
“Hududlarda suvdan turli ehtiyojlar uchun foydalanish” tematik qatlami (7-jadval).
18. Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“O‘rmon xo‘jaligi bo‘limlari” tematik qatlami (1-jadval);
“O‘rmon kvartallari” tematik qatlami (2-jadval);
“O‘rmonli yerlar” tematik qatlami (3-jadval);
“O‘rmonsiz yerlar” tematik qatlami (4-jadval).
19. O‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Quyi o‘simliklar” tematik qatlami (1-jadval);
“Tomirli o‘simliklar” tematik qatlami (2-jadval);
“Qo‘ziqorinlar” tematik qatlami (3-jadval);
“Yaylovlar va pichanzorlar tabiiy o‘simlik qoplami holatining tavsifi” tematik qatlami (4-jadval).
20. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” tematik qatlami (1-jadval);
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘simlik dunyosi” tematik qatlami (2-jadval);
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning hayvonot dunyosi” tematik qatlami (3-jadval);
“Davlat tabiat yodgorliklarining umumiy tavsifi” tematik qatlami (4-jadval);
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari” tematik qatlami (5-jadval).
21. Davlat shaharsozlik kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Shaharsozlik obyekti” tematik qatlami (1-jadval);
“Funksional zonalar” tematik qatlami (2-jadval);
“Hududni shaharsozlik nuqtai nazaridan baholash” tematik qatlami (3-jadval);
“Aholi punktini geologik zonalash” tematik qatlami (4-jadval).
22. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Suv omborlari”, “III sinfdan past kapitallikdagi suv omborlari” va “Sel omborlari” tematik qatlamlari (1-jadval);
“Gidrouzellar” va “III klassdan past kapitallikdagi gidrouzellar” tematik qatlamlari (2-jadval);
“Kanallar” va “III klassdan past kapitallikdagi kanallar” tematik qatlamlari (3-jadval);
“Nasos stansiyalari” va “III klassdan past kapitallikdagi nasos stansiyalari” tematik qatlamlari (4-jadval);
“Kollektorlar” va “III klassdan past kapitallikdagi kollektorlar” tematik qatlamlari (5-jadval).
23. Madaniy meros obyektlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Arxitektura yodgorliklari” tematik qatlami (1-jadval);
“Arxeologik yodgorliklar” tematik qatlami (2-jadval);
“Monumental san’at yodgorliklari” tematik qatlami (3-jadval);
“Diqqatga sazovor joylar” tematik qatlami (4-jadval).
24. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Avtomobil yo‘llarining umumiy ko‘rinishi” va “Avtomobil yo‘llari” tematik qatlamlari (1-jadval);
“Sun’iy inshootlar” tematik qatlami (2-jadval);
“Tartibga keltirish va jihozlash obyektlari” tematik qatlami (3-jadval);
“Yo‘llar chorrahalari va tutashuvlari” tematik qatlami (4-jadval);
“Himoya inshootlari” tematik qatlami (5-jadval);
“Bino-inshootlar” tematik qatlami (6-jadval).
25. Etkazib berish quvurlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Gaz yetkazib berish quvurlari — magistral gazoprovodlar” tematik qatlami (1-jadval);
“Gazoprovod-tarmoqlari” tematik qatlami (2-jadval);
“Gaz taqsimlash stansiyalari” tematik qatlami (3-jadval);
“Kompressor stansiyalari” tematik qatlami (4-jadval);
“Gazni yer ostida saqlash stansiyalari” tematik qatlami (5-jadval);
“Gazni yer ostida saqlash stansiyasi kon zonasi” tematik qatlami (6-jadval).
26. Aloqa obyektlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Xalqaro kommutatsiya markazlari va avtomatik shaharlararo telefon stansiyalari”, “Tuman telekommunikatsiya uzellari va shahar telekommunikatsiya bog‘lamalari”, “Avtomatik telefon stansiyalari” tematik qatlamlari (1-jadval);
“Radiorele stansiyalari” tematik qatlami (2-jadval);
“Radiotelevizion stansiyalar va radio eshittirish stansiyalari”, “Yo‘ldosh aloqasi yer stansiyalari” tematik qatlamlari (3-jadval);
“Mobil aloqa kommutatsiyasi markazlari”, “Simsiz aloqa kommutatsion bog‘lamalari” tematik qatlamlari (4-jadval);
“Bazaviy qabul qilish-uzatish stansiyasi” tematik qatlami (5-jadval);
“Kabel aloqa liniyalari” tematik qatlami (6-jadval);
“Radiorele aloqa liniyalari” tematik qatlami (7-jadval);
“Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari”, “Pochta aloqasi shahar va tuman bog‘lamalari”, “Pochtamtlar”, “Pochta aloqasi shahar va qishloq bo‘linmalari”, “Almashuv punktlari”, “Pochta punktlari”, “Kuryer aloqasi obyektlari” tematik qatlamlari (8-jadval).
27. Energetika obyektlari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektr markazlari” tematik qatlami (1-jadval);
“Gidravlik elektrostansiyalar” tematik qatlami (2-jadval);
“Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” tematik qatlami (3-jadval);
“Magistral elektr tarmoqlari” tematik qatlami (4-jadval).
28. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Chiqindilarni ko‘mish joylari” tematik qatlami (1-jadval);
“Chiqindilarni utilizatsiya qilish joylari” tematik qatlami (2-jadval).
29. Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Xavfli geologik jarayonlar zonalari” tematik qatlami (1-jadval);
“Xavfli geologik jarayonlar kichik zonalari” tematik qatlami (2-jadval);
“Ayrim xavfli geologik jarayonlar yuzaga chiqish hollari” tematik qatlami (3-jadval);
“Seysmogen zonalar” tematik qatlami (4-jadval);
“Tebranish zonalari” tematik qatlami (5-jadval);
“Yer qobig‘ining aktiv yorilish joylari” tematik qatlami (6-jadval);
“Kuchli zilzilalar izoseystlari (>5)” tematik qatlami (7-jadval);
“Zilzilalar epitsentrlari” tematik qatlami (8-jadval);
“Seysmik stansiyalar” tematik qatlami (9-jadval);
“Havo harorati 40 gradus va undan ortiq bo‘lgan kunlar soni” tematik qatlami (10-jadval);
“Havoda oxirgi bahor ayozining bo‘lishi sanasi” tematik qatlami (11-jadval);
“Tuproqda oxirgi bahor ayozining bo‘lishi sanasi” tematik qatlami (12-jadval);
“Havoda birinchi kuz ayozining kelishi sanasi” tematik qatlami (13-jadval);
“Tuproq sirtida birinchi kuz ayozining bo‘lishi sanasi” tematik qatlami (14-jadval);
“12 soat va undan kam vaqt mobaynida 30 mm va undan ortiq yomg‘ir ko‘rinishidagi kuchli yog‘inlar bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (15-jadval);
“12 soat va undan kam vaqt mobaynida 20 mm va undan ortiq qor ko‘rinishidagi kuchli yog‘inlar bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (16-jadval);
“Yarim sutka mobaynida yomg‘ir ko‘rinishidagi kuchli yog‘inlar bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (17-jadval);
“Yarim sutka mobaynida qor ko‘rinishidagi kuchli yog‘inlar bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (18-jadval);
“15 m/sek va undan ortiq tezlikdagi kuchli shamol bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (19-jadval);
“Turli me’yorlardan yuqori shamol tezligidagi kuchli shamollar bo‘lgan sutkalar soni” tematik qatlami (20-jadval);
“Atmosfera qurg‘oqchiligi bo‘lgan kunlarning umumiy soni” tematik qatlami (21-jadval);
“Gidrologik postlarning joylashuvi karta-sxemasi” tematik qatlami (22-jadval);
“Suv miqdorining gidrologik tavsiflari va hisobot yilining vegitatsiya davrida foizlardagi ta’minlanuvi” tematik qatlami (23-jadval);
“Sellar” tematik qatlami (24-jadval);
“Ko‘chkilar” tematik qatlami (25-jadval).
30. Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 29-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tematik qatlamlardan tashqari atributiv ma’lumotlar jadvaliga ega bo‘lmagan quyidagi tematik qatlamlar ham yaratiladi:
“Ko‘p yillik davr mobaynida havo harorati 40 gradus va undan ortiq bo‘lgan kunlar sonining taqsimlanishi karta-sxemasi” tematik qatlami;
“Havo harorati 40 gradus va undan ortiq bo‘lgan kunlar sonining taqsimlanishi karta-sxemasi” tematik qatlami;
“Kunlar taqsimlanishining ko‘p yillik davr davomida atmosfera qurg‘oqchiligi ko‘rsatkichi ko‘rsatilgan karta-sxemasi” tematik qatlami;
“Kunlar taqsimlanishining hisobot yili davomida atmosfera qurg‘oqchiligi ko‘rsatkichi ko‘rsatilgan karta-sxemasi” tematik qatlami;
“Toshqinlar, suv bosish xavfining taqsimlanishi karta-sxemasi” tematik qatlami;
“Ko‘chki xavfining tarqalishi karta-sxemasi” tematik qatlami.
31. Hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Sut emizuvchilar”, “Qushlar”, “Reptiliyalar”, “Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar”, “Baliqlar” tematik qatlamlari (1-jadval);
“Umurtqasizlar” tematik qatlami (2-jadval).
32. Temir yo‘llar davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Stansiyalar” tematik qatlami (1-jadval);
“Peregonlar” tematik qatlami (2-jadval);
“Temir yo‘llar” tematik qatlami (3-jadval);
“O‘tish joylari” tematik qatlami (4-jadval).
33. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Metallga oid foydali qazilmalar (konlari)” tematik qatlami (1-jadval);
“Metallga oid foydali qazilmalar (yuzaga chiqish hollari)” tematik qatlami (2-jadval);
“Nometall foydali qazilmalar (konlari)” tematik qatlami (3-jadval);
“Nometall foydali qazilmalar (yuzaga chiqish hollari)” tematik qatlami (4-jadval);
“Radioaktiv xomashyo (konlari)” tematik qatlami (5-jadval);
“Radioaktiv xomashyo (yuzaga chiqish hollari)” tematik qatlami (6-jadval);
“Neft va gaz konlari” tematik qatlami (7-jadval);
“Tarqoq konlar” tematik qatlami (8-jadval);
“Toshko‘mir va yonuvchi slanetslar konlari” tematik qatlami (9-jadval);
“Toshko‘mir va yonuvchi slanetslarning yuzaga chiqish hollari” tematik qatlami (10-jadval).
34. Davlat yer kadastri bo‘yicha mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
“Hududiy darajadagi ma’muriy-hududiy birliklar” tematik qatlami (1-jadval);
“Tuman (shahar) darajasidagi ma’muriy-hududiy birliklar” tematik qatlami (2-jadval);
“Qishloq va shahar fuqarolar yig‘inlarining ma’muriy-hududiy birliklari” tematik qatlami (3-jadval);
“Mintaqa hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish” tematik qatlami (4-jadval);
“Tuman (shahar)ni kadastr bo‘yicha bo‘lish” tematik qatlami (5-jadval);
“Zonalar hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish” tematik qatlami (6-jadval);
“Massivlar hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish” tematik qatlami (7-jadval);
“Mavzelar hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish” tematik qatlami (8-jadval);
“Yer uchastkalari” tematik qatlami (9-jadval);
“Yer uchastkalarini yer fondidan taqsimlash” tematik qatlami (10-jadval);
“Hududni iqtisodiy zonalash” tematik qatlami (11-jadval);
“Yerlarning sifat tarkibi (bonitirovka)” tematik qatlami (12-jadval).
35. Binolar va inshootlar davlat kadastri bo‘yicha “Binolar va inshootlar” tematik qatlami yaratiladi va uning atributiv ma’lumotlar jadvali mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi.
36. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shakllardagi atributiv ma’lumotlar jadvallari yaratiladi va ular quyidagi tematik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
1:1 000 000, 1:500 000, 1:200 000, 1:100 000, 1:50 000, 1:25 000 va 1:10 000 masshtabli topografik kartalar noshirlik originallarining mavjudligi kartogrammalari tematik qatlamlari (1-jadval);
1:1000 000, 1:500 000, 1:200 000, 1:100 000, 1:50 000, 1:25 000 va 1:10 000 masshtabli topografik kartalar tiraj ottisklarining mavjudligi kartogrammalari tematik qatlamlari (2-jadval);
“Shaharlar va boshqa aholi punktlari topografik planlarining noshirlik originallari va tirajlash ottisklarining mavjudligi kartogrammalari” tematik qatlami (3-jadval);
“Aerofotos’yomka materiallarining mavjudligi kartogrammalari” tematik qatlami (4-jadval);
“O‘zbekiston Respublikasi hududi kosmik s’yomkasi materiallarining mavjudligi kartogrammalari” tematik qatlami (5-jadval);
“Triangulatsiya, davlat geodezik tarmog‘i va davlat s’yomka tarmog‘i punktlari bo‘yicha kartogrammalar” tematik qatlami (6-jadval);
“Poligonometriya punktlari” tematik qatlami (7-jadval);
“Nivelirlash punktlari” tematik qatlami (8-jadval);
“O‘zbekiston Respublikasining raqamli topografik kartalari” tematik qatlami (9-jadval);
“O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining raqamli topografik planlari” tematik qatlami (10-jadval).
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
38. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 2-sentabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2014-yil 3-sentabr
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TEShAYEV
2014-yil 4-sentabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
2014-yil 26-avgust
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 5-sentabr
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 26-avgust
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi v. b. I. TURAMURATOV
2014-yil 25-avgust
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari A. TOXTAYEV
2014-yil 22-avgust
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2014-yil 29-avgust
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 25-avgust
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori V. ChUB
2014-yil 27-avgust
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2014-yil 29-avgust
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i N. ERNAZAROV
2014-yil 26-avgust
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2014-yil 29-avgust
“O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A. ABDUVALIYEV
2014-yil 28-avgust
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2014-yil 22-avgust
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh. FAYZULLAYEV
2014-yil 25-avgust
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri bo‘yicha tematik qatlamlar atributiv

Download 493,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish