Keyingi tahrirga qarang.
e) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish sohasida:
kartografiya monitoringi, yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududini masofadan zondlash, geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishda istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan zondlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil etadi;
davlat geodeziya tarmog‘ini yaratadi, rivojlantiradi va ish holatida saqlaydi;
davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;
umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o‘quv kartografiya qo‘llanmalarini tuzadi va nashr qiladi;
davlat maqsadidagi va maxsus maqsaddagi geoaxborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
j) ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko‘chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o‘tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida:
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko‘chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o‘tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratadi va doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlaydi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;
manfaatdor vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘zaro elektron axborot almashuvini ta’minlaydi;
z) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sohasida:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatadi;
foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi;
i) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish sohasida:
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi, xalqaro grantlarni jalb etishni ta’minlaydi;
k) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‘yicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‘yicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlaydi;
Davyergeodezkadastr qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
12. Davyergeodezkadastr o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda tizimiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |